Orolbo‘yi mintaqasida ona va bola salomatligini yaxshilash: chaqaloq Gulnora haqida hikoya
Gulnora atigi 30 haftalik homiladorlikdan keyin dunyoga keldi. Uning vazni atigi 1000 gramm edi.

Gulnora atigi 30 haftalik homiladorlikdan keyin dunyoga keldi. Uning vazni atigi 1000 gramm edi. Nukus shahar perinatal markazi neonatal reanimatsiya bo‘limida ikki oy inkubatorda yotib, vazni 2,450 kilogrammga yetdi.
Gulnoraning onasi o’tmishda homila tushishini boshdan kechirgan. U ko'plab sog'liq muammolaridan aziyat chekdi, bu ham chaqaloqning erta tug'ilishiga sabab bo’ldi. Gulnoraning tug'ilishiga yordam berish uchun shoshilinch kesarcha kesish jarrohlik usulini o'tkazgan bo'lim mudiri, doktor Qahramon Kabulovning tushuntirishicha, Gulnoraning bundan bir necha yil oldin tirik qolish imkoniyati juda past bo'lgan bo’lar edi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va UNICEF tomonidan tavsiya etilgan tug'ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo'yicha yangi zamonaviy, dalillarga asoslangan ilg'or reanimatsiya protokollari, eng so'nggi jihozlar va takomillashtirilgan infratuzilma tufayli tug'ruqxona xodimlari endi Gulnora va unga o’hshash erta tug'ilgan boshqa chaqaloqlarni ham saqlab qolishlari mumkin.
“Biz har kuni chaqaloqlarning, hatto vazni 1000 gramm bo‘lgan chaqaloqlarning ham omon qolishiga yordam berish uchun kurashamiz. Avvallari vazni 1,1 kilogrammdan kam bo‘lgan chaqaloqlar omon qolish uchun minimal imkoniyatga ega edi. Biz ularni omon qolish uchun imkoniyati deyarli yo’q deb o'ylardik. Bizda zarur jihozlar, ko'nikmalar yoki bilimlar yo'q edi."
Doktor Jeyran Sherieva Gulnoraga g’amxo’rlik qilgan neonatolog shifokor. U UNICEF tomonidan o'tkazilgan "Chaqaloqlarning nafas olishiga yordam berish" treningida o'qigan.
2019-yilda “Eng zaif onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga perinatal yordam ko‘rsatish sifatini oshirish” dasturi doirasida UNICEF va UNFPA tomonidan Qoraqalpog‘istondagi uchta perinatal muassasaga (Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlarida) neonatologlar, akusher-ginekologlar va reanimatologlarni salohiyatini oshirish, har tomonlama o'qitish va qo'llab-quvvatlash orqali xodimlarning salohiyatini mustahkamlash maqsadida yordam ko’rsatildi. UNICEF va UNFPA, shuningdek, perinatal markazning yangi Neonatal intensiv terapiya bo'limini ventilyatorlar, oksigenatorlar, laringoskoplar va o'quv jihozlari kabi eng yangi tibbiy jihozlar bilan ta’minladi. Bugungi kunda perinatal markaz orqali kelgan barcha erta tug'ilgan chaqaloqlar omon qolish uchun haqiqiy imkoniyatga ega.
Neonatal reanimatsiya bo‘limida jajji Gulnora kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. U endi yorug'likni ko'ra oladi va tovushlarni eshita oladi, hamda onasining ko’krak sutini emish uchun yetarlicha kuchga ega. Gulnoraning vazni 2,5 kilogrammga yetganidan so‘ng, uyiga jo‘natiladi. Uning ota-onasiga Gulnoraga qanday g'amxo'rlik qilish kerakligini o'rgatishgan va uning uyga kelishini ota-onasi intiqlik bilan kutishmoqda.
UNICEF va UNFPA hukumatning Qo‘ng‘irot va Beruniy tumanlari, hamda Nukus shahrida perinatal xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlariga salmoqli hissa qo‘shdi. Loyiha boshlanganidan beri Qoraqalpog‘istondagi barcha onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 21 foizi (12 000 dan ortiq ona va 12 000 dan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloq) maqsadli perinatal markazlarda yangilangan infratuzilma va sifati yaxshilanganidan tibbiy xizmatdan foydalandi.
Barcha uchta maqsadli muassasada erta neonatal o'lim darajasini o'rtacha 22% ga sezilarli darajada kamaytirishga erishildi. Yaxshilangan infratuzilma va kadrlar tayyorlash tufayli uchta maqsadli perinatal markazlar (Qo‘ng‘irot, Beruniy tumanlari va Nukus shahri) tumanlararo qo’llab-quvvatlash markazi vazifasini o‘tab, qo‘shni tumanlardagi onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ham ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatmoqda.
Loyiha 2019-yil avgustidan 2021-yilning mayiga qadar BMTning Orolboʻyi mintaqasi boʻyicha Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik trast fondining Oʻzbekistondagi 1,6 million AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy koʻmagida amalga oshirildi (https://www.aral.mptf.uz/), O'zbekiston, Norvegiya, Finlyandiya, Koreya Respublikasi, Yevropa Ittifoqi hukumatlari va Al-Valid xayriya tashkilotlari tomonidan saxovatli tarzda qo'llab-quvvatlanmoqda.