Qoraqalpog‘istondagi eng jajji bolalarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda

UNICEF va UNFPA hamkorligida ijtimoiy himoyaga eng muhtoj onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga perinatal yordam ko‘rsatish sifatini oshirish loyihasi amalga oshirildi

UNICEF
©UNICEF Uzbekistan/2024/Atoev
©UNICEF Uzbekistan/2024/Atoev
12 Sentabr 2024

Sarvinoz Turdimuratova yangi tug'ilgan chaqaloqlarni juda yaxshi ko'radi va ularga yordam berishni xohlaydi. Shu sababli u o'z mutaxassisligini o’zgartirgan. Ilgari u rentgenolog shifokor bo'lib ishlar edi.

U ordinaturani tamomlab, 10 yildan buyon Nukusdagi shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida ishlab kelmoqda.

“Biz har oy 300 ga yaqin tug'ruqlarni qabul qilamiz. Agar bolalar juda kichik tug'ilgan bo'lsa yoki sog'lig'ida muammolar bo'lsa, biz ularni tegishlicha parvarish qilamiz. Bolaning ahvoliga qarab bunga 5-10 kun ketadi.”

Ayni paytda shifokor Turdimuratova yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilmoqda. U yaqinda Qoraqalpog‘istonga hududlardagi loyihalar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina M. Kastijioga o‘z mehnat faoliyati haqida gapirib berdi.

“Orol bo’yi  trast jamg'armasi ko’magida taqdim etilgan zarur jihozlar va tibbiyot xodimlari o'qitilgani sababli bu chaqaloq omon qoldi va u hozir xavfsizlikda. Bu mening ishim haqida aytishim mumkin bo'lgan eng chiroyli gapdir,” - deydi Rehina Kastijio. “Xalqaro va milliy hamkorlar bilan birgalikda koʻplab natijalarga erishganimizning guvohi bo’ldim, biroq hali qiladigan ishlarimiz koʻp. Bu hududda biz hozir bo'lishimiz va eng zaif bolalar uchun ko'proq natijalarni taqdim etishimiz kerak.”

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirliklari, UNICEF va UNFPA hamkorligida ijtimoiy himoyaga eng muhtoj onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga perinatal yordam ko‘rsatish sifatini oshirish loyihasi amalga oshirildi. BMT shafeligida Orolboʼyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʼyicha koʼp tomonlama sheriklik trast jamg'armasining bunga yo’naltirilgan byudjeti 1,8 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ni tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida Orol dengizi jamg'armasi loyihasi orqali hayotiy zarur bo’lgan yordam safarbar etildi. O‘tgan bir necha yil davomida jamg‘arma Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, jumladan, tug‘ruqxonalarni hayotiy zarur jihozlar bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi.

Orolbo’yi trast jamgʻarmasining ushbu louihasiga Oʻzbekiston, Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, Germaniya va Al-Valid xayriya tashkilotlarining saʼy-harakatlari va moliyaviy hissalari tufayli amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hamjamiyatlarning sifatli perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshiladi. Loyiha doirasidagi tadbirlar o‘rta va birlamchi bosqichlarda perinatal xizmatlar sifatini oshirish va aholining perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan edi.

Loyiha amalga oshirilgan 21 oyi davomida ko‘p yutuqlarga erishildi. 12 mingdan ortiq onalar va ularning yangi tug‘ilgan chaqaloqlari maqsadli perinatal markazlarda sifatli tibbiy yordam oldilar. Bundan tashqari, zarur tibbiy asbob-uskunalar 100 foiz UNICEF va UNFPA tizimlari orqali xarid qilinib, yetkazib berildi. Tibbiyot xodimlarini sifatli perinatal xizmatlar ko'rsatish bo’yicha o’qitish belgilangan ko‘rsatkichlardan ortib, 153 foizga yetdi. Bemorlar ham xizmatlardan mamnun. Ularning tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi 80 foizni tashkil etdi.

Doktor Turdimuratova ushbu dastur bo‘yicha o’qitilgan shifokorlardan biridir. U o‘z bilimi va ko’nikmalari bilan qoraqalpog‘istonlik eng yosh fuqarolarning omon qolib, sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilayotganidan xursand.

“Ikki o‘g‘il va ikki qizning onasiman. Katta qizim bu yil maktabni tugatdi va kelgusida neonatolog bo‘lish uchun tibbiyot oliygohiga imtihon topshirdi. Qizim shu yo‘lni tanlaganidan manunman,” – deydi xursand bo‘lib Sarvinoz.