O‘zbekistonda aholiga to’siqlarsiz ijtimoiy himoyani etkazish maqsadida raqamli texnologiyalarni qo’llash orqali ijtimoiy himoya tiziminni yanada takomillashtirilmoqda

10 Mart 2022
После подписания документа
Ministry of Finance Press Service

TOSHKENT, 10-mart, 2022 yil. – Bugun UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga Ijtimoiy himoya yagona reyestri (IHYR) topshirdi. Buning natijasida Moliya vazirligi tizimdan foydalanaish, uni ta’minlash va ta’mirlash ishlarini oilb borishga yagona ma’sul muassasa deb belgilandi. 

Ijtimoiy himoyaning information boshqaruv tizimi bo’lmish Yagona reestr  aholiga ijtimoiy himoyani taqdim etishdagi mavjud bo’lgan to‘siqlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jahon banki va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ishlab chiqildi. Bugungi kunga kelib IHYR Moliya vazirligi huzuridagi AKT markazi tomonidan to’liq mustaqil ravishda foydalanishi uchun tayyor holatga keltirilgan.

Tizim ijtimoiy himoya dasturlarini samarali boshqarishga qaratilgan bo’lib, ariza berish, uni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazishdan tortib to ijtimoiy nafaqalar toʻlovlarini amalga oshirish va ularni monitoring etishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan. Shuningdek, tizim ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umimiy tasnifi va milliy ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.

“Kambag’allikni kamaytirish va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida kam ta’minlangan oilalarni aniqlashning yagona mezoni joriy etilib, eng kam iste’mol xarajatlari qiymatini aniqlash metodologiyasi tasdiqlandi. Ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun kam ta’minlangan oilalar darajasini aniqlash mezonlari soddalashtirildi. Buning natijasida “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari Jamshid Abruyev. “Hozirda Moliya vazirligi AKT markazi xodimlari texnik yordam koʻrsatishga va tizimni toʻliq boshqarishga tayyordirlar», deya ta’kidladi u. 

UNICEF IHYRni rivojlantirishning navbatdagi bosqichini amalga oshirishda ham o’z yordamini berishga tayyor. Bular jumlasiga ijtimoiy xizmatlarni etkazishdagi boshqaruv jarayonlarni raqamlashtirish modulini ishlab chiqish, Temir, Ayollar va Yoshlar daftarlarini integratsiya etish, shuningdek, tabiiy ofat, ijtimoiy-iqtisodiy shok yoki boshqa sabablarga ko’ra favqulodda holat yuz berganida etkaziladigan ijtimoiy himoya maxsus dasturlarini joriy etishni kiritish mumkin.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishning umumiy strategiyasining bir qismi sifatida raqamli texnologik platformaning asosi hisoblanadi. IHYR barcha ijtimoiy himoya dasturlarini amalga oshirishning markaziy mexanizmi bo'lib rivojlanishi kutilmoqda. Ushbu tizim moliyaviy yordamni davlatijtimoiy xizmatlari, bandlik xizmatlari, nogironlik nafaqalari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar bilan samarali bog'lash orqali ijtimoiy himoyani inklyuziv va har tomonlama ta'minlash uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi», dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Joffri Ijumba.

So'nggi uch yil ichida IHYR 1 million 600 mingdan ortiq bolali oilalarga, xususan, pandemiya davrida kam ta’minlanganlik tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun ijtimoiy nafaqalar berish imkonini yaratdi. 2021yil sentabr oyidan boshlab qayta ko‘rib chiqilgan bolalar nafaqalari Yagona reestr orqali boshqarila boshlandi. 

Tizim vazirlik va idoralarga real vaqt rejimida 50 turdagi maʼlumotlar almashuvini amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bolalar va ularning oilalari, nogironligi boʻlgan shaxslarni, ijtimoiy yordam yoki bandlikni ta'minlash xizmatlariga muhtoj bo'lgan shaxslarni yanada keng qamrovli, samarali va faol tarzda qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling:

Umid Aliyev

ijtimoiy siyosit masalalari bo'yicha maslahatchi

Telefon: +99871 233 95 12; +99893 387-3909

El. pochta: ualiev@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha maslahatchi

Telefon: +99871 233 95 12; +99893 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.