Sen mening qahramonimsan: bolalarga COVID-19 bilan kurashishga yordam beradigan kitob

Kitob bolalarga COVID-19 sababli yuzaga kelgan vaziyatni tushunishga va bu sharoitda o’zlarini qanday tutishlari lozimligi haqida hikoya qiladi.

UNICEF
герои книги на обложке книги
IASC
15 May 2020

Yangi "Sen mening qahramonimsan: bolalar COVID-19 ga qarshi qanday kurashyaptilar" kitobi bolalarga COVID-19 sababli yuzaga kelgan vaziyatni tushunishga va bu sharoitda o’zlarini qanday tutushlari lozimligi haqida hikoya qiladi.

Bolalar o'zlarini, oilalarini va do'stlarini koronavirusdan qanday himoya qilishlari mumkinligi Ario ismli ajoyib mavjudot yordamida tushuntiradi. Yangi va tez o'zgaruvchan voqelikda bolalar o’z his-tuyg'ularni qanday boshqarishlari mumkinligi ham kitobda tusuntirilgan.

6–11 yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ushbu kitob IASC MHPSS RG Yordam guruhi tomonidan favqulodda vaziyatlarda ruxiy salomatlik va ruxiy-ijtimoiy yordam bo'yicha hukumatlararo doimiy qo'mitaning loyihasi bo’lib, gumanitar sohada faoliyat olib boradigan, favqulodda vaziyatlarda ruxiy va ruxiy-ijtimoiy yordam ko'rsatadigan 50 dan ortiq tashkilotlar, jumladan UNICEF bilan hamkorlikda tayyorlangan.

"Dunyo bo'ylab bolalar hayoti tubdan o'zgardi: ularning aksariyati ma'lum darajada harakatlanish yoki yakkalanish kabi cheklanishlar mavjud mamlakatlarda yashaydi. Ushbu ajoyib kitob bolalarga yangi haqiqatlarni tushunishga va mabjud vaziyatga moslashishga yordam beradi, shuningdek kichik ishlar orqali ham qahramon bo'lishmumkinligini tushuntiradi,"- dedi UNICEF ning ijrochi direktori Genrietta For.

Turli mamlakatlardagi 1700 dan ortiq bolalar, ota-onalar, oʻqituvchilar va tarbiyachilar COVID-19 pandemiyasiga qarshi qanday kurashayotganlari haqida soʻzlab berdilar. Ushbu hikoyalar yozuvchi va rassom Xelen Patukga va loyiha jamoasiga dunyoning turli qit'alaridan bo’lmish bolalar uchun kitobga taaluqlik hissini yaratishda yordam berdi.

Kitobni boshqa tillarda yuklab oling.