UNICEF va SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi hamkorlikda davra suhbati o‘tkazdilar
Toshkent, 2025-yil 13-iyun – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va SOS O’zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi hamkorlikda muqobil parvarishda bo‘lgan bolalarni ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning biologik oilalaridan ajralishining oldini olish choralariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdilar.
Davlat organlari, xalqaro va milliy tashkilotlar vakillari, mazkur soha mutaxassislari, bolalarni farzandlikka olgan ota-onalar va yoshlar tadbirda ishtirok etdilar. Ular vasiylikda bo’lgan yoki oilasidan ajralish xavfi ostida bo‘lgan bolalarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashning samarali usullarini belgilab berib, ruhiy travmani zamonaviy tushunish muhimligini va tarmoqlararo hamkorlik zarurligini ta'kidladilar.
Ishtirokchilar ruhiy jarohatlarga sezgir bo‘lgan barqaror amaliyotlarni joriy etish, shuningdek, bolalar tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lgan shaxslar hamda oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni tizimli qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladilar.
Sifatli ruhiy-ijtimoiy yordamdan foydalanishni ta’minlashga, ayniqsa, O‘zbekistonda muqobil parvarish tizimini isloh qilish sharoitida, bolalar huquqlarini samarali himoya qilishning asosiy sharti sifatida qaralmoqda. Umumiy yig’ilish muhokamalari va guruhlarda ishlash jarayonida tadbir ishtirokchilari deinstitutalizatsiya, oilada tarbiya va parvarishni imkoniyatlarini kengaytirish, nogiron bolalar uchun inklyuziv ruhiy salomatlik va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, qizlar va o‘g‘il bolalar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratishda gender jihatlarini masalalarini muhokama qildilar. Ishtirokchilar bolalarni farzandlikka olgan ota-onalar va muqobil tarbiya tajribasiga ega bo’lgan yoshlarning takliflariga alohida e’tibor qaratdilar.
Ushbu tadbir bolalar huquqlarini himoya qilishda ruhiy salomatlik va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalasi naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi. Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistonning oilaga yo‘naltirilgan shakllarga e’tibor qaratgan holda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish tizimini isloh qilishdagi say-harakatlarini qayd etib, ijtimoiy himoyaning milliy strategiyalari va amaliyotlariga ruhiy-ijtimoiy yordamni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqdilar.
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.