OIV – o’lim hukmi emas. Hayot davom etadi!
OIV bilan yashash qiyinchiliklarini yengib o’tgan ayol – Saodatning* hikoyasi
O'zimning hikoyam bilan o'rtoqlashar ekanman, OIV bilan yashayotgan har bir yosh ayol va erkakka biz boshqalar kabi sog'lom va baxtli yashashimiz mumkinligini aytmoqchiman.
Men uch farzandning onasiman, ikki o'g'il va bir qizin bor. Toshkentda yashaymiz. Hayotimiz ko’pgina boshqa oilalarniki singari. Faqat bir narsada farq qilamiz. Men OIV-musbatman, katta o'g'lim ham OIV bilan yashamoqda. O’zim OIV-musbat ekanligimni bilmagan holda o’g’limga bu infektsiyani yuqtirganman. Qay ahvolga tushganimni ta’riflashga til ojiz. Doim o'g'limning OIV bilan kasallanishida o'zimni ayblardim. Vaqt o'tishi bilan bu mening aybim emasligini angladim, biroq bu fikr hech meni tark etmaydi.
Men birinchi erim bilan uchrashganimda, uning OIVga chalinganini bilmasdim. U bir necha oy kasalxonada davolangach, men tushunmagan holatda vafot etganidan keyin bundan xabar toptim. Hech kim menga uning OIV holati haqida avvalroq aytmagan edi.
Men buni qachon bildim degan savol tugilishi tabiiy. Turmush o’rtog’imning vafotidan bir necha hafta o'tgach, qon tahlili natijalari o'g'lim va men OIV-musbat ekanligimizni tasdiqladi. O'sha paytda men OIV va OITS haqida tasavvurga ega emas edim. Buni faqatgina o'lim bilan bog'lar edim. Nima uchun bu men bilan sodir bo’lganini tushunmasdan, erim singari yaqinda vafot etaman deb o’ylardim. Men qo'rquv va sarosimaga tushib qolgan edim. Bu dunyoni tark etsam, farzandimning ahvoli ne kechadi deb xavotirda edim.
Ota-onamning doimiy yordami uchun ulardan cheksiz minnatdorman. Biroq, men o'zimni butun dunyodan yakkalangandek his qiardim. Men umidimni yo'qotgan edim. Yaxshiyamki, men Respublika OITSga qarshi kurash markazida bir shifokorni uchratdim. U menga, o'zim va o’g’limga zarur parvarishni ta’minlasam, OIV yoki OITSdan o'lmasligimizni tushuntirdi.
15 yil avval, boshqa ko'plab mamlakatlarda bo'lgani kabi, O'zbekistondagi ham jamiyat OIV yuqtirgan odamlarga nisbatan salbiy munosabatda bo'lgan. Shu bois, men ham ko'p qiyinchiliklarga duch keldim. Har bir kun kurashdan iborat edi. Kamsitish tufayli ishga kirish va sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish qiyin bo'lar edi.
Biroq mo'jizalar ro'y beradi. Menga hayotimni o'zgartirgan inson bilan uchrashish nasib etdi. U menga sog'lom hayot kechirihga, xatto sog'lom farzand ko’rishga imkon beradigan dorilar borligini tushuntirdi. Bu men uchun umid chirog’i edi va men unga to'liq ishondim. Ko'p o'tmay biz turmush qurdik.
Shundan keyin uzoq kutilgan homiladorlik va yan bir bor farznd ko’rish baxtiga muyassar bo’ldim. Bu safar men bunga tayyor edim. Homiladorlik davrida men antiretrovirus dorilarni qabul qildim va shifokorlarning tavsiyalariga qat'iy amal qildim. Farzandim Kesаrevo kesishi orqali dunyoga keldi, uni ko'krak sutim bilan oziqlantirmadim va barcha zarur dorilarni vaqtida qabul qildim. Barcha sa'y-harakatlar tufayli qizim OIVdan xoli tug’ildi. Men va turmush o'rtog'im bundan juda ham baxtlimiz.
Ikkinchi homiladorligimdagi qo'rquvim o'tmishda qoldi. Alloh menga uchinchi farzandni, yana bir og’ilni ato etdi. Hozir u 2 yoshda va u ham OIVdan xoli. Uning otasi va men kichkintoyimiz sog'lom bo'lishi uchun qo’limizdan kelgan hamma narsani qildik.
Katta o'g'lim 17, qizim esa 14 yoshda. Men ular bilan hamma narsa to’g’risida gaplashaman. Ularga numa bo’lganini aytganman va meni tushunganlaridan xursandman. Katta o'g'lim va men zarur dori-darmonlarni muntazam ravishda qabul qilmamiz. Shuni hisobga olmaganda bizning hayotimiz boshqalarnikidan farq qilmaydi.
Hayot davom etmoqda! OIV o'lim hukmi emasligini va tushkunlikka tushish uchun sabab bo’lmasligini men kabi insonlar tushunishlari kerak. Tibbiyot sohasidagi yutuqlarni e’tiborga olsak, bugungi kunda barcha salohiyatlarimizdan foydalanish imkoniyatiga egamiz. Mening barchaga aytmoqchi bo'lganim: “Yoqtirgan ishingiz bilan mashg’ul bo’ling, seving, farzand ko'ring va baxtli hayot kechiring!”
UNICEF sog'liqni saqlash tizimini yanada mukammallashtirish orqali OIVning onadan bolaga yuqishini oldini olishda O’zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligini qo'llab-quvvatlamoqda. Hamkor tashkilotlar OIV bilan yashayotgan ayollar va bolalarning keng qamrovli xizmatlardan foydalanishini ta'minlash uchun birgalikda harakat qilmoqdalar.
*Shaxsini himoya qilish maqsadida qahramon ismi o’zgartirilgan