Qizlar ta'limi va ayollarning ish bilan ta'minlanishiga sarmoya kiritish iqtisodiyotni mustahkamlaydi va imkoniyatlardagi farqni kamaytiradi
Xalqaro xotin-qizlar kuni gender tengligi bo'yicha asosiy masalalarga e’tibor qaratadi
TOSHKENT, 2021 yil 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunida UNICEF etakchilikda qizlar va ayollar uchun teng huquqli kelajakni shakllantiris uchun ularning ta’lim olish, axborotlardan foydalanish, salohiyatlarini oshirish, ish bilan ta’minlash sohalariga sarmoya kiritishga chaqiradi.
Bu yilgi "Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 dunyosida teng kelajakka erishish" mavzusi barcha sohalarda qizlar va ayollarning teng ishtirokini ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishni nazarda tutadi.
"Biz bugun yetakchi lavozimlarda ko'rayotgan ayollar avval ta'lim olish, resurslardan foydalanish va ishga joylashish borasida imkoniyatlarga ega bo’lgan. Keling, bugungi kunda ham O'zbekistonda qizlar va yosh ayollar uchun ana shunday imkoniyatlarni yaratylik», - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.
Qizlar va ayollar farovonligi borasida ancha yutuqlarga erishilgan bo'lsa-da, teng imkoniyatlar yaratish uchun hali ko'p ishlar qilinishi lozim. So'nggi dalillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar soni barcha talabalarning 37 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, ish bilan ta'minlash sohasida yosh ayollar mehnat bozoridan ancha chetda. O’rta ta'lim maktabini tugatganidan keyin 19-24 yoshdagi yoshlarning 56% o'qish, ish yoki kasbiy tayyorgarlik (NEET) bilan qamrab olinmagan. Ayollar uchun NEET darajasi 18 yoshdan oshganidan keyin tez o'sib boradi (1,7% dan 69,0% gacha) va 25-30 yoshli ayollar uchun 74,0% ga yetadi, erkaklar uchun esa odatda pastroq (maksimal 33,5%) va ulg’aygan sari kamayadi (24,8% gacha).
Qizlar va yosh ayollar Internet orqali ma'lumot olishda ham to'siqlarga duch keladi. Hech qachon Internetdan foydalanmagan 14-30 yoshdagi yosh ayollar soni shu yoshdagi erkaklarga nisbatan ikki baravar ko'p - mos ravishda 68,1% va 34,3%.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kam ta'minlangan oilalardagi qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ayollar oliy ma'lumot olish uchun imtiyozli kreditlar olishini qo'llab-quvvatlash muhim bo’lib, o'rta muddatli istiqbolda jamiyatlar yanada barqaror va mustahkam bo’lishiga yordam beradi.
O'zbekistonda hukumat ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashish va o'g'il bolalarga ham, qizlarga ham o'z salohiyatlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratishda katta sa'y-harakatlarni amalga oshirdi. Shunga qaramay, davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va hamjamiyatlar oliy ma'lumot olish va ish bilan ta'minlash imkoniyatlaridan teng foydalanishni ta'minlaydigan platformalarni yanada takomillashtirishlari kerak. Xususan, UNICEF quyidagilarni amalga oshirishga chorlaydi:
- Yosh ayollarga alohida e’tibor bergan holda hayotiy, texnik, innovatsion va tadbirkorlik ko’nikmalarga ega bo’lishlari uchun rasmiy va norasmiy ta'limni kuchaytirish.
- Xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va jamoat sohalaridagi faol ishtirokini qo’llab-quvvatlash.
- Qizlarni yosh turmushga berish va oliy ma'lumot olishga to’sqinlik qilish singari salbiy ijtimoiy me'yorlarga barham berishga qaratilgan kampaniyalarni tashkil qilish.
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to’g’risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagramda kuzatib boring.