UNICEF va Moliya vazirligi tomonidan bolalar manfaatlarini hisobga olgan holda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha treninglar oʻtkazilmoqda

26 May 2022

Toshkent, 2022-yil 26-may – UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻzaro hamkorlikda ijtimoiy sohalarda bolalarga qaratilgan davlat xarajatlarini takommilashtirish mavzusiga bagʻishlangan o‘quv dasturini amalga oshirishni boshlashdi.

Moliya vazirligi va taʼlim, ijtimoiy himoya hamda sogʻliqni saqlash kabi ijtimoiy soha vazirliklari xodimlari uchun ixtisoslashtirilgan, 9 kunlik oʻquv dasturini Budjet va soliq tadqiqotlar instituti direktori Jahongir Negmatov va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbar o‘rinbosari Janar Sagimbayeva xonim ochib berdilar.

Ushbu dastur O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yuqori darajadagi va barqaror rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish imkoniyatini beruvchi va o‘ziga xos demografik o‘tish chorrahasida turganini ko‘rsatuvchi so‘nggi tadqiqotlar zamirida o‘tkazilmoqda. “Biz UNICEFda mamlakatning kelajakdagi inson kapitali boʻlmish bolalar va yoshlarga sarmoya kiritish muhimligiga ishonamiz, – dedi Janar Sagimbayeva, – Buning uchun ijtimoiy sohalarga, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan davlat mablag‘larini ko‘paytirish va samarali sarflash zarur.”

Ta’kidlash joizki, mazkur trening O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilish jarayoni zamirida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bilim va koʻnikmalar majmuasiga ega boʻlgan inson resurslari talab etiladi. Moliya vazirligi nomidan hamkorlik boʻyicha tayinlangan muvofiqlashtiruvchi sifatida Jahongir Negmatov taʼkidlaganidek:“O‘zbekistonning yillik davlat budjetining salmoqlik qismini (qariyb yarmini) ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan mablag’lar tashkil etadi. Shuninig uchun, trening Strategiyada belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish uchun ijtimoiy sohalarga (xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya) budjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi, shaffofligi va adolatliligini ta’minlashda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.”

O‘quv dasturi budjetlashtirish va davlat moliyasini boshqarish tizimlari tamoyillarini har tomonlama qamrab oladi. Dastur ikkita moduldan iborat boʻlib, u maqsadlarni belgilash va ularni budjet bilan bogʻlash, dasturlarni budjetlashtirish, bolalar uchun budjetlashtirishning tahliliy usullari, tarmoqni rivojlantirish strategiyalarining turli xil variantlari xarajatlari va foydalarini baholash, tahlillash va taqqoslash, samaradorlikni oʻlchash kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Treningda ma’ruzalar, bahs-munozaralar, yakka va guruhga boʻlingan tartibda vazifalarni amalga oshirish kabilar mujassamlashtirilib, amaliy ishlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun keng imkoniyat yaratiladi.

Treningni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng, dastur ishtirokchilari dasturiy budjetlashtirish – sogʻliqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalarida davlat xarajatlarini rejalashtirish, ijro etish va nazorat qilish, bolalar uchun qulay muhit yaratishda zarur boʻlgan natijalarni yaxshilashga qaratilgan bilimlarini chuqurlashtiradilar.

Treningdan soʻng, turli tahliliy vositalardan foydalangan holda, shu jumladan, iqtisodiy tahlilni qoʻllagan holda ushbu xarajatlarning yetarliligi, samaradorligi va adolatliligini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqarish uchun UNICEF trening ishtirokchilarga bolalarga yoʻnaltirilgan ijtimoiy sohalarga davlat xarajatlarining budjet tahlilini oʻtkazish boʻyicha murabbiylik(mentorlik) ishlarini olib boradi. Bundan tashqari, UNICEF va Moliya vazirligi yillik budjet so‘rovlarini shakllantirishda, iqtisodiy tahlil o‘tkazish uchun tarmoq vazirliklari tomonidan qo‘llaniladigan instrumentlar/shablonlar/mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradilar.

Batafsil ma’lumot olish uchun kontakt:

Saidbek Joʻrabekov

Ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchi (Bolalar uchun davlat moliyasi)

Telefon: +99893 550 97 71

Elektron pochta: sdjurabekov@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Saidbek Joʻrabekov
Ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchi (Bolalar uchun davlat moliyasi)
UNICEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi
Telefon: +99893 550 97 71
Elektron pochta: sdjurabekov@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.