UNICEF O'zbekistonda Ijtimoiy himoya bo'yicha yagona reyestrni takomillashtirishga o'z hissasini qo'shmoqda

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi barcha mintaqalarda ijtimoiy nafaqalar va yordamni taqsimlash jarayonini raqamli tartibga solish uchun jihozlar oldi

01 Fevral 2021
Представитель ЮНИСЕФ на церемонии передачи с представителем МинФина
The Ministry of Finance Press Service

TOSHKENT, 2021 yil 29-yanvar - UNICEF O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga qiymati 1,27 milliard so'm bo'lgan 300 ta ofis jihozlarini topshirdi. Ushbu jihozlar raqamli tizim orqali ijtimoiy nafaqalar va yordamni taqsimlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradigan axborot tizimi - Ijtimoiy himoya  yagona reyestri (Yagona reyestr) ishini takomillashtirish uchun ishlatiladi.  

99 ta shaxsiy kompyuter va 121 ta printer O'zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman va shahar filiallari o'rtasida tarqatiladi va shu tariqa tizimga teng kirish, shuningdek mamlakat bo'ylab arizalarni muammosiz qayta ishlashni qo'llab-quvvatlaydi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari Ahadbek Xaydarov UNICEF bilan hamkorlik O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini riviojlantirish va takomillashtirish jarayonida muhim nuqtalardan biri ekanini ta’kidladi. Ushbu dasturning maqsadi – milliy rivojlanish strategiyasini, shu jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishning umumiy tizimini mustahkamlashga ko’maklashish, shuningdek davlat va xususiy moliyalashtirishning yangi shakllarini joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shu bilan birga samaradorligini oshirishdir, mavjud moliyaviy resurslardan foydalanish.

O'zbekiston hukumati UNICEF bilan birgalikda ijtimoiy himoya qilish dasturlarining keng doirasini boshqarish bo'yicha yagona reyestr ma'lumotlar tizimini, shu jumladan, COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun javob beradigan ijtimoiy yordam dasturlarini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Bu dastur aholiga pandemiya sababli yuzaga kelgan muammolarni yengishga yordam beradi va oilalar, hamda shaxslarning qashshoqlikka tushib qolishining oldini oladi.  

“Biz ushbu uskunani Moliya vazirligiga topshirishdam mamnunmiz va muhtoj oilalarga va bolalarga naqd pul yordamini adolatli taqsimlashni samarali boshqarishga olib keladigan Yagona reestrning faoliyatini kengaytirishga yordam beramiz.” “Darhaqiqat, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz, shu jumladan Yagona reestrni doimiy  qullab quvvatlashimiz milliy ijtimoiy himoya tizimining hisobdorligi va shaffofligini oshirishga, qamrov va samaradorlikni oshirishga olib keladi deb o’ylaymiz.” – dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakili Munir Mamedzoda.

Ijtimoiy himoya yagona reyestri dastlab 2019 yilda Sirdaryo viloyatida sinovdan o'tkazildi. Keyinchalik 2020 yilning oxiriga qadar mamlakatning barcha hududlariga kengaytirildi. Hozirgi kunda yagona reyestr kam ta'minlangan, ko’p bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalarni tarqatilishini qamrab olgan.

2021 yilda tizimda moddiy yordam va ijtimoiy xizmatlar bo'yicha qo'shimcha dasturlar, masalan, qishki kiyimlarning bepul to'plamlari, o'quv materiallari va maktab o'quvchilari uchun darsdan tashqari mashg'ulotlar, bolalar uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida imtiyozli joylar, sog’liqni saqlash tizimida imtiyozlar, O'zbekistondagi zaif oilalar va ularning farzandlari uchun uy sotib olish uchun subsidiyalar mavjud bo'lishi kutilmoqda.

Batafsil ma'lumot olish uchun murojaat qiling:

Dariya Nabisheva, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi

Telefon: +998935005015

Elektrom pochta:  dnabisheva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Dariya Nabisheva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Telefon: +998935005015
Elektron pochta: dnabisheva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.