Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 ta maktabni suv, sanitariya va gigiyena baholashi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 ta maktabni suv, sanitariya va gigiyena 3 yulduzli yondashuv metodikasi asosida baholash

UNICEF
UNICEF

Asosiy

Xavfsiz ichimlik suvi, yetarli darajadagi sanitariya sharoitlari, yaroqli qo‘l yuvish vositalari va hayz gigiyenasini to‘g‘ri ta’minlash maktablarda salomatlik, qadr-qimmat va ta’lim natijalarini himoya qilishda asosiy omillardir. Lekin O‘zbekistonning ko‘plab qishloq hududlarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena (SSG) infratuzilmasi, xizmatlarning ishonchliligi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish tizimlaridagi kamchiliklar o‘quvchilarning davomati, farovonligi va umumiy o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Ushbu nomutanosibliklarni bartaraf etish O‘zbekistonning inson kapitalini rivojlantirish, xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatlarini yaratish va iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik bo‘yicha «Ishonch–2030» jamg‘armasi maqsadlariga erishishda markaziy o‘rin tutadi. 

Bunga javoban, «Ishonch–2030» jamg‘armasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (MMTV) orqali BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda UNICEF bilan hamkorlikda qiymati 20 million AQSH dollariga teng bo‘lgan “Maktablarda iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik va SSGni modellashtirish” dasturini ishga tushirdi. Dastur Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka hududlaridagi 47–50 ta maktabga ustuvorlik bergan holda, qishloq maktablarini iqlim o‘zgarishlariga chidamli SSG tizimlari bilan ta’mirlash, energiya ta’minotini modernizatsiya qilish va boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan. 

Kiritilayotgan sarmoyalarning dalillarga asoslangan holda eng muhim kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida 2026-yilning fevral-mart oylarida loyihaning Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan tanlab olingan 100 ta maktabda dastlabki baholash o‘tkazildi. Baholashda “WinS 3-Star” (Maktablarda suv, sanitariya va gigiyena bo‘yicha 3 yulduzli) vositasidan foydalanib, SSG (suv, sanitariya va gigiyena) xizmatlarining — jumladan, suv ta’minoti, sanitariya, gigiyena, chiqindilarni boshqarish, iqlim o‘zgarishlariga chidamlilik, inklyuzivlik va byudjetlashtirishning — mavjudligi, ishlashi, sifati hamda boshqaruvi tizimli ravishda tahlil qilindi. Bu esa samaradorlikni o‘lchash va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash uchun yulduzli reytinglarni ishlab chiqish imkonini berdi

Muallif
UNICEF
Nashr sanasi
Tillar
Ingliz, O'zbek