O’z orzusi yo’lida: Dilnozaning hikoyasi

Mening ismim Dilnoza Mirahmedova, men CosmoLady jamoasining a'zosiman. Yoshim 20 da.

UNICEF Uzbekistan
Дильноза
UNICEF Uzbekistan/2021
07 Mart 2022

UniSat xalqaro ta'lim dasturini amalga oshirish davom etmoqda. Ushbu dastur qizlarning ilm-fan, texnologiyalar, muxandislik va matematikaga (STEM) qiziqishini oshirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonning turli hududlari vakillari bo’lgan hamda Qozog‘iston va Qirg‘iziston qizlari UniSat dasturi doirasida 2022 yilning 27 martida Almati shahrida nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uni uchirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Ushbu dasturning yana bir ishtirokchisi bilan tanishtiramiz.


Mening ismim Dilnoza Mirahmedova, men CosmoLady jamoasining a'zosiman. Yoshim 20 da. Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika universitetida loyihalar menejeri yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olmoqdaman. O‘qishdan bo‘sh paytlarimda o‘quv markazida ingliz tilidan dars beraman.

UniSat dasturining ishtirokchilaridan biri bo‘lish men uchun katta sharaf. Ushbu dastur bizga o‘z salohiyatimizni to‘liq namoyon qilish uchun noyob imkoniyatni tuhfa etmoqda.

Hozirgi paytda biz uchun vebinarlar o‘tkazilmoqda, ular yetarli darajada ma'lumotlarga boy va qiziqarli. Ko‘pchilikning fikricha, onlayn darslarning samarasi kam. Ehtimol, ular haqdir, ammo Eldor Appazov va Aziz Rahimov kabi ajoyib trenerlarimiz olib boradigan mashg‘ulotlar o‘zgacha. Ajoyib murabbiy Nora Rahimova va Yelena Seleznevani ham qayd etmoqchiman. Ular ilmning mashaqqatli yo‘lida muntazam ravishda bizni  qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib turadilar.

 UniSat jamoasi, g‘ayritabiiy bo‘lib ko’rinishi mumkin bo’lgan, biroq o‘ziga xos har bir g‘oyaga va e'tibor bilan qaraydi. Fikrimizga quloq solishlari biz uchun haqiqatdan juda muhim. Bir qarashda sodda bo‘lib tuyuladigan savollarimizga ham trener hurmat bilan qarab javob beradi.

Yaqin kelajakdagi vazifalarim haqida rostini aytaman. Ehtimol, astronomiya bilan jiddiy shug’ullanish qo‘limdan kelmas, chunki kelajakka mo‘ljallangan boshqa rejalarim ham bor. Ammo men uchun UniSat – bu yangi narsalarni bilish uchun noyob imkoniyat. Bolaligimdan oy va yulduzlarni kuzatishni, koinotning  qanchalik ulkan ekanligi haqida xayol surishni yaxshi ko‘raman. Dastur tufayli men yanada ko‘proq ma'lumotlarni bilib oldim, shunisi muhimki, o‘z qobiliyatlarimni, xususan, dasturlash borasidagi imkoniyatlarimni angladim.

Yuqorida aytganimdek, men loyihalar menejeri sohasi bo’ycha ta'lim olyapman. Ushbu kasbda yetakchilik va jamoani o‘z ortidan ergashtira olish layoqatiga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Men o‘z oldimga bo‘lajak kasbimni va  UniSat dasturi doirasida olgan bilimlarimni birlashtirish, va ularni o‘smirlar uchun dastur ishlab chiqishga yo‘naltirishni maqsad qilib qo‘ydim. Zero, aynan 12-16 yoshli o‘smirlarda o‘zligini anglash va nimalarga qodir ekanliklarini bilishga intilish kuchli bo‘ladi. Istalgan natijani qo‘lga kiritishga qodir ekanligingni anglashdan zavliroq his-tuyg‘u bo‘lmasa kerak.


UniSat dasturi UNICEFning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi vakolatxonalari ko’magida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistondagi loyoha hamkorlari - Tech4Impact NNT va O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish vazirligi. Hamkorlarning barcha sa'y-harakatlari qizlarning STEMga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.