UNICEF va OTB O‘zbekiston hukumatiga COVID-19ga qarshi kurashda yordam berish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirdilar

Xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tibbiy va laboratoriya jihozlari milliy sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi

29 Iyun 2020
UNICEF va ADB Hukumatga tibbiy buyumlar yetkazib bermoqda
ADB/2020

TOSHKENT, 2020 yil 29 iyun – Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga mamlakatning COVID-19ga qarshi kurashida yordam berish uchun tibbiy buyumlarni taqdim etdilar.

“O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun katta hajmda resurslar ajratdi. Ayni vaqtda, yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilishimiz lozim,"- dedi O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev. "Bu borada OTB va UNICEFning sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga qaratilgan yordami tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta'minlashga hamda aholi orasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga ko‘mak beradi."

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash uchun OTB O‘zbekistonga tibbiy uskunalar, shaxsiy himoya vositalari va laboratoriya buyumlarini sotib olish uchun 1,56 million AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Bu mablag‘ning birinchi transhi hisobidan UNICEF COVID-19 testlarini o‘tkazishda ishlatiladigan laboratoriya jihozlarini sotib olishni va yetkazib berishni tashkil qildi.

“COVID-19ga qarshi kurash marafondir. Biz tibbiyot xodimlari uchun juda zarur bo‘lgan buyumlarni yetkazib berishda UNICEF bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz,”- dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini xonim. “Xususan, biz bugun topshirayotgan buyumlar O‘zbekistonda sotib olinganidan mamnunman. OTB mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.”

OTB grantining keyingi transhlari mablag‘lari COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun portativ pulsoksimetrlar va kislorod konsentratorlari, tibbiyot xodimlari uchun himoya kiyimlari va niqoblarni sotib olish uchun sarflanadi.

O‘zbekistonda COVID-19ga chalinganlarning aksariyatida kasallik yengil o‘tgan bo‘lsa-da, 15% holatlar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblangan kislorod terapiyasini talab etadi. Bu og‘ir respirator infeksiyalarda, ayniqsa maxsus davolash usuli mavjud bo‘lmaganda, qo‘llab-quvvatlovchi terapiyaning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Sotib olingan tibbiy va laboratoriya buyumlari O‘zbekistonning barcha viloyatlariga, jumladan chekka hududlarga tarqatiladi.

"Bu o‘ta muhim favqulodda choralarni talab etuvchi o‘ta muhim favqulodda vaziyatdir,  va biz kuchlarni birlashrishimiz lozim,"- dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Sasha Graumann. "UNICEF sog‘liqni saqlash, suv ta'minoti va sanitariya tizimini mustahkamlashda va aholini COVID-19 ta'siridan himoya qilishda hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdan mamnun,"- deb ta'kidladi u.

 

UNICEF haqida

UNICEF eng nochor bolalarga yordam berish uchun juda og‘ir sharoitlarda faoliyat yuritadi. Biz jahondagi har bir bola manfaatlarinii ilgari surib, 190 mamlakat va hududlarda faoliyat yuritamiz va dunyoni barcha uchun yaxshiroq qilishga intilamiz. UNICEFning O‘zbekistonda bolalar uchun amalga oshirayotgan ishlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

ОТB haqida

OTB Osiyo-Tinch okeani mintaqasida rivojlanish, barqarorlik va birdamlikni ta'minlashga erishish maqsadiga qat'iy intilib, kambag‘allikka barham berish borasidagi ishlarini ham davom ettirmoqda. OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 68 mamlakat uning aksiyadorlari hisoblanadi va ulardan 49 tasi mintaqada joylashgan mamlakatlardir.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:


Nargiza Egamberdieva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: 99893 380 34 19

Elektron pochta: negamberdieva@uncief.org


Dildora Yavmutdinova, Matbuot kotibi, OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi

Telefon: 99890 321 87 23

Elektron pochta: dyavmutdinova@adb.org


 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.