O‘zbekistonda odam papillomasi virusiga qarshi vaksinaning joriy qilinishi

O‘zbekistonda VPCh vaksinasining birinchi bosqichi natijalari

UNICEF Uzbekistan
постер с семьей с удивленными лицами
UNICEF Uzbekistan
10 Fevral 2020

2019 yilning oktyabr' oyida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi odam papillomasi virusi (VPCh)ga qarshi vaksinani 9 yoshli qiz bolalar uchun joriy qildi. Ushbu vaksina Milliy immunizasiya taqvimidagi 13-vaksinadir.

Aholi orasida ushbu vaksina xususidagi ba'zi yanglish fikrlar bo‘lganiga qaramasdan, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda VPCh vaksinasining birinchi dozasi bilan qamrab olish darajasi hozirgi kunda 95 foizdan ziyodni tashkil qiladi.

Ushbu natijaga erishish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy boshqarmalari UNICEF va JSST ko‘magida axborot kampaniyasini amalga oshirdilar. Ota-onalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini VPChga qarshi emlashning ahamiyati va VPChning ba'zi ko‘rinishlaridan kasallanishning salbiy oqibatlaridan xabardor qilindilar .

Vaksinaning birinchi dozasini olgan qizlar 2020 yilning aprel' oyida uning ikkinchi dozasi bilan emlanadi.

Ba'zi sabablarga ko‘ra birinchi doza bilan emlanmagan qizlar o‘z oilaviy poliklinikalaridagi shifokorlarga murojaat qilib, VPChga qarshi emlanishlari mumkin.

VPChga qarshi vaksina 2006 yildan boshlab dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqqiyatli joriy etildi. Hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, mazkur vaksina xavfsiz va juda samaralidir. Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Shvesiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Yangi Zelandiyada VPCh infeksiyasining qisqa muddat ichida 90% gacha kamayishi va yosh ayollarda o‘tkir uchli kondiloma holatlarining keskin kamayishi kabi natijalar qayd etilgan.

Immunizasiya kasalliklarning oldini olishda muhim rol' o‘ynaydi.

Vaksinalar ayniqsa chaqaloqlar va bolalar uchun muhim bo‘lib, o‘smirlar va kattalarga uchun ham tavsiya qilinadi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda emlash qamrovi 95%dan ortiq bo‘lib, bu juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramasdan, hamon oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan himoyalanmagan bolalarbor. Bola o‘z vaqtida emlanmasa, bu jiddiy oqibatlarga, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun immunizasiya taqvimini ishlab chiqayotgan ekspertlar emlash vaqtiga jiddiy e'tiborberadilar.

O‘zbekistondagi barcha bolalar Milliy immunizasiya taqvimiga asosan emlanish vositasida  13 turdagi jiddiy kasalliklardan himoyalangan bo‘ladilar. Immunizasiya bepul bo‘lib, mamlakatning barcha hududlarida qilinishi mumkin.