UNICEF va Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi bolalarni onlayn zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlaydi

08 Fevral 2022

TOSHKENT, 2022yil 8-fevral – Jahon miqyosidagi maʼlumotlarga koʻra, Internet foydalanuvchilarining uchdan bir qismini 18 yoshgacha boʻlgan bolalar tashkil etadi va har yarim soniyada bir bola birinchi marotaba Internet tizimiga kiradi.

Dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanayotgan bolalar va o‘smirlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. O‘zbekiston ham bundan istisno emas. COVID-19 pandemiyasi bu jarayonni tezlashtirdi hamda bolalar va kattalarni avvalgidan ham ko'proq vaqtni onlayn tarzida o'tkazishga majbur qildi.

Internetdan to'g'ri foydalanilsa va barchaning bunga imkoni bo'lsa, u dunyo bo'ylab imkomiyatlarni kengaytirishi va ijodga rag’batlantirishi mumkin. Biroq bu imkoniyatlar bolalar uchun turli shakhllardagi jiddiy xavf va tahdid bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Kiber q’orqitish, kiber ta’qib qilish, kibergruming, ya’ni yomon niyatda bolalar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish shular jumlasiga kiradi.

8-fevral kuni butun dunyoda nishonlanadigan Xavfsiz internet kunida UNICEF va Ichki ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi bolalarni onlayn zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida hamkorlikni boshladi. Tadbirda Parlament a’zolari, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili, davlat organlari va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

“Internetdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va axborot olishdagi tengsizlikni qisqartitish barcha bolalar va yoshlar muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun juda muhimdir. Afsuski, barcha afzalliklariga qaramay, Internet onlayn suiiste'mol, ekspluatatsiya va noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatish bilan ham bog'liq. Shu bois ham onlayn, ham real hayotda zo‘ravonlikka qarshi kurashning eng yaxshi yo‘li bu masalalarni hal qilishda tizimli yondashuvdir”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasini hal etish uchun ota-onalarning bilim va ko’nikmalarini yaxshilash, bolalarning xabardorligini oshirishni, ijtimoiy xizmatlar va bolalarni himoya qilish sohasidagi kadrlar salohiyatini takomillashtirish hamda kuchli qonunchilikni hamda institutsional bazani, jumladan ma’lumotlarni to‘plash va boshqarish tizimini talab qiladi”, deya ta’kidladi u.

“Hozirgi globallashuv asrida yoshlarning dunyoqarashi kun sayin o‘zgarib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishi bilan ham izohlanadi. Shu nuqtai nazardan, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda ularga nisbatan kibertahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi Ichki ishlar vazirligi Kiberxafsizlik markazi boshlig’i Bexzod Mamadjanov.

Internetda va real hayotda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha kelgusidagi qadamlar sifatida ishtirokchilar idoralararo hamkorlikni yaxshilash, fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faol ishtirokinini, ota-onalar va mutaxassislarning bolalarni qo‘llab-quvvatlash va onlayn tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha xabardorligini oshirishni tavsiya qildilar.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun kontaktlar: 

Safinas Axaeva

Bolalarni himoya qilish masalalari bo'yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +99871 233 95 12; +99893 550 52 82

El. pochta: [email protected]

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +99871 233 95 12; +998 93 380 34 19

El. pochta: [email protected]

***

Lochinbek Atoyev

Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Telefon: +99871 231 49 86; +99891 418 77 71

El. pochta: [email protected]

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.