Kelajakdagi ta'limni shakllantirishda O'zbekiston Respublikasini qo'llab-quvvatlash

2024-yilda O'zbekiston Respublikasi UNICEF global innovatsiyalar markazi tomonidan moliyalashtiriladigan UNICEFning “Learning Pioneers” (ta'lim pionerlari) dasturida ishtirok etadigan 6 ta chempion davlatlardan biri sifatida tanlandi

UNICEF
UNICEF
UNICEF
22 Aprel 2024

2024-yilda O'zbekiston Respublikasi UNICEF global innovatsiyalar markazi tomonidan moliyalashtiriladigan UNICEFning “Learning Pioneers” (ta'lim pionerlari) dasturida ishtirok etadigan 6 ta chempion davlatlardan biri sifatida tanlandi.

“Learning Pioneers” - bu ta'lim tizimini o'zgartirishga yordam beradigan innovatsion yondashuvlar va jahon darajasidagi raqamli ta'lim texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan ikki yillik dastur. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi UNIСEF va Finlyandiyaning Xelsinki shahrida joylashgan global ta'lim innovatsiyalari markazi bilan birgalikda ta'lim sohasida yuqori ta'sir ko'rsatadigan raqamli yechimlarni aniqlash, moslashtirish va sinovdan o'tkazish ustida ish olib boradi. Bu yanada yaxshi ta'lim natijalariga erishish va o'quvchilarni rivojlantirish uchun mamlakatda kengaytirilishi mumkin.

Hukumat tomonidan ta’limni raqamlashtirish va raqamli ta’lim sohasida UNICEF ko‘magida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni ko‘rib chiqish asosida O‘zbekiston chempion davlat sifatida tanlandi. UNICEF-Giga tashabbusi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi deyarli barcha maktablarni kamida 10 Mbit/s tezlikdagi Internet bilan ta’minladi. Shuningdek, UNICEF real vaqt rejimida har bir maktabdagi Internet tezligini aks ettiruvchi maktablarning joylashuvi xaritasini tuzishda yordam berdi. Mazkur xarita har bir maktabning Internetga ulanishlarining holati va sifatini kuzatish imkonini beradi. Bu ma'lumotlar xizmatlarni taqdim etishning shaffofligi va javobgarligini ta'minlashga, shuningdek, davlat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga yordam beradi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida maktablar kompyuter laboratoriyalari va raqamli qurilmalar bilan jihozlandi.

Internet va zamonaviy kompyuterlarning mavjudligining o’zi o’quvchilarning bilim olish natijalarini yaxshilash uchun yetarli emas. Kompyuterlar dars jarayonida foydali bo‘lishi uchun turli fanlar bo‘yicha yuqori sifatli raqamli yechimlar o‘qituvchilarning o‘quv jarayonidagi imkoniyatlarini kengaytirib, samaradorligini oshirish zarur. 2023-yilda UNICEF Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga “Eduten” raqamli matematikani oʻrganish platformasini mahalliylashtirish boʻyicha pilot loyihani boshlashda koʻmak berdi. "Eduten" Finlyandiyaning eng yirik tadqiqot tashabbusi bo'lib, Finlyandiyaning ta'lim sohasidagi yutuqlarini o'yin bilan birga olib boriladigan ta'lim va sun'iy intellekt bilan birlashtiradi. Hozirda O‘zbekiston Eduten’dan foydalanadigan 50 ta davlat qatoriga kiradi. Dunyo miqyosida ushbu platformadan 1,3 million dan ortiq o‘qituvchi va o’quvchilar foydalanadi.

“Learning Pioneers” dasturi orqali maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bolalarning natijalari va rivojlanishini yaxshilash uchun yangi raqamli o'quv platformalarini ishlab chiqish va tezlashtirishga hissa qo'shishi kutilmoqda. Ushbu innovatsion o‘quv platformalari nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng tatbiq etilishi mumkin.