Oila - bola sog'lom shaxs bo’lishining garovi!

Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat o'rtasidagi ijtimoiy hamkorlik oilalarga yordam ko'rsatishning innovatsion usuli sifatida

UNICEF Uzbekistan
Участники тренинга за групповой активностью
UNICEF Uzbekistan/2020
28 Oktabr 2020

2020 yil 15-18 sentabr kunlari Termiz shahrida tashkil etilgan treningda "Barqaror hayot" nodavlat notijorat tashkiloti ijtimoiy xodimlari, 7 ta pilot tumanlardan O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari mutaxassislari, shuningdek sog'liqni saqlash va ta'lim sohasi vakillari qatnashdilar. "Barqaror hayot" nodavlat notijorat tashkiloti uchun trening Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'sirida bo'lgan bolalarni himoya qilish" loyihasi doirasida tashkil etildi.

Mutaxassislar ijtimoiy ish asoslari, keys manejmentning amaliy qo'llanilishi, ayollar va bolalar bilan ijtimoiy ish jarayonida idoralararo o'zaro aloqalarni kuchaytirish bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini oshirdilar. Trening ishtirokchilari guruhlarda ishladilar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ijtimoiy muammolarini faol muhokama qildilar.

“Biz ko'p bolali ona bilan ishladik, uning eri mehnat migratsiyasida va oilaga moddiy yordam bermaydi. Oila pulga juda muhtoj edi va biz uning ikki o'spirin o'g'liga kafega ishga joylashishga yordam berdik. Shunungdek, ular ishni o'qish bilan barobariga amalga oshirishlariga ko’mak berdik. Endi biz ularning onaga ish topishda yordam beryapmiz,” - dedi “Barqaror hayot” nodavlat notijorat tashkiloti ijtimoiy xodimi Nurmuhammad Qurbonov.

Ijtimoiy ishning maqsadi oilalarni nafaqat qo'llab-quvvatlash, balki mustaqil ravishda pul ishlab topish imkoniyatini beradigan kuchli tomonlari va qiziqishlariga asoslangan holda mehnat va kasbiy ko'nikmalarga o'rgatishdir.

Treningda qatnashgan mutaxassislar ijtimoiy o'zgarishlarga qo'shgan hissalari va oilalar bilan muloqot qilishda ahloqiy me’yorlar va maxfiylikni saqlash zarurligini muhokama qildilar. Ular ijtimoiy ish usullari, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va mahalliy jamoalarda ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash yo'llarini tahlil qilb, migrantlarning oilalaridagi ijtimoiy inqiroz masalasiga alohida e'tibor berdilar.

“Ko'pgina bolalar chet elda bo'lgan onalari bilan muloqot qilishmaydi, chunki Internetga ulanish uchun pullari yo'q. Biz ushbu oilalarga muntazam ravishda tashrif buyurishni va IMO ilovasi orqali o'z ota-onalari bilan bog'lanishni taklif qildik,” - dedi Farrux Choriyev, “Barqaror hayot” NNT direktori o'rinbosari.

Ijtimoiy xodimlar, shuningdek, muammoni bolalar va ayollarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan ijtimoiy ish prizmasi orqali ko'rish va oilaviy muammolarning omili sifatida ijtimoiy muammoni tushunish muhimligini ta'kidladilar.

«Shuni anglash kerakki, mehnat migratsiyasi daromadni ko'paytirsa-da, oila farovonligiga putur etkazadi. Kelajakda bundan bolalar ham, ota-onalar ham aziyat chekishadi,” - deydi Dilnoza Xusanova, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining ijtimoiy ish bo'limi rahbari.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, mehnat migratsiyasi ko'pincha oilaviy aloqalarning uzilishiga sabab bo'ladi. Bolalar umidsiz, nazoratsiz, qo'llab-quvvatlashsiz, mehr-e'tiborsiz, ota-ona qaramog'isiz qoladilar va shaxsiy muammolari bilan ulg’ayadilar.

"Ko'chada adashib yurgan va ota-onasidan qochib ketayotgan bola oilaviy muammolar haqida signal beradi, chunki bola hissiy ko'mak va mehr ko'rmaydi," - deya ta'kidlaydi Dilnoza Xusanova.

Участница тренинга делает презентацию перед группой
UNICEF Uzbekistan/2020

Afsuski, ayrim muammolarni homiylarning ishtirokisiz hal qilib bo'lmaydi. Oilalarga yordam berish jarayonida eng qiyin omil moddiy yordamdir.

«Biz oilaga yordam berish maqsadida yo'qolgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani qayta tiklash uchun barcha zarur ishlarni qildik va faqat xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish qolgan edi. Afsuski, qo'llab-quvvatlash xizmatlarining nizomida, milliy qonunlarda ular bunday vaziyatlarda moddiy yordam ko'rsatishga majbur ekanligi ko'rsatilmagan,» - dedi Oliya Ilmurodova, «Barqaror hayot» NNT direktori.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining viloyat bo'limi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan loyiha doirasida "Barqaror Hayot" nodavlat notijorat tashkilotining asosiy hamkori hisoblanadi. Ushbu boshqarmaning shahar va tuman bo'limlari migratsiyadan zarar ko'rgan oilalarni aniqlaydilar va keyingi choralarni ko'rish uchun "Barqaror Hayot" nodavlat tashkilotiga xabar beradilar. "Barqaror hayot" migratsiyadan zarar ko'rgan oilalar muammolari bilan shug'ullanadi, oilalarga huquqiy maslahat va ko'makni professional darajada beradi, oilalar va davlat tashkilotlari o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydi.

"Barqaror Hayot" nodavlat notijorat tashkiloti migratsiya ta'sirida bo'lgan oilalar va bolalarga yordam berishda o'zini muhim va asosiy hamkor sifatida ko'rsatdi. Biz mahalla qo'mitalarida oilalar bilan ishlaydigan barcha mutaxassislar ijtimoiy ish asoslarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishlarini istardik,” - deydi Sho’rchi tumani mahalla va oilalarni qo'llab-quvvatlash bo'limi bilan ishlash bo'yicha mutaxassis Sayyodxon Shoymuratova.

NNTlarning davlat tashkilotlari bilan hamkorligi muhim rol o'ynaydi, chunki oilalardagi uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy qo'llab-quvvatlash, shaxsiy hujjatlarni tiklash yoki olish bilan bog'liq muammolarning aksariyati davlat organlari tomonidan hal qilinadi.

Oilalarga samarali yordam ko'rsatish uchun davlat tashkilotlari xodimlariga ijtimoiy ish bo'yicha bilimlar va ko'nikmalar, ishlarni boshqarish, oilalarni dastlabki va har tomonlama baholash va xatarlar darajasini, shuningdek xizmat ko'rsatish rejasini tuzish kerak. Termizda o'tkazilgan trening davlat tuzilmalari mutaxassislarining oilalar bilan ishlashini yaxshilaydi.