UniSat 3.0 dasturi ishtirokchilari bo‘lgan qizlar nanosun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ib, stratosferaga uchirdilar
SHEGE, Qoraqalpog‘iston, 2025 qil 4 - oktabr – Mo‘ynoq tumani Shege qishlog‘idagi 11-maktab maydonchasidan “UniSat 3.0” ta’lim dasturi ishtirokchilari milliy va xalqaro ekspertlar, olimlar va muhandislar jamoasi ko‘magida yig‘ilgan ikkita nanosun’iy yo‘ldoshni stratosferaga muvaffaqiyatli uchirdilar.
Nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirishdan oldin, loyihada ishtirok etish uchun ariza bergan O‘zbekistonning barcha hududlaridan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 845 nafar qizlar “UniSat” onlayn kursidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular sun’iy yo‘ldoshlarni qurish, dasturlash, radioelektronika, ma’lumotlarni tahlil qilish, astronomiya, 3D modellashtirish va muhandislik kabi modullar bo‘yicha ta’lim oldilar. O‘quv xonalari va laboratoriyalardagi mashg‘ulotlardan tashqari, qizlar aerokosmik muhandislar, astronavtlar, axborot texnologiyalari mutaxassislari va ilm-fan targ‘ibotchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda zamonaviy texnologiyalar va kelajak kasblari haqida suhbatlashdilar.
Birinchi “UniSat 1.0” loyihasi ishtirokchilari Nodira Tillayeva va Diyora Daminova ham mentor va ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar. Ular aerokosmik texnologiyalar va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan holda, "O‘zbekkosmos" agentligida amaliyot o‘tadilar.
Finalga chiqqan 20 nafar qizlar 30-sentyabr-3-oktyabr kunlari Amerika texnologiya universiteti laboratoriyalarida ikkita uch modulli nanosun’iy yo‘ldoshni loyihalash va yig‘ish uchun ishladilar. Ushbu nanosun’iy yo‘ldoshlar ilmiy ma’lumotlarni to‘play oladigan yuqori aniqlikdagi kameralar va sensorlar bilan jihozlangan. Qizlar, shuningdek, missiya davomida o‘tkaziladigan bir qator qiziqarli tajribalarni rejalashtirishdi.
Loyiha ishtirokchilari yasagan nanosun’iy yo‘ldoshlar havo sifati, harorat, ozon zichligi va stratosfera radiatsiyasini o‘lchash uchun sensorlar, shuningdek, stratosferadan atrof-muhit va geofizik tadqiqotlar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo’lgan Yerning yuqori sifatli tasvirlarini olishga qodir kameralar bilan jihozlangan. Shuningdek, qizlar Orol dengizi ustidagi stratosfera harorat rejimlari boʻyicha maʼlumotlar kutubxonasini tuzish uchun olingan maʼlumotlarni oʻrganadilar.
Biologik xilma-xillik bo'yicha mutaxassis bilan birgalikda ishtirokchilar biologik materiallar - qo'ziqorin sporalari, oqsillar, qurtlar va mog'orlar ishlatiladigan bir qator ilmiy tajribalarni ishlab chiqdilar.
“UniSat” dasturi hamkor tashkilotlar - UNICEF, “Tech4Impact” NNT va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi qizlarga nafaqat STEM sohasida bilim berish, balki jamoada ishlash, omma oldida nutq so‘zlash va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Tashkilotchilar jamiyat e’tiborini fan, texnologiya, muhandislik va matematikada gender tengligi muhimligiga qaratmoqchi.
“UniSat” dasturi O‘zbekistonda 2021yildan buyon amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning barcha hududlaridan 700 dan ortiq qizlar ushbu dastur doirasida fan va texnologiyalar sohasida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Batafsil ma’lumot - dasturning www.unisat.uz rasmiy saytida.
Qo’shimcha ma’lumot olish uchun kontaktlar:
Nodirbek Muqimov Matbuot kotibi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Telefon: 99893 5480315 El.pochta: [email protected]
| Yelena Seleznyeva OAV bilan aloqalar bo‘yicha koordinator “Tech4Impact” NNT Telefon: +99890 9897257 El.pochta [email protected] |
Inna Volfson Yoshlar va o‘zmirlar rivojlanishi masalalari bo‘yicha maslahatchi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telefon: 99893 5055256 El.pochta: [email protected] | Nargiza Egamberdiyeva Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Telefon: 99893 3803419 El.pochta:[email protected] |
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.