Mustaqil O‘zbekistonning bo‘lajak birinchi ayol kosmonavti hikoyasi

Qizlar mehnat, o‘ziga ishonch va orzulari orqali yulduzlarga yetib bora oladi

UNICEF
UNICEF
UNICEF
31 Oktabr 2025

Men - Diyora Daminova. Kolorado Boulder universitetida aerokosmik muhandislik ixtisosligi bo'yicha to'rtinchi kurs talabasiman, qo’shimcha mutaxassisligim esa informatika. Shu bilan birga Integratsiyalashgan o'qitish laboratoriyasida ishlayman, u erda muhandislik loyihalarida yordam beraman va qimmatli amaliy tajribaga to’playman.

Bu hozir, atigi ikki yil avval esa men UniSat dasturining birinchi guruhining a’zosi edim, va bu men uchun haqiqiy boshlang'ich nuqtaga aylandi. O‘shanda men hayotimni aerokosmik muhandislikka bag‘ishlash va O‘zbekistonda ushbu sohani qayta tiklashga hissa qo‘shishni xohlayotganimni angladim. Men uchun UniSat nafaqat o'sish platformasi, balki qizlar bir-birini qo'llab-quvvatlaydigan, ilhomlantiradigan va birgalikda kuchli STEM hamjamiyatini quradigan noyob hamjamiyat hamdir.

Bu yil UniSat qizlarining uchinchi guruhi ushbu dasturni yakunladi. Ular nanosun'iy yo'ldoshlarni loyihalashtirib, ularni yasadilar va stratosferaga uchirdilar. Bu ular uchun qanchalik muhim va hayajonli ekanini tasavvur qila olaman. Axir men o‘zim ham buni boshdan kechirganman-da.

UniSat dasturida ishtirok etish mening hayotimni o'zgartirdi: men chuqur texnik bilim, amaliy tajriba va hozirda hamkasblarim va bir umrlik do'stlarim deb biladigan murabbiylarning ko'magiga ega bo'ldim. Bu jamoa menga oldinga intilish uchun ishonch va kuch berdi. Shuning uchun men hozirgi UniSat 3.0 ishtirokchilari uchun murabbiy – mentor bo'lishga qaror qildim. Men o‘z tajribamni baham ko‘rishni, hamjamiyatimga o‘z hissamni qo’shishni, yangi ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashni va ularga o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga yordam berishni xohlardim.

UniSat men uchun ajoyib imkoniyatlar olamiga ochilgan eshik bo’ldi. Orzularimga ishonar edim, lekin ko'pincha ularning amalga oshishiga shubha qilardim. Bugun men mentor sifatida shunga ishonchim komilki, muvaffaqiyat qo'rquv va ishonchsizlik bo'lganda ham harakat orqali keladi. Men yangi ishtirokchilarning qiyinchiliklarni yengishini kuzataman va O‘zbekiston aerokosmik sanoatining kelajagi aynan bizning qo‘limizda ekanini tushunaman. Bu mas'uliyat va g'urur hissi mening ishtirokchi va mentor sifatidagi tajribam o'rtasidagi asosiy farqdir.

Kelajakdagi rejalarim mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol kosmonavti bo‘lishdir. Men ayniqsa termodinamika va bioastronavtikaga qiziqaman. Bu sohalarda bir qancha tadqiqotlar qilishga ulgurdim va tajribalarimni koinotga olib chiqishni rejalashtirganman.

Men O‘zbekistonga shon-shuhrat olib kelishni hamda qizlarimiz mehnat, o‘ziga ishonch va orzulari orqali yulduzlarga yetib borishga qodir ekanliklarini ko‘rsatmoqchiman!