O‘zbekistondagi maktablarda ovqatlanish muhitini baholash

O'zbekistonda so'nggi yillarda oziq-ovqat muhiti va ovqatlanish odatlarida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi

UNICEF
UNICEF

Asosiy

Maktab yoshidagi bolalar va o'smirlarning ovqatlanishi inson kapitalini rivojlantirish va yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olishning muhim omili sifatida tobora ko'proq e'tirof etilmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, maktablar sog'lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish , bolalarning ovqatlanish sifatini yaxshilash va ta'lim natijalarini qo'llab-quvvatlash uchun muhim platforma bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekistonda so'nggi yillarda oziq-ovqat muhiti va ovqatlanish odatlarida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. O'smirlar orasida ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, shakarli ichimliklar va yuqori kaloriyali gazaklarning tobora ko'proq iste'mol qilinishi keyinchalik hayotda ortiqcha vazn, semirish va boshqa sog'liq muammolari xavfini oshirishi mumkin.

Bolalar va o'smirlarning ovqatlanishi bo'yicha siyosatni ishlab chiqish va takomillashtirish uchun zarur bo'lgan dalillar bazasini mustahkamlash maqsadida UNICEF milliy va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda ikki o’zaro tadqiqotni amalga oshirishni qo'llab-quvvatladi: maktab ovqatlanish muhitini baholash va o'smirlar ovqatlanishi bo'yicha milliy tadqiqot.

Ushbu tadqiqotlar ilk bor quyidagilar bo’yicha keng qamrovli tasavvurni beradi: maktablardagi oziq-ovqat muhiti; o'smirlarning ovqatlanish xulq-atvori; sog'lom oziq-ovqatlarning mavjudligi; bolalar va o'smirlar orasida ovqatlanishni yaxshilashga qaratilgan milliy siyosat va dasturlarni yanada mustahkamlash uchun muhim dalillar bazasini yaratadi.

Muallif
UNICEF
Nashr sanasi
Tillar
O'zbek, Rus, Ingliz