Patronaj xizmatining yangi modeli onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi

Universal progressiv model bolalarning o'sishi va rivojlanishini optimallashtirishga, homiladorlik va tug'ruqdan keyingi davrda ayollarga g'amxo'rlik qilishni yaxshilashga qaratilgan.

UNICEF Uzbekistan
Патронажная сестра во время визита домой.
UNICEF Uzbekistan/2020
01 Mart 2021

Homilador ayollar va 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan tibbiy yordamning sifati va ko'lamini yaxshilash maqsadida Sog'liqni saqlash vazirligi va UNICEF birgalikda uylarga tashrif buyurishning universal progressiv modelini ishlab chiqdilar. Ushbu yangi yondashuv bolalarning o'sishi va rivojlanishini optimallashtirishga, homiladorlik va tug'ruqdan keyingi davrda ayollarga g'amxo'rlik qilishni yaxshilashga qaratilgan.

Patronaj xizmatining yangi universal progressiv modeli haqida bilim olish uchun sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari Toshkentda bo'lib o'tgan milliy darajadagi yig'ilishida qatnashdilar. Vazirlikning hududlardagi sog'liqni saqlash boshqarmalarining rahbarlari, barcha viloyatlarning bosh hamshiralari, shuningdek, ilmiy doiralar vakillari onalar va bolalarda xavf omillarini aniqlash bo'yicha amaliy tavsiyalar bo'yicha ko'rsatmalar bilan tanishib, maslahat olishdi, boshlang'ich tizimda patronaj xizmatining yangi modelini qanday tatbiq etishni o'rganishdi.

"Patronaj xizmatining yangi modeli nafaqat kasallik va tibbiy muammolarni aniqlashga, balki tibbiy-ijtimoiy, ma'rifiy va boshqa sog'liqni saqlash tadbirlari to'plamini sifatli amalga oshirishga ham e'tiborni qaratadi"

Rixsi Salixodjaeva, hamshiralik ishi bo'yicha bosh mutaxassis

Ishtirokchilar homilador va tug'ruqdan keyingi davrda ayollar va besh yoshgacha bo'lgan bolalar uchun patronaj xizmatining universal progressiv modelini joriy etish va tadbiq qilish bo'yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar. Ular bir qator takliflarni kiritib, jumladan patronaj faoliyatini tartibga soluvchi barcha huquqiy hujjatlarni va patronaj hamshiraning ishini baholashni reyting tizimini qayta ko'rib chiqishni tavsiya qildilar.

Sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari shifokorlar va sog'liqni saqlash tizimlari rahbarlarining salohiyatini oshirish uchun o'quv modullarini ishlab chiqish muhimligini ta'kidladilar va qaror qabul qiluvchilarni patronaj xizmatiga yangi yondashuvlar bilan tanishtirish uchun barcha hududlarda uchrashuvlar o'tkazishni taklif qildilar.

Sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislarining yangi avlodi o'zlarining kelgusi ishlarida patronaj xizmatining universal progressiv modelini amalga oshirishlari uchun tibbiyot universitetlari va kollejlari talabalarini bo mavzuda o'qitish ham juda muhim. Shuning uchun yig'ilish qatnashchilari tibbiyot xodimlarining diplom oldi ta'lim dasturlariga va o’quv muassasasini bitirgandan keyingi ta'lim dasturlariga universal progressiv patronaj xizmati modeli to'g'risidagi ma'lumotlar kiritilishini ta'minlashga kelishib oldilar.