Hamjamiyat asosidagi ijtimoiy xizmatlar O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yordam beradi

Hukumat va UNICEF aholining zaif guruhlari holatini yaxshilash bo‘yicha loyihani boshlamoqda

14 Iyun 2021
Hamjamiyat asosidagi ijtimoiy xizmatlar O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yordam beradi
UNICEF Uzbekistan 14 June

ТОSHKENT, 14 iyun 2021 yil - O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va UNICEF bugun birgalikda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha loyihani boshladi.

Loyiha dastlab oilaning ajralishi, kambag‘allik, zo‘ravonlik va chetlatib qo‘yishning oldini olish uchun hamjamiyatlarga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rejalashtirish, amalga oshirish, yetkazib berish va monitoring qilish bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajribani qo‘llagan holda Toshkent shahrining Olmazor tumanida va Toshkent viloyatining Angren shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

Ishlarni boshqarish (keys menejment)ga asoslangan yaxlit ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni maqsad qilgan ushbu loyiha doirasida hamjamiyat ijtimoiy xodimlari hozirgi kunda ko‘plab vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini muvofiqlashtiradigan bog‘lovchi vosita bo‘ladi.

Loyiha ehtiyojlarni hisobga oladigan va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining odamlar ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishini ta'minlaydigan tizim ishini ta'minlaydi. Sinov loyihasining natijalari ijtimoiy himoya sohasini isloh qilish dasturining asosi bo‘lib, xususan, himoyani kompleks ta'minlash uchun institusional bazani ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi.

"Kuchli ijtimoiy himoya tizimi, kamsitishga qarshi, inson huquqlariga asoslangan va inklyuziv yondashuv asosida ishlaydigan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar bilan birgalikda, O‘zbekistondagi eng zaif odamlar, guruhlar va oilalar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi,"- dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining urinbosari Joffrey Ijumba.

Keys menejment oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun ehtiyojlarning yaxlit ko‘rinishini va boshqa xizmatlar bilan bog‘lanishni ta'minlaydi. Ko‘pincha, bolalar va oilalar duch keladigan turli xil muammolarni hal qilish uchun davlat ijtimoiy yordam, nogironligi bo‘lgan insonlarga yordam, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o‘quv anjomlari bilan qo‘llab-quvvatlash, jamoat ishlarini o‘tkazish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Biroq O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi turli idoralar orasida tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar oilaning ehtiyojlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi va qiyinchiliklarni yengish uchun nima zarurligini bilishining imkoniyati bo‘lmaydi.

Sinov tariqasidagi loyiha tuman va hamjamiyat darajalaridagi xizmat ko‘rsatuvchilarga kundalik ishlarida ijtimoiy ish ko‘nikmalari va kasbiy odob-axloq qoidalarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Shuningdek, u barcha uchun ijtimoiy himoya dasturlarini yanada yaxshiroq rejalashtirish va amalga oshirish uchun axborot boshqaruvi integrallashgan tizimini va yo‘naltiruvchi mexanizmlarni yaratadi.

"Loyihaning muhim jihatlaridan biri aholi muammolari yechimiga mas'ul vazirlik va idoralarni jalb qilish, har bir muammoni o‘z egasiga yo‘naltirishdir. Ishni bu tarzda olib borish mahallalarda fuqarolar muammolari tezkorlik bilan manzilli bartaraf etilishiga, aholini ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga olib keladi", - dedi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirinin birinchi urinbosari Gulnora Mahmudova. "Biz xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor ekanligimizni bildiramiz,"- deya qo‘shimcha qildi u.

Sinov loyiha doirasidagi faoliyat inklyuziv, ehtiyojlarga asoslangan va individual xizmatlardan foydalanishlari uchun aholining eng kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamlari, nogironligi bo‘lgan insonlar, bolali oilalar va ayollar singari eng zaif qatlamlarini qamrab oladi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani takomillashtirish bo‘yicha BMTning Qo‘shma dasturi doirasida amalga oshiriliyapti.

Hukumat va UNICEF aholining zaif guruhlari holatini yaxshilash bo‘yicha  loyihani boshlamoqda
UNICEF Uzbekistan 14 June

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

 

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

 

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

 

UNICEF faoliyati bilan Twitter | Facebook | Instagram ижтимоий ijtimoiy tarmoqlarida tanishib boring.

 

Batafsil ma’lumot olish uchum murojaat qiling: 

 

A’zam Toshpulatov

Ijtimoiy himoya dasturi bo’yicha menejer

Теlefon: 93 399 08 05

El. pochta: atoshpulatov@unicef.org

 

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi

Теlefon: +998 93 3803419

El.pochta: negamberdieva@unicef.org