Yoshlar o’rtasida o’tkazilgan tadqiqot ta’lim olish va ishga joylashish yoshlarni tashvishga solayotgan eng asosiy muammolardan ekanligini ko’rsatdi

Milliy tadqiqotdagi yangi ma'lumotlar O'zbekistonda yoshlar farovonligini ta'minlash uchun yoshlar siyosatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos bo'lib xizmat qiladi

11 Dekabr 2020

TOSHKENT, 2020 yil 11 dekabr – UNICEF, ‘Yuksalish’ umummilliy harakati va O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tayorlangan hisobot O'zbekiston yoshlarini tashvishga solayotgan asosiy muammolar ta'lim olish va ish ish bilan bandlik masalalari ekanligini ko’rsatdi.

"O'zbekiston yoshlari: muammolar va istiqbollar" deb nomlangan hisobotda O'zbekiston yoshlari hayotining asosy jabhalari - ta'lim va tarbiya, kasbiy hayot va iqtisodiy imkoniyatlar, raqamli hayot va Internet, oila va fuqarolik faoliyati sohalaridagi yoshlarning umumiy holati bo’yicha ma'lumot berilgan.

"Aholining eng katta qismi bo’lmish yoshlar ovozlarini birlashtirgan ushbu yangi hisobot bizga ularning oldidagi burchimizni yodimizga soladi. Bu degan so’z, biz yoshlarni tez rivojlanayotgan va noaniqliklarga to’la dunyoda,  ta'lim va ko'nikmaga ega bolish tushunchalari ishsizlik va bandlik, qashshoqlik va farovonlik, umidsizlik va umid o'rtasidagi farqni anglatadigan dunyoda yoshlarni hayotga tayyorlash borasidagi burchimizdir,” - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. " O'zbekistonni yangi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichiga chiqishida, BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish dasturi maqsadlariga erishishida O'zbekiston tarixida aholining eng katta qismini tashkil etgan hozirgi kun yoshlarining ishonchini oqlashamiz muhimdir.”

Tadqiqot natijalariga ko’ra, yoshlarini tashvishga solayotgan asosiy muammolar ta'lim (respondentlarning 77%) va bandlikdir (respondentlarning 61,8%). Hisobotda aytilishicha, yoshlarning katta qismi (54,6%) majburiy o'rta ta'limni tugatgandan keyin o'qimaydi, ishlamaydi yoki kasb-hunar tayorgarligini o'tamaydi. Ushbu ko'rsatkich 18 yoshdan oshgan ayollar uchun keskin o'sib boradi va 25-30 yoshdagi ayollar uchun 74% ni tashkil qiladi. Erkaklar uchun bu ko’rsatkich pastroq bo'lib, yosh ulg’ayib borishi bilan 24,8% gacha pasayadi.

Hisobotda, shuningdek, yoshlar eng yuqori darajada qadrlaydigan malakalar va bilimlar bayon etiladi. Bular qatoriga chet tillarini bilish, biznes savodxonligi, tadbirkorlik ko'nikmalari kabilar kiradi. Yoshlar yetakchilik va moslashuvchanlik kabi “ijtimoiy” ko'nikmalarga ehtiyojlari borligini ham ta'kidladlaganlar.

Gender tengsizligi Internetdan foydalanish va axborot texnologiyalari bo'yicha bilimlarni egallashda ham kuzatiladi. Hech qachon Internetdan foydalanmaydigan yosh ayollar soni (68,1%) erkaklarga (34,3%) nisbatan ikki baravar ko'p. Hisobotda aytilishicha, qizlar va yosh ayollar Internetdan foydalanganlari uchun ko'pincha tanqid qilinishlari, Internet ularning xulq-atvoriga yomon ta'sir ko'rsatishi to’g’risida fikr keng targaqlganili qayd etilgan.

“Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. Yoshlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir,” - dedi   "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov.

Ma'lumotlar tahlili asosida hisobotda tavsiyalar berilgan bo’lib, ular yoshlarning hayotiy, texnik, innovatsion va tadbirkorlik ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan. Asosiy tavsiyalardan biri bu teng imkoniyatlar yaratish va xulq-atvor o'zgarishini rag'batlantirish orqali iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda yosh ayollarning faol ishtirokini ta'minlashdir.

Qo’shimcha ma’lumot uchun marhamat qilib murojaat qiling:

Inna Volfson

UNICEFning o'smirlar va yoshlar rivojlanishi bo'yicha konsultant

Telefon: 99897 460 80 03

El.pochta: [email protected]

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi, UNICEF

Telefon: 99893 380 34 19

El.pochta: [email protected]

***

Jahongir Turaxonov

Matbuot xizmati rahbari, 'Yuksalish’ umummilliy harakati

Telefon: 99897 7370373

Email: [email protected]

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.