Xalqaro qizlar kunida UNICEF va hamkorlari qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirmoqda
Xalqaro qizlar kuni
TOSHKENT, 2022 yil 11-oktabr - Xalqaro qizlar kunining 10 yilligi munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali qizlarning yetakchilik rollarini va imkoniyatlarini kengaytirishga investitsiyalarni ko‘paytirishga chaqiradi.
O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda avloddan avlodga o’tib kelayotgan salbiy me’yorlar va gender stereotiplari tufayli qizlar STEM va axborot texnologiyalari (IT) sohalarida o'qishda kam ishtirok etyapti yoki umuman bundan chetda qolyapti.
“STEM sohasida gender tafovutini kamaytirish va qizlarning yetakchiligi va imkoniyatlarini kengaytirishga sarmoya kiritish juda muhim”, dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. “Raqamli texnologiyalar bilan qamrab olishdagi tafovutni qisqartirish qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi. Ular raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish, moliyaviy savodxonligi va o‘zini-o‘zini ta’minlashni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rganadilar va bu kelajakda inson kapitalini oshiradi hamda O‘zbekistonning o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi”.
O‘zbekistonda bandlik, ta'lim yoki professional o'qitish bilan qamrab olinmagan (NEET) insonlar orasida qizlar va yosh ayollar ko‘pchilikni tashkil etib, bu ularni ijtimoiy chetlanishga ko‘proq moyil qiladi. Majburiy o‘rta ta’limni tugatgandan so‘ng, 19-24 yoshdagi yoshlarning 56 foizi NEET hisoblanadi (69% ayollar va 33,4% erkaklar). Yosh ayollar uchun NEET darajasi ular 18 yoshga to'lgandan keyin va majburiy o'rta ta'limni tamomlaganlaridan keyin (1,7% dan 69% gacha) tez o'sadi.[1]
Bundan tashqari, qizlar va o'g'il bolalar o'rtasida kompyuter savodxonligi, Internetga kirish va undan foydalanish bo'yicha sezilarli farqlar saqlanib qolmoqda. Kompyuterga ega bo'lmagan ayollar ulushi 43,5% ni, erkaklarda esa 30,0% ni tashkil qiladi. Internetdan hech qachon foydalanmaydigan 14-30 yoshdagi qizlar va yosh ayollar ulushi 68% ni tashkil qiladi. Yoshlar o‘rtasida internetdan foydalanmaslikning asosiy sabablari aloqaning yomonligi, o‘z aloqa vositalariga ega bo’lmasligi, internet narxining yuqoriligidir. Qizlar va yosh ayollar uchun ijtimoiy stigma tufayli internetga kirish ham qiyin. STEM sohalarida yosh ayollarning kam ekanligi ularning ishga joylashish imkoniyatlarini kamaytiradi.
Ayniqsa nogironligi bo’lgan qizlar ta’lim olmaslik xavfi ostidadirlar va raqamli platformalardan xavfsiz ravishda foydalanish uchun minimal raqamli savodxonlikka ega emaslar, kelajakda ta'lim olish va ishga joylashish imkoniyatlaridan cheklanganlar. Nogironligi bo'lgan yoshlar orasida NEET darajasi 77% ni, o’ta og'ir nogironlar orasida esa 91 ga etadi.%.[2].
O‘zbekistonda UNICEF IT PARK bilan birgalikda Qarshi, Termiz, Nukus va Toshkentdagi axborot-kommunikatsiya markazlarida STEM sohasida yetakchilikni oshirish va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bepul kompleks raqamli savodxonlik va grafik dizayn o‘quv dasturini amalga oshirmoqda.
Ishtirokchilar orasida ko‘rish, eshitish va jismoniy holatlari bo’yicha nogironligi bo‘lgan qizlar ham bor. Qizlar va yosh ayollarga muhim texnologiya ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan bir qatorda, dastur qizlarga gender tengligi va inklyuziya tushunchalari hamda salbiy gender stereotiplari qizlarning hayotdagi tanlovlarida qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot beradi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, STEM sohasidagi taniqli ayollar qizlarning ushbu sohalarda ta'lim olish va kasbga ega bo’lish bilan bog’iq qarorlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu bois dastur doirasida qizlarga ana shunday shaxslar bilan bog’lanish imkoniyati ham berildi.
UNICEF O‘zbekistonda va undan tashqarida qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun quyidagi asosiy elementlarni aniqladi:
• O‘smir qizlarning yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning ovozini tinglash, so‘rovlariga javob berish va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini berish.
• O'smir qizlar uchun resurslar va investitsiyalarni, jumladan sifatli va inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlovchi va ularning farovonligini birinchi o'ringa qo'yadigan tarmoqlar va tashkilotlarni ko'paytirish.
• Har doim o‘smir qizlarga mo‘ljallangan inklyuziv xizmatlarga ega bo'lish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, lekin ayniqsa inqirozga qarshi kurashish va tiklanish sharoitlarida bu tadbirlarni takomillashtirish.
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
Ơz faoliyati orqali UNICEF har bir bolaning huquq va farovonligi ta'minlanishiga erishishga harakat qiladi. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish maqsadida biz hamkorlarimiz bilan birgalikda dunyoning 190 mamlakati va hududlarida ish olib boramiz va barcha bolalarning, xususan, ijtimoiy jihatdan yakkalab qơyilgan, alohida e’tibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlari yơlida harakat qilamiz.
UNICEF va uning O’zbekistondagi faoliyati tog’risida tơliq ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
Faoliyatimozni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Facebook, Instagram, Twitter ва Telegram