Qizlarning qo'lidan keladi: toshkentlik Muslimaning hikoyasi
16-yoshlik dasturchi qizning hikoyasi

Maktabda davrida kompyuter o'yinlariga juda qiziqardim. Bu ota-onamni bezovta qilardi. Biroq, mening qiziqishimni ko'rib, ular mening sevimli mashg'ulotimni to'g'ri yo'naltirishga muvaffaq bo'lishdi.
5-sinfda o'qiyotganimda, dadam Inha universitetidagi Codecraft markaziga olib bordi. Murabbiylarim yordamida dasturlash asoslarini o'rgana boshladim va Scratch-da mini-o'yinlar yaratdim. Keyinchalik veb-dasturlashni, C ++ va Java kabi dasturlash tillarini o'zlashtirdim.
Ba'zan odamlar mening fikrlarimni qo’llab-quvatlashmas edi. Ba'zilar shunchaki jilmayib, o'zlarining shubhalarini bildirishardi yoki men bardosh berolmasligimni ochiq aytishardi. Men bunga ahamiyat bermadim va maqsadim tomon tinimsiz yurishda davom etdim.
Ota-onam va o'qituvchilarim hayotimda muhim rol o'ynagan. Ularning doimiy qo'llab-quvvatlashi va tushunishi menga qaysi sohada rivojlanishni xohlayotganimni aniqlashda yordam berdi.

Men hozirda Qo'shma Shtatlardagi fan va texnologiyalar bo'yicha qizlar uchun TechGirls yozgi dasturiga a'zo bo'lish uchun harakat qilyapman. Birinchi bosqichni muvaffaqiyatli o'tdim, oldinda intervyu kutib turibdi. Ushbu dasturda ishtirok etish tajribasi butun hayotingizni o'zgartirishi mumkin. Mening orzuim - AQShdagi Massachusets texnologiya institutida talaba bo'lish.
Men dasturlashga qiziqadigan yosh qizlarga yordam beraman. Technovation global tanlovida 5-6-sinf qizlari guruhining murabbiyiman. Hozir mening jamoam barqaror rivojlanishning 17 maqsadi (SDG) bo'yicha jamiyat uchun foydali dastur yaratish ustida ishlamoqda.
Men o'z shogirdlarim va boshqa qiyinchiliklar va atrofdagilar ishonchsizligiga qaramay, orzulari sari harakat qilayotgan qizlarga ishonaman. Men bu narsani boshdan kechirdim va aminmanki, qizlar ajoyib dasturchi bo'lishlari mumkin. Siz shunchaki bilim olishni davom ettirishingiz, rivojlanishingiz va maqsadlaringi sari qat'iy qadam qo'yishingiz kerak.