O‘zbekistonning emlash xizmatlarini davom ettirishini ta'minlash

Yangi xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emlash dasturini to‘xtatib turish evaziga COVID19 natijasidagi bitta o’limning oldini olish mumkin, biroq bu chora emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan 84 bola nobud bo’lishiga olib keladi.

UNICEF Uzbekistan
Медсестра держит младенца в руках
UNICEF Uzbekistan/2020
28 Sentabr 2020

Yangi xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emlas dasturini to‘xtatib turish evaziga COVID-19 natijasidagi bitta o’limning oldini olish mumkin, biroq bu chora emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan 84 bola nobud bo’lishiga olib keladi. Mamlakatda emlash dasturini uzluksiz amalga oshirish, tibbiyot xodimlari va aholining salomatligini saqlash maqsadida UNICEF O‘zbekiston hukumati hamda xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ish olib bormoqda. Shu maqsadda UNICEF birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berishga ko’mak bermoqda.

“Hammamiz shuni bilishimiz lozimki, emlashdagi uzilishlar ko‘plab xavfli va allaqachon unutilgan bolalar va kattalar kasalliklarining qaytishiga olib kelishi mumkin,”- deydi Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining Kengaytirilgan immunizasiya dasturi rahbari Nasiba Tairova. “Karantinga qaramay, muntazam emlash dasturini to‘xtata olmaymiz, uni to‘xtatish mumkin emas. Bu jarayonda tibbiyot xodimlari va ota-onalar xavfsizlik choralarini ko’rishlari hamda talab etiladigan qoidalarga rioya qilishlari zarur."

 

Медсестра делают прививку младенцу
UNICEF Uzbekistan/2020

Sog'liqni saqlash vazirligi pandemiya sharoitida mamlakat bo’ylab immunizatsiya xizmatlarini davom ettirish uchun kerakli choralarni ko’rmoqda.Toshkent shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining Kengaytirilgan immunizasiya dasturi rahbari Vazira Mutalova shaxsiy himoya vositalari bilan uzluksiz ravishda ta’minlashning ahamiyatini quyidagicha tushuntiradi: “Agar shaxsiy himoya vositalari bo’lmasa, emlash xizmati to‘xtab qolishi mumkin. Bu, shuningdek, patronaj tizimi, vaksinalarni yetkazib berish hamda qo‘llab-quvvatlovchi kuratorlik va monitoring ishlariga ham ta'sir qilishi mumkin.”

Pandemiya bilan bog’liq cheklashlarga qaramasdan, Sog’liqni Saqlash vazirligi mamlakatda immunizatsiya xizmatlarini davom ettirish choralarini ko’rdi. Toshkent shahridagi poliklinikalarda karantin sharoitida bolalar haftada uch martagacha emlanmoqda. Viloyatlarda emlash ishlari ikki haftada bir marta olib borilmoqda. Respublikadagi barcha vaksinatsiya punktlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus choralariga amal qilinmoqda. Soatlar bo’yicha belgilangan emlash jadvali, tashrif buyuruvchilar sonining cheklanganligi, ijtimoiy masofani saqlashga rioya qilish hamda poliklinikaga kirishda tana haroratini o’lchash shular jumlasiga kiradi. Hamshiralar va shifokor maxsus himoya kiyimi, niqob va qo‘lqop kiyib, qo‘llariga dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov beradilar.

Медсестры набирают вакцину в шприц
UNICEF Uzbekistan/2020

Immunizasiya jadvaliniga rioya qilishda uzilishlar bo’lmasligi uchun Vaksinalar va immunizasiya bo‘yicha global alyans (GAVI) ko‘magida UNICEF mamlakatning barcha viloyatlari uchun shaxsiy himoya vositalarini xarid qilib, yetkazib berdi.  Umimiy miqdorda 820 ming quti bir martalik niqob, 25 ming quti tibbiy qo‘lqop, 8000 xalat va bosh kiyimi, 4000 litr qo‘lni dezinfeksiyalovchi vosita va 130 kg dezinfeksiyalovchi kukun tibbiyot muassasalariga taqdim etildi. Natijada 4000 dan ortiq tibbiyot xodimlari, shu jumladan birlamchi tibbiyot muassasalarining 3000 ta vaktsinatorlari o‘zlari va emlatishga kelganlarning xavfsizligini ta'minlash uchun kerakli vositalar bilan ta'minlandi.

“Hammamiz shuni bilishimiz lozimki, emlashdagi uzilishlar ko‘plab xavfli va allaqachon unutilgan bolalar va kattalar kasalliklarining qaytishiga olib kelishi mumkin”.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, UNICEF, JSST va GAVIning birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli O’zbekistonda xavfsiz emlashni ta'minlaydigan sovuqlik zanjiri uskunalarini optimallashtirish platformalari ‘zbekistonda barpo etildi.

ЮНИСЕФ передают средства для вакцинации правительству
UNICEF Uzbekistan/2020

“UNICEF vaksinalar uchun sovuq zanjir omborxonalarini qurishda, sovutish uskunalarini sotib olishda ko‘maklashdi va bu sohadagi mutaxassislarni o’qitishda ko’maklashdi. Bu immunizasiya xizmatlarini sezilarli darajada takomillashtirishga yordam berdi,” - deydi Nasiba Tairova. “Sovuqlik zanjiri va yangi qurilgan omborxonalar tufayli biz sifatli emlash xizmatlarini ko’rsata olamiz.”

COVID-19 tarqalishini to‘xtatish maqsadida emlashni to‘xtatishdan ko‘ra muntazam immunizasiyani davom ettirishning sog‘liq uchun foydasi ko‘proq. UNICEF mamlakatdagi bolalarni emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan va COVID-19 infeksiyasidan himoya qilish bo‘yicha hukumat va sog‘liqni saqlash xizmatlarining mashaqqatli ishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.