Bolalar, shu jumladan nogironligi bo’lgan bolalar uchun marafon stigmaga barham berish maqsadida xabardorlikni oshiradi va inklyuzivlikka chaqiradi

25 May 2024
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2024 yil 26-may – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlash doirasida Sport vazirligi, Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Maxsus Olimpiadasi, UNICEF va Korzinka supermarketlar tarmog‘i hamkorlikda bugun nogironligi bo’lgan bolalar ishtirokida marafon o‘tkazdilar. Ular nogironligi bo’lgan bolalar uchun yuqori sifatli inklyuziv xizmatlar va teng imkoniyatlarni taqdim etishga, stereotiplarga qarshi kurashishga hamda stigma va diskriminatsiyaga barham berishga chaqirdilar.

Yaqinlashib kelayotgan Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan marafon “Biz turlimiz. Biz tengmiz." Shiori ostida o’tkazilib, bolalar, BMT xodimlari va rivojlanish bo'yicha hamkorlarni birlashtirdi.

Dalillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalar integratsiyasini ta’minlashdagi eng katta muammo ularning huquqlaridan xabardor emaslik bilan bog'liq. Oqibatda bu nogironligi bo’lgan shaxslarga nisbatan keskin qarashlarga, jamiyatning barcha jabhalarida stigmatizatsiya va kamsitishlarga olib keladi.

Marafon va uning ishtirokchilari haqida so‘z yuritgan Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova nogironligi bo’lgan bolalar huquqlarini himoya qilishda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya va Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya o‘zaro uyg’un ekanligini ta’kidladi.

“Ushbu marafon nogironligi bo‘lgan bolalarning huquqlari borligini, ular teng imkoniyatlarga ega ekanliklarini va inklyuziyaning zarurligini nanoyish etadi”, - dedi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova. “Nogironligi bo’lgan bolalarga xayriya qilinishi kerak bo’lganlar emas, balki ular biz ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalarga va konstitutsiyaviy kafolatlarga asosan huquq egalari deb qarashimiz hamda ularning huquqlarini birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak”.

O‘zbekistonda 2019 yilda nogironligi bo‘lgan shaxslar holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, jamiyatning atigi kichik bir qismigina nogironligi bo’lgan odamlar bilan muntazam muloqotda bo‘lgan va ular buni asosan achinish bilan qilgan. Bundan tashqari, nogironlikka tibbiy va xayriya nuqtai nazaridan qarashlar ustunlik qilishda davom etmoqda.

Sport vazirligi va boshqa hamkorlar inklyuziya kabi rivojlanish intilishlarini rag'batlantirishda sport muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.

“Sport nafaqat jismoniy salomatlik, balki bolalarni tarbiyalash va kamol toptirishning qudratli vositasidir. Yosh avlod uchun yaxshi kelajak yaratishga intilishda sport muhim rol o'ynaydi, chunki u orqali biz nafaqat sport mahoratini, balki hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan kuch, qat'iyat va jamoaviy ruh qadriyatlarini ham rivojlantiramiz”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov.

O‘zbekiston maxsus olimpiadasi tomonidan safarbar etilgan 60 nafar nogironligi bo’lgan bolalar marafonda mamnuniyat bilan ishtirok etdilar.

“Nogironligi bo’lgan bolalar uchun sport afzal ekani aniq”, – dedi O‘zbekiston maxsus olimpiadasi vitse-prezidenti Gulnora Saidova. "Biz barcha ota-onalar va vasiylarni o'z farzandlarini rivojlantirish va yangi do'stlar orttirishga yordam beradigan sport dasturlariga jalb qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqishga chorlaymiz."

O‘zbekistonda bilim, munosabat va amaliyot bo‘yicha yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning qariyb 70 foizi ixtisoslashtirilgan maktablar nogironligi bo’lgan  bolalarni o‘qitishning eng yaxshi usuli deb hisoblaydi. Respondentlarning atigi 13 foizi ularni oddiy maktablarda nogironligi bo’lmagan tengdoshlari bilan o’qishlariga rozi bo‘lgan. Bundan tashqari, respondentlarning atigi 1foizi nogironligi bo’lgan bolalarga hurmat bilan qaragan.

“Sport bolalarni birlashtirishning qudratli vositasi bo‘lib, u daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otadi va bolalarni o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga undaydi”, – dedi UNICEF O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba. "Bugun birlik, yutuq va bu oddiy yo'lda yuzaga kelgan muloqot chuqur ekanligini ko'rsatadigan poygaga guvohlik qilish ajoyib bo'ldi."

110 nafar, jumladan 60 nafar nogironligi bo’lgan bolalar ishtirokidagi marafon Toshkentdagi Ekoparkda o‘tkazildi. Ushbu tadbir nogironligi bo’lgan bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiya holatlariga barham berishga hamda inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi advokatsiya ishlari uchun muhim platforma bo’ldi. Ushbu tadbir bir qator hamkorlarni, jumladan rivojlanish bo'yicha tashkilotlar va xususiy sektorni birlashtirdi.

“Korzinka jamoasi nogironligi bo’lgan insonlar inklyuziyasiga ishtiyoq bilan yondashadi. Bu har bir sohaning jamoaviy mas’uliyati ekanini bilamiz”, – dedi Korzinka supermarketlar tarmog‘i kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov. "Xususiy sektor sifatida biz inklyuziyani qo'llab-quvvatlaymiz va muvaffaqiyatli hamjamiyatlar inklyuziv hamjamiyatlar ekanligini ta’kidlaymiz."

OAV murojaatlari uchun kontaktlar:

 

Rushana Aliakbarova

Matbuot kotibi

Bolalar ombudsmani ofisi

Теlefon: +99894 600 11 72

El. pochta: [email protected]m

Bibijan Aralbayeva

Matbuot kotibi

Sport vazirligi

Теlefon: +99 899 955 7703

El. pochta: [email protected]

Liliya Bogomolova

Sport direktori

O’zbekiston maxsus olimpiadasi

Теlefon: +99890 355 61 89

El. pochta: [email protected]

Doniyor Rasulov

Matbuot xizmati

Korzinka supermarketlar tarmog’i

Теlefon: +998 78 140 14 14

El.pochta: [email protected]

 

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi

Теlefon: +99893 380 34 19

El. pochta: [email protected]

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.