O‘zbekiston Respublikasi maktablarida iqlim o‘zgarishiga chidamli SSV

O‘zbekiston Respublikasi maktablarida iqlim o‘zgarishiga chidamli suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena tizimlari bo‘yicha qo‘llanma

UNICEF
UNICEF

Highlights

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mamlakat maktablarida iqlim o‘zgarishiga chidamli suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena tizimlari bo‘yicha kompleks qo‘llanma ishlab chiqdi. Ushbu qo‘llanma xavfsiz ichimlik suvi, sanitariya, gigiyena, hayz davridagi salomatlik va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha iqlim o‘zgarishiga chidamli amaliy standartlarni taqdim etadi; mazkur standartlar o‘quvchilar salomatligini yaxshilash, ta’lim natijalarini oshirish hamda maktabga qatnamaslik holatlarini (ayniqsa, qizlar orasida) kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ular salomatlikni mustahkamlash, ta’limni rivojlantirish va gender tengligini ta’minlashga qaratilgan siyosat hamda dasturlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi; bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilar farovonligini oshirish va ta’lim natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Maktablarda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena (SSG) infratuzilmasiga sarmoya kiritish ijtimoiy tenglik va inklyuzivlikni ham rag‘batlantiradi. Bu barcha o‘quvchilarning, jumladan, nogironligi bor bolalarning ham toza, xavfsiz va qulay sanitariya sharoitlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Bu ayniqsa, ta’lim jarayonida ishtirok etish uchun panduslar, kengroq eshiklar va boshqa moslamalarga ehtiyoj sezishi mumkin bo‘lgan maxsus ehtiyojli bolalar uchun muhim ahamiyatga ega. Ularni amalga oshirishni osonlashtirish maqsadida ushbu qo‘llanmada "Uch yulduz" yondashuvi va tegishli baholash vositalaridan foydalaniladi; bu esa maktablarga o‘zlarining hozirgi holatini tahlil qilish, yaxshilash choralarini rejalashtirish va erishilgan yutuqlar uchun e’tirofga sazovor bo‘lish imkonini beradi.

Uzoq muddatli istiqbolda, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena (SSG) tizimlarining lozim darajada parvarish qilinishi salomatlikning yaxshilanishi va ishchi kuchining bilim saviyasi oshishiga, shuningdek, ishga chiqmaslik holatlarining kamayishi va iqtisodiy o‘sishning rag‘batlantirilishiga xizmat qiladi. Suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena sohasiga kiritiladigan investitsiyalar ta’lim sifatini oshirish, gender tengligini ta’minlash va aholining gigiyena masalalaridan xabardorligini oshirishga xizmat qilib, butun jamiyatga manfaat keltiradi. SSG sohasidagi siyosatga ustuvor ahamiyat berish orqali O‘zbekiston xavfsiz va barcha uchun ochiq bo‘lgan maktablarni yaratishi mumkin; bu esa o‘quvchilar salomatligini yaxshilash, ta’lim natijalarini yuksaltirish va yanada farovon kelajakni barpo etishga olib keladi.

Muallif
UNICEF
Nashr sanasi
Tillar
Ingliz, O'zbek, Rus