UNICEF, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish uchun tezkor va qat’iy milliy choralar ko‘rishga chaqiradilar

MATBUOT XABARI

10 Oktabr 2023
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2023yil 10-oktabr - Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi va UNICEF bolalarni zo‘ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish, O‘zbekiston bolalari uchun xavfsizroq va yanada qulay muhitni yaratish yo‘lidagi birinchi muhim qadam sifatida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilish uchun milliy darajada tezkor va qat'iy choralar ko'rishga chaqirdilar.

Bu chaqiriqlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi milliy davra suhbatida bildirildi. Milliy davra suhbatida siyosatchilar, huquqshunoslar, bolalar huquqlari himoyachilari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

"Zo'ravonlik nafaqat inson huquqlarini poymol qiladi, u bolaning qolgan hayotiga ham ta'sir qiladi. Biz ushbu o‘tkir muammo bo‘yicha jimjitlikka chek qo’yib, bu muammo hali ham mavjud bo’lishiga sababchi jamiyatdagi munosabatni o‘zgartirmoqchimiz”, — dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha maxsus qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga yaqinda kiritilgan o‘zgartishlarga mos keladi, bu esa, o‘z navbatida, qizlar, o‘g‘il bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan huquqiy himoya qilishni kuchaytiradi. Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi maxsus qonun zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tarmoqli xizmatlarni rivojlantirish va amalga oshirishni ta’minlaydi.

Jahon miqyosida joriy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, har yili dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Yaqinda oʻtkazilgan Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 3 nafar boladan 2 nafari (62%) zo‘ravonlik bilan tarbiyalash usullarini boshdan kechirgan (jismoniy jazo va/yoki psixologik tajovuz), 15-19 yoshli qizlarning 33 foizi er o‘z xotinini kaltaklashga haqli deb hisoblaydi.

Umuman olganda, qonun qabul qilingandan so‘ng, bu qonun oilaviy maslahatlar, ruhiy salomatlik va ruhiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda  xavfsiz uy-joydan foydalanish imkonini berish, farovonlikni ta’minlash va zo‘ravonlik, qo’rquv hamda zarardan himoya qilish kabi xavfsizlikni oshirish, huquqiy kafolatlarni kuchaytirish va takomillashtirilgan qo’llab-quvvatlash tizimlari orqali O‘zbekiston bo‘ylab qizlar va o‘g‘il bolalar uchun foydali bo‘ladi.

Asosiy qoidalarini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish va yaxshilash uchun potensial yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida qator manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi muloqotni rag‘batlantirgan yuqori darajadagi davra suhbatida so‘zga chiqqan UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis Toshkentga ilk tashrifi chog‘ida shunday dedi: “Ushbu qonun, agar qabul qilinsa, O‘zbekiston farzandlarining hayotini shakllantirish, ularni himoya qilish, tarbiyalash va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga ega”. Uningta’kidlashicha, “qonun loyihasining tili va maqsadi bolalarni himoya qilishning eng yuqori standartlarini aks ettirishi juda muhim, bu shunchaki qog‘ozdagi so‘zlar emas, balki O‘zbekistondagi barcha bolalar hayotini o‘zgartiruvchi kuchdir”.

Qonun loyihasini ishlab chiqish Adliya vazirligi boshchiligidagi ishchi guruhlarning tegishli vazirlar bilan uzoq davom etgan keng ko‘lamli uchrashuvlari natijasidir va davra suhbati qonun loyihasining asosiy ishtirokchilari, uning oqibatlari va bolalar himoyasiga potensial ta'siri haqida chuqurroq tushuncha beradigan so'nggi tadbirdir. Ishtirokchilar, kelgusida, xalqaro standartlarga muvofiqligini qiyosiy tahlil qilish va baholash asosida taklif etilayotgan qonun hujjatlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydilar, bu esa, o‘z navbatida, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va takomillashtirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga olib keladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

 

Dilfuza Ro‘zmetova

Matbuot xizmati boshlig‘i

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

 

Telefon: +99890 942 46 44

Sevara O‘rinboeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Adliya vazirligi

 

Telefon: +99899 843 08 28

Nargiza Egamberdieva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis

UNICEFning O'zbekistondagi

vakolatxonasi

Telefon: +99893 380 34 19

 

 

 

 

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF Uzbekistan