Orzular sari
Orzular sari
“Men Skills4Girls dasturida qatnashishga qaror qildim, chunki men kompyuterda rasm chizishni o'rganishim mumkin, bu mening o'qishim uchun foydalidir. Bu men uchun juda muhim, - deydi 11 yoshli Durdona Xoshimova. "Mashg'ulot davomida men ham ko'plab do'stlar orttirdim."
Qarshi, Termiz, Nukus va Toshkent shaharlarining vakillari bo’lgan qizlar qatorida Durdona UNICEF va IT PARK hamkorlikda yetakchilik ko‘nikmalarini hamda STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) bo‘yicha qizlarning, jumladan nogironligi bo‘lgan qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o‘tkazgan “Skills4Girls” bepul kompleks dasturida ishtirok etdi. Ular raqamli savodxonlik va grafik dizaynni o‘rgandilar hamda gender tengligi va nogironligi bo‘lgan shaxslar inkyuziyasi masalalarini muhokama qildilar. Ular shaxsiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar va gender stereotiplari qizlarning hayotdagi tanlovlariga qanday salbiy ta'sir ko'rsatishini bilib oldilar.
Durdona o‘zi haqida gapirar ekan, dastur nafaqat grafik dizayn ko‘nikmalarini egallashga yordam berganini ta’kidladi. “Menga rasm chizish juda yoqadi. Bu mashg’ulot vositasida men o'z his-tuyg'ularimni va kechinmakarmni ifoda eta olaman, borlig’mning bir qismini bu dunyo bilan baham ko'raman".
Durdona oddiy maktabda o'qishni juda istaydi, ammo hozircha buning iloji yo'q. “Hozir 5-sinfda o‘qiyman. Uyda ta'lim olishga majburman. O'qituvchilar haftada bir necha marta kelishadi. Men maktabga borishni juda istayman, lekin maktabda menga zarur bo’lgan sharoit bo’lmagani sababli meni maktabga qabul qilishmadi.
Durdonaning bilim olishida oilasi, ayniqsa, onasi muhim o‘rin tutadi. “Hayotimning eng muhim jihati shuki, men onam bilan faxrlanaman. U juda sabrli va har doim mening kayfiyatimni ko'tarishga harakat qiladi. Onam mening orzularimni amalga oshirish uchun hamma narsani qiladi. Mening eng katta orzuim - eng yaxshi shifokor bo'lish, chunki ko’z oldimda o'z shifokorimning namunasi bor.
Skills4Girls dasturini tanlashda Durdonani opasi ham qo‘llab-quvvatladi. “U menga har doim rasm chizishni yaxshi bilishimni aytadi, sevgan ishimni davom ettirishga undaydi va rag’batlantiradi. Opam shaxmatni professional tarzda o‘ynashimni ham istaydi. Buni men yaxshi eplay olaman. Shaxmat bo‘yicha chempion bo‘lish yo‘lidagi yagona muammo shundaki, meni musobaqaga olib boradigan professional murabbiy topa olmayapmiz. Bu sohada g'alaba qozonishga tayyorman!"
Durdona qizlarni undan o‘rnak olishga, orzulari sari yo‘lda to‘xtab qolmaslikka undaydi. "Menga o'xshagan barcha qizlarga, umuman barcha qizlarga mendan o'rnak olishlarini maslahat beraman. Men uyda o'tirmayman, doimo yangi sevimli mashg'ulotlarni topaman, o'z mahoratimni rivojlantiraman va har doim yangi maqsadlarga erishishga harakat qilaman!"