Yoshlar ovozi muhimdir

Yoshlarni ơz hamjamiyatlari hayotida faol ishtirok etishga qanday jalb qilishimiz mumkin?

молодые ребята ведут дискуссию
UNICEF Uzbekistan

30 yoshga qadar bơlgan yoshlar Ơzbekiston aholisining 60 foizini tashkil  etgani holda, mamlakatning  eng qimmatli resursidirlar. 15-20 yildan sơng bugungi bolalar va yoshlar Ơzbekiston tarixida  eng kơp sonli ishchi kuchini tashkil  etadilar. Sarmoyalar tơg’ri yơnaltirilsa hamda ularning  ehtiyoj va qiziqishlari hisobga olinsa, aynan shu yoshlar Ơzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning  yangi darajasiga olib chiqadigan avlod bơlishlari mumkin. 

Hozirgi kunda mamlakat yoshlarining holati bir qator qiyinchiliklardan holi  emas. 2018 yilda Jahon banki va  UNICEF tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga kơra, 18- 30 yoshdagi yigit-qizlarning 42 foizi na ish bilan, na ơqish yoki kasb-hunar ta'limi bilan band. Mamlakatdagi ơrtacha ishsizlik kơrsatkichidan 2 barobar yuqori bơlgan yoshlar ishsizligi darajasi hamda yoshlarning mehnat bozorida talab  qilinadigan malakalarga  ega emasliklari mazkur holatning asosiy sabablaridir.  

2018 yilda Jahon banki va  UNICEF tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga kơra, 18- 30 yoshdagi yigit-qizlarning 42 foizi na ish bilan, na ơqish yoki kasb-hunar ta'limi bilan band.

Ijtmoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Ơzbekiston hukumati yoshlarning farovonligini ta'minlash va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga katta  e'tibor qaratmoqda. Hukumat tomonidan katta hajmdagi resurslar ajratilmoqda va yoshlarning bandligini oshirish va ularga ijtimoiy yordam berishga qaratilgan kơp sonli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim islohotlar ham amalga oshirilmoqdaki, bu yoshlarni kelajakda mehnat bozori talablariga tayyor bơlishlariga yordam berishi mumkin. 

Yoshlarning ơz ơquv  yurtlari va hamjamiyatlari hayotiga tegishli qarorlarni qabul qilishda va ularning ijrosida ishtirok  tishlari joriy islohotlar samaradorligini oshirishda muhim rol  ơynashi mumkin. Bunday yondashuv yoshlar ishonchini qozonishga yordam beradi, ularning hamkorlikka bơlgan ishtiyoqlarini oshiradi va ayni chog’da, dasturlarni yoshlarning  ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda takomillashtiradi. Yoshlarning ovozi ularning hayotida va mamlakat kelajagida ijobiy ơzgarishlarga olib keladi. 

Xơsh, biz yoshlarni ơz hamjamiyatlari hayotida faol ishtirok  etishga qanday jalb qilishimiz mumkin?

Birinchidan, kattalar tashabbusi bilan boshlangan dasturlarda yoshlarga ma'lum bir topshiriqlar berish va ularning ijrosi  yuzasidan mas'uli tni ham yoshlarning zimmasiga  yuklash mumkin. 

Ikkinchidan, yoshlarga oid dasturlarni ishlab chiqish va tadbiq  etish jarayonlarida yoshlarning ơzlari bilan maslahatlashish mumkin. Buni tadqiqotlar olib borish, yoshlar fikrini ơrganuvchi sơrovnomalar ơtkazish, yoshlar maslahat kengashlarini tashkil  etish hamda qaytar aloqa platformalarini  yaratish orqali amalga oshirish mumkin. 

Mavjud platformalardan biri “Xokim va yoshlar” bo’lib, xokimlarning yoshlar bilan muntazam uchrashuvlaridir. Agar turli xil guruhlar, jumladan maktab ơquvchilari, talabalar, ish bilan band bơlgan yigit-qizlar bunday uchrashuvlarda ishtirok  tadigan bơlsalar, ushbu platforma a'lo darajadagi maslahatlashuv mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.  

Mahalliy va milliy miqyosda yoshlarning fikrlaridan xabardor bơlish imkonini beruvchi  yana bir platforma  U-Report,  ya'ni innovasion, raqamli platformadir. U-Report Yoshlar ittifoqi,  UNICEF, Xalq ta'limi vazirligi va Oliy Majlis Senatining qơshma loyihasi bơlib, u Ucell kompaniyasi kơmagida amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda butun Ơzbekiston bơylab 19 mingga  yaqin  U-Reporterlar real rejimda hukumat organlari vakillari bilan yoshlarga oid masalalar bơyicha ơz fikrlarini ơrtoqlashmoqdalar.  U-Reportning 15 ta kơngilli a'zolaridan iborat bơlgan Yoshlar qơmitasi loyiha boshqaruvida faol ishtirok etadi, ơz tengdoshlari ơrtasida axborot tarqatishga qaratilgan tadbirlarni tashkil  etadi. 
 

волонтеры ю-репорт улыбаются камеру
UNICEF Uzbekistan

Yana bir jihat shuki, yoshlarning ơziga loyihalarni taklif  etish va amalga oshirish imkoniyati berilishi mumkin. Maktablar va oliy ơquv  yurtlarida ơquvchi va talabalarning kengashlari etakchilik mahoratini takomillashtirish va muammolarni echish kơnikmalarini rivojlantirish uchun  yaxshi asos bơlib xizmat qilishi mumkin.

Yoshlar uchun ular bilan birga ishlash orqali biz amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning samaradorligini  yanada oshirishimiz mumkin bơladi. Faol jalb etilganlarida, yoshlar muhim amaliy kơnikmalarni shakllantiradilar, qat'iy hayotiy qarashlarga  ega sadoqatli yoshlarga – bugungi va  ertanggi kunning tom ma'nodagi taraqqiyotga eltuvchi kuchiga aylanadilar.