JSST va UNICEF pandemiyaga qarshi kurashda COVID-19ga qarshi birdamlik jamg‘armasi orqali hamkorlik qiladilar

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda o‘ziga hos bo‘lgan yagona fond va "umumjahon birdamlik" tamoyili

07 Aprel 2020
qizning tana harorati o'lchanmoqda
UNICEF/UNI317991/Choufany

NYU-YORK/JENEVA/VASHINGTON, KOLUMBIYA OKRUGI, 3 aprel 2020: Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) COVID-19ga qarshi birdamlik jamg‘armasi orqali hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvni imzolaganlarini e'lon qildilar. Mazkur hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shveysariyaning Swiss Philanthropy Foundation jamg‘armasi ko‘magida asos solingan va tarixiy axamiyatga ega bo‘lgan COVID-19ni yengish uchun birdamlik jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladi.

COVID-19ga qarshi birdamlik jamg‘armasi JSSning strategik tayyorgarlik va javob choralari rejasi asosida amalga oshiriladigan misli ko‘rilmagan global chora-tadbirlarga yordam berish maqsadida tuzilgan. Ushbu kelishuv doirasida, jamg‘armaning 127 million dollardan ortiq bo‘lgan umumiy mablag‘idan birinchi qismi UNICEFning butun dunyodagi himoyaga eng muhtoj bolalar va mahalliy jamoalar bilan ishlashga qaratilgan faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

«COVID-19 — bu misli ko‘rilmagan pandemiya bo‘lib, unga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun favqulodda global birdamlikni talab qilinadi", dedi JSST bosh direktori, doktor Tedros Adhanom Gebreesus. — Men UNICEFning birdamlik fondiga qo‘shilganidan juda ham mamnunman.  UNICEFning mablag‘larni jalb etish va dasturlarni amalga oshirish borasidagi katta tajribasi insonlar hayotini saqlab qolish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishimizga xizmat qiladi.»

Ushbu jamg‘arma mablag‘lari COVID-19ning oldini olish, aniqlash va davolash bo‘yicha mahalliy hamjamiyatlar va tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda zarur asbob-anjomlar bilan ta'minlash uchun sarflanadi. Bu mamlakatlar uchun sog‘liqni saqlash imkoniyatlarini kengaytirish va COVID -19 ning, ayniqsa ayollar, bolalar va zaif ijtimoiy guruhlarga nisbatan ijtimoiy ta'sirini kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, sa'y-harakatlar profilaktika vaksinalarini va samarali davolash usullarini ishlab chiqish borasidagi tadqiqotlarni jadallashtiradi.

Ushbu hamkorlik doirasidagi asosiy hamkor sifatida, YuNICEF eng himoyaga muhtoj mamlakatlardagi oilalar va jamoalarni tegishli tadbirlar bilan qamrab olishni muvofiqlashtirishga rahbarlik qiladi. Suv, sanitariya va gigiena vositalariga ega bo‘lish, infeksiyalarning oldini olish tadbirlari shular jumlasidandir. Shuningdek, o‘zining mahalliy jamoalar bilan ishlash rejalari va mamlakat dasturlari doirasida, ilmiy asoslangan tavsiyalar orqali UNICEF bolalar, ota-onalar, vasiylar, ijtimoiy xizmat xodimlari, o‘qituvchilar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

«Bu o‘ta muhim favqulodda choralarni talab etuvchi o‘ta muhim favqulodda vaziyat bo‘lib, biz butun dunyo hamjamiyati, xususan jismoniy shaxslar, korporatsiyalar, fondlar, hukumatlar va boshqa tashkilotlarni birdamlikka chaqiramiz - deb ta'kidladi YuNICEFning ijrochi direktori Genrietta For. — UNICEF birdamlik jag‘armasiga qo‘shilganidan juda mamnunman.  Bu sog‘liqni saqlash va sanitariya tizimini takomillashtirish bo‘yicha harakatlarimizni faollashtirishga, COVID-19 ning zanjirli reaksiya natijasida sog‘liqni saqlash tizimi haddan tashqari bosim ostida qolgan bir vaqtda eng muhtoj oilalarni himoya qilishga yordam beradi.»

To‘plangan mablag‘lar global javob choralari rejasiga muvofiq sarflanadi va eng katta ehtiyoj sezilgan nuqtalarga yo‘naltiriladi. JSST ko‘rsatmalariga ko‘ra, resurslar bevosita quyidagi tashkilotlarga yo‘naltiriladi:

•   JSSTning virus tarqalishini kuzatish, kamchilik va ehtiyojlarni baholash, birlamchi tibbiyot xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash, butun dunyo mamlakatlarida testlarni qilish uchun laboratoriyalarni jihozlar bilan ta'minlash hamda mahalliy jamoalar va aholi bilan bevosita muloqotda bo‘luvchi shaxslarni so‘nggi texnik qo‘llanmalar haqida xabardor qilish bo‘yicha faoliyatini moliyalashtirish.

•   UNICEF - dunyo bo‘ylab bolalar va oilalarga barcha ilmiy asoslangan ma'lumotlar va JSSTning so‘nggi ko‘rsatmalari, shuningdek, COVID-19 tarqalishidan himoya qilish bo‘yicha mahalliy darajadagi amaliy ma'lumotlar bilan ta'minlash; suv, sanitariya va gigiena, infeksiya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali eng muhtoj mamlakatlarga yordam berish; va muhtoj oilalar va bolalar uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini ta'minlash.

•   CEPI (Epidemiyaga tayyorgarlikni ta'minlash bo‘yicha innovasion koalisiya), COVID -19ga qarshi kurash maqsadida yangi vaksinalarni tadqiq qilish va ishlab chiqishni moliyalashtirishni boshqarishda asosiy partnyor va JSSTning yaqin hamkori.

COVID-19 ga qarshi birdamlik fondi JSSTning so‘roviga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shveysariyaning Swiss Philanthropy Foundation jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan va uch hafta oldin o‘z faoliyatini boshlagan. Bu jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun JSSTning global pandemiyaga qarshi kurashdagi harakatlariga bevosita hissa qo‘shishning yagona imkoniyatidir. Bugungi kunga kelib, jamg‘arma dunyo bo‘ylab 219 mingdan ortiq jismoniy shaxslar, shuningdek 90 dan ortiq xalqaro kompaniya va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 127 million dollarga teng mablag‘ yig‘di. Shu bilan birga, ushbu hamkorlik BMT tashkilotlari o‘rtasidagi pandemiyaning bevosita va uzoq muddatli oqibatlariga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash doirasida keng miqyosdagi birdamlikning namoyishidir.

«Bu kabi global darajadagi hamkorlik zarurati avvallari hech qachon yuzaga kelmagan – deb ta'kidladi BMT jamg‘armasining prezidenti va ijrochi direktori Elizabet Kuzens. — COVID-19 pandemiyasi barchamiz virus tarqalishini to‘xtatishda o‘z hissamizni qo‘sha olishimiz mumkinligini ko‘rsatdi. COVID-19ga qarshi birdamlik jamg‘armasiga dunyoning turli mamlakatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ajoyib saxiylik JSST, UNICEF, CEPI va ularning hamkorlariga hayotlarni saqlab qolish, ayniqsa, eng zaif jamoalarni qo‘llab-quvvatlash va vaksinalarni ishlab chiqishni tezlashtirish bo‘yicha sa'y - harakatlarni jadallashtirishga ko‘mak beradi».

###     

Muharrirlar uchun eslatma

UNICEF haqida

YuNICEF eng nochor bolalarga yordam berish uchun juda og‘ir sharoitlarda faoliyat yuritadi. Biz jahondagi har bir bola manfaatlarinii ilgari surib, 190 mamlakat va hududlarda faoliyat yuritamiz va dunyoni barcha uchun yaxshiroq qilishga intilamiz.

JSST haqida

JSST - Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan muassasasi sanaladi. Bu hukumatlararo tashkilot bo‘lib, unga a'zo davlatlar, odatda, sog‘liqni saqlash vazirliklari orqali hamkorlik qiladilar. JSST sog‘liqni saqlash sohasidagi global muammolarni boshqarish, tadqiqotlar uchun dasturlar tuzish, talab va me'yorlarni belgilash, dalillarga asoslangan siyosatni shakllantirish, mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash tendensiyalarini kuzatish va baholash uchun mas'uldir. Qo‘shimcha ma'lumot quyidagi veb-saytda keltirilgan: www.who.int.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jamg‘armasi haqida

BMT jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti global taraqqiyotga erishish va dolzarb muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan g‘oyalar, shaxslar va manbalarni jalb qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz uzoq muddatli o‘zgarishlarni ta'minlash va insoniyat duch keladigan keng qamrovli muammolarga innovasion yechimlarni izlash uchun hamkorlikni rivojlantirishdir. Qo‘shimcha ma'lumot quyidagi veb-saytda keltirilgan - www.unfoundation.org.

Qoshimcha ma'lumot uchun murojaat qiling:

Janob Кurtis Kuper (Kurtis Cooper), UNICEF, tel.: +19174761435,
el. pochta: kacooper@unicef.org

Serene Jivani xonim (Serena Jiwani), BMT jamg’armasi, тtel.: +12028542355,
el.pochta: sjiwani@unfoundation.org

Janob Tarik Yasharevich (Tarik Jasarevic), JSST, tel.: +41793676214,
el.pochta
:  jasarevict@who.int

Margaret Xarris xonim (Margaret Harris), JSST, tel.: +41 79 290 6688, 
el. pochta: harrism@who.int

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99871 2339512
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF faoliyatini Twitter va Facebook da kuzatib boring. COVID-19 haqidagi batafsil ma'lumot, bolalar va oilalarni himoya qilish bo’yicha ko’rsatmalar www.unicef.org/coronavirus da berilgan.