Yaponiya hukumati Surxondaryo viloyatidagi birlamchi tibbiyot muassasalarining suv va sanitariya infratuzilmasini yanada yaxshilashga ko’mak beradi
TOSHKENT, 22 dekabr 2021 yil – Yaponiya hukumati O‘zbekistonga 433000 AQSh dollari miqdorida yordam ko’rsatmoqda. UNICEFga topshiriladigan ushbu grant doirasida Yaponiya O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi birlamchi tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Yaponiya hukumati Oʻzbekistonga, shuningdek, mintaqadagi Afgʻonistonga qo’shni davlatlarga UNICEF va BMTning boshqa agentliklari orqali sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat va oziqlanish, himoya, suv va sanitariya sohalarida yordam koʻrsatishda davom etmoqda”,- dedi Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisi Yoshinori Fujiyama.
UNICEF mahalliy hamjamiyatlarning ehtiyojlarini e'tiborga olgan holda tegishli tadbirlarni amalga oshiradi. Xususan, dastur doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalarida suv, sanitariya va gigiena (SSG) tizimini yaxshilash bo‘yicha maxsus tadbirlar amalga oshiriladi. Suv quvurlarini o‘tkazish, suv tarkibini yumshatish va fil'trlash qurilmalari va suv rezervuarlarini o‘rnatish, sanitariya inshootlarini qurish va ta'mirlash, elektr va issiq suv uchun quyosh panellari va chiqindilarni qayta ishlash inshootlarinini qurish shular jumlasidandir. Shu bilan birga, zamonaviy SSG infratuzilmasi doimiy ravishda ishlashini ta'minlash uchun uning ekspluatasiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi.
“Birlamchi tibbiyot muassasalarida zarur infratuzilmaning mavjudligi muhtojlarga zarur xizmatlar ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Sog'liqni saqlash muassasalarida SSG xizmatlari bilan bir qatorda infektsiyalarning oldini olish va nazorat qilishning samarali choralari hamjamiyatlar, ayollar va bolalar uchun inklyuziv va sifatli xizmat ko'rsatishning asosidir", - deya ta’kidladi u.
UNICEF loyihani 2022-yilning martidan 2023-yilning fevraligacha bo’lgan davr mobaynida amalga oshiradi. Termiz tumanining 80000 ga yaqin aholisi yettita birlamchi sog‘liqni saqlash muassasalarida takomillashtirilgan SSG xizmatlaridan foydalanishlari hamda maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilishning ishonchli tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kutilmoqda. Shuningdek, ular gigiyena bo'yicha axborot materiallari bilan ta'minlanadilar.
Ommaviy axborot vositalari murojaatlari uchun kontaktlar:
Fahriddin Nizamov
Salomatlik va oziqlanish bo’yicha mutaxassis
Теlefon: +99893 399 05 57
El. pochta: [email protected]
***
Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchi
Telefon: 99893 380 34 19
El. pochta: [email protected]
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.