Bolalar, yoshlar va iqlim harakatlari to'g'risidagi deklaratsiya

Butun dunyodagi bolalar va yoshlar tomonidan belgilangan ustuvorliklarni qo'llab-quvvatlash majburiyati

UNICEF
UNICEF

Asosiy

Bolalar iqlim o'zgarishi tufayli kuchaygan va o’ziga xos xavflarga yuz kelishini, bu ta'sirlar allaqachon ro'y berayotganini va eng og'ir yuk bo’lib eng kam ta'minlangan va marginal bolalar zimmasiga to’g’ri kelayotganini hisobga olib; Global yetakchilikni hamda bolalar va yoshlar tomonidan iqlim o'zgarishi bo'yicha shoshilinch va zudlik bilan chora ko'rish chaqirig'ini hamda ularning o'zgarishlar agenti sifatidagi muhim rolini tan olib; Parij bitimining 2-moddasida o'rtacha global haroratning ko’tarilishini sanoatgacha bo'lgan darajadan 2°C dan ancha past darajada ushlab turish majburiyatini eslatib, haroratning oshishini sanoatdan oldingi darajadan 1,5°C gacha cheklashga harakat qilib,shuningddek 7- moddadagi moslashuv to’g’risidagi global maqsadni e’tiborga olib, bu majburiyatlar iqlim o'zgarishi xavfi va oqibatlarini sezilarli darajada kamaytirishini tan olgan holda; Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini, BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasini va barcha bolalar va yoshlarning inson huquqlarini himoya qilish, rag'batlantirish, hurmat qilish va amalga oshirishga taalluqli barcha inson huquqlari hujjatlarini tasdiqlagan holda; Parij bitimida davlatlarning iqlim o'zgarishiga qarshi kurash bo'yicha chora ko'rishda inson huquqlari, shu jumladan bolalar huquqlari va avlodlar tengligi bo'yicha o'zlarining tegishli majburiyatlarini hurmat qilish, ilgari surish va hisobga olish majburiyatini eslatib; Norasmiy tarjima Shuningdek, bolalar va yoshlarning atrof-muhitga zarari va iqlim o'zgarishiga nisbatan huquqlariga qaratilgan Inson Huquqlari Kengashining 37/8, 35/20 va 40/11 rezolyutsiyalarini va xavfsiz iqlim xavfsiz, toza, sog'lom va barqaror atrof-muhit yashash huquqining muhim elementligini hamda inson hayoti va farovonligi uchun muhim ahamiyatga egaligini eslatib; Shuning uchun quyidagilarni ko’rib chiqish majburiyatini olamiz: 1. Bolalarning sog'lom atrof-muhitga bo'lgan ajralmas huquqining global e'tirof etilishi va amalga oshirilishiga ko'maklashish va bu huquqni, kerak bo'lganda, milliy, mintaqaviy va global asoslarda va/yoki milliy siyosat va qonunchilikda mustahkamlash bo'yicha choralar ko'rish; 2. Parij bitimini barcha darajalarda amalga oshirishda bolalar va yoshlar huquqlarini hurmat qilish, ilgari surish va hisobga olish say-harakatlarini kuchaytirish, jumladan ularning alohida zaifligini, shuningdek, milliy moslashuvning asosiy manfaatdor tomonlari va amalga oshiruvchisi sifatidagi maqomini tan olish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish va yumshatish choralari, Milliy miqyosda belgilangan hissalar (MMBH), milliy moslashish rejalari (MMR) va issiqxona gazlari chiqindilarini bo'yicha uzoq muddatli strategiyalarrivojlantirish, jumladan xususiy sektorning ma’kum bir roli va mas'uliyatini hisobga olgan holda; 3. Bolalar va yoshlar manfaatlarini hisobga olgan holda moslashuvga, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va ularning oqibatlarini yumshatishga sarmoyalar kiritishni ko’paytirish va jadallashtirish, eng ko'p xavf ostida bo'lgan bolalarni qamrab olishgaalohida e'tibor qaratish hamda bolalar manfaatlarinin hisobga oladigan mezonlarni ko'p tomonlama fondlarga kiritishni ilgari surish; 4. Iqlim o’zgarishi va ekologik taʼlimni yaratish va sarmoya kiritish orqali bolalar va yoshlarning iqlim oʻzgarishi natijalarini yumshatish va moslashish boʻyicha salohiyatini oshirish, shunungdek bolalar va yoshlarga oʻzlarini himoya qilish hamda xavfsiz va barqaror kelajakni taʼminlashga yordam berish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish, bu kabi sa'y-harakatlar marginallashgan bolalar va yoshlarni qamrab olishini ta'minlash; Norasmiy tarjima 5. BMTning Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi hadli konventsiyasi (IO’HK)dagi Yoshlar delegati dasturida ishtirok etish va yoshlarni mazmunli qo‘llabquvvatlash imkoniyatlarini o‘rganish hamda Yoshlar Iqlim Harakati (YOUNGO), Global Janubga alohida e’tibor bergan holda, ustuvorliklari va yoshlar ishtirokini qo’llab-quvvatlashjumladan “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda imkoniyatlarni kengaytirish” muloqoti vositasida bolalar va yosharning iqlim o’zgarishi jarayonlarida mazmunli ishtirokini kengaytirish; 6. Bolalar va kelajak avlodlar bo‘yicha xalqaro komissiyani tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qarorlar qabul qilishda bolalar va yoshlarning samarali ishtirokini ta’minlash uchun milliy darajada mavjud yoki yangi mexanizmlarni ko‘rib chiqish; 7. Yuqoridagi maqsadlarga faol erishish uchun institutsional va ma'muriy chora-tadbirlarni, shuningdek, milliy va xalqaro darajadagi hamkorlik munosabatlarini qabul qilish, iqlim bo'yicha harakatlarda bolalar va yoshlarga, shu jumladan BMT IO’HK qarorlarini qabul qilishda izchillik va tarmoqlararo e'tiborni kuchaytirish, jarayonlar va ish oqimlari, shuningdek, Parij kelishuvi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish. Imzolagan davlatlar 1. Andorra 2. Bangladesh 3. Bolgariya 4. Chili 5. Kosta-Rika 6. Daniya 7. Fiji 8. Gonduras 9. Vengriya 10. Yamayka 11. Lyuksemburg 12. Malavi 13. Malta 14. Marshall orollari 15. Meksika 17. Моnako 18. Niderlandiya 19. Nigeriya 20. Shimoliy Makedoniya 21. Norvegiya 22. Palau 23. Panama 24. Peru 25. Qatar 26. Senegal 27. Shvetsiya 28. Sloveniya 29. Janubiy Afrika 30. Ispaniya 31. Sent- Lyusiya Norasmiy tarjima 16. Mikroneziya 32. Urugvay 33. O'zbekiston Boshqa hamkorlar 1. UNICEFning кoreyalik parlament do'stlari 2. Shotlandiya

Muallif
UNICEF
Nashr sanasi
Tillar
O'zbek