Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi Diyora Kosimovaning hikoyasi.
"Ona suti nafaqat ozuqa, balki chaqaloq uchun hayotiy malhamdir
Tibbiyot oliygohining talabasi Diyora Kosimova endi 22 yosh bo’lsa-da, kichik hayot uchun masʻuldir — u bir yarim yil davomida farzandini ko’krak suti bilan oziqlantirib o’stirdi.
“Chaqalog’im bebaho sut tomchilarini ilk bor qabul qilganini hali ham eslayman”.
Oliygohda ta’lim olayotgani bois Diyora har doim ham farzandi bilan birga boʻla olmagan. Chaqaloqni ovqatlantirish kerak bo’lganida koʻpgina onalar singari Diyora oʻqishi yoki boshqa vazifalari tufayli uning yonida bo’la o’lmagan.
2021-2022 yillarda o'tkazilgan Multiindikater klaster tadqiqoti (MICS) natijalariga ko'ra, O'zbekistonda onalarning atigi 25 foizi farzandlari hayotining dastlabki olti oyida ularni faqat ko'krak suti bilan oziqlantiradi. Demak, ko'plab onalar ko’krak suti bilan oziqlntirish bo'yicha tavsiyalarga to'liq rioya qilishlariga to'sqinlik qiladigan qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Diyora ta’kidlashicha, ko’krak suti bilan farzandini oziqlantiradigan ona yuzaga kelgan har qanday vaziyatda ham muammoni hal qilish yechimlarini topishi mumkin. Masalan, Diyora chaqalogʻining yonida boʻla olmaganida oʻz sutini sogʻib uni ovqatlantirish uchun qoldirgan. Shu yo’sinda farzandi doim ona sutiga ega bo’lishini ta’minlagan.
“Ona suti bolam uchun oqsil, yogʻ, uglevod, vitamin va mikroelementlar kabi o’rnini hech narsa bosa olmaydigan ozuqa manbai ekanini, uni turli infekеsiyalardan himoya qilishini bilaman”.
Diyora koʻkrak suti bilan oziqlantirish davrida turli xil stereotip va yanglish fikrlarga duch keldi. Qarindoshlari, doʻstlari va tanishlari unga ko’krak suti bilan oziqlantirishning qomati va koʻkrak shakli o’zgarishi, ogʻriq va noqulaylik singari noxush taraflari haqida ko’p gapirar edilar. Bu mish-mishlarga u har safar kuchli dalil bilan qarshilik qildi: ona suti chaqaloq uchun eng yaxshi ozuqa manbaidir.
“Ona suti nafaqat ozuqa manbai, balki chaqaloq uchun hayotiy malhamdir”.
Hamma narsa oson kechmadi. Diyora chaqaloqni ko'kragiga to'g'ri qo'yishda qiyinchiliklarga duch keldi. Har safar chaqalogʻi yigʻlab sut emishdan bosh tortganida Diyora nima boʻlganini tushunmay xavotirlanar, umidsizlikka tushib yigʻlar edi. Biroq u taslim boʻlmadi. Ginekolog shifokorining maslahatiga ko’ra u koʻkrak uchun maxsus silikon moslamalardan foydalana boshladi. Diyoraning onasi, buvisi va qaynonasi uni doim qoʻllab-quvvatlab, jarayonni diqqat bilan kuzatib borishdi, koʻkrak massajida yordam berishdi.
“Umidsizlikdan yigʻlagan paytlarim boʻldi, biroq oilam bu murakkab jarayonda meni doim qoʻllab-quvvatladi”.
Diyorani oilasi doim qo’llab-quvvatlar edi. Bu bebaho yordam edi. Farzandini ko'krak suti bilan oziqlantirish davrida tugʻruqxona va poliklinika xodimlarining xizmatlari ham katta ahamiyat kasb etdi. Ular barcha savollarga javob berishga doim tayyor edilar. Diyora mutaxassislardan yordam soʻrashdan tortinmaslik kerakligini ham tushundi.
Tibbiyot xodimlarining maslahatlaridan tashqari Diyora Internetdagi foydali videolarni tomosha qildi, poliklinikada berilgan broshyuralarni oʻqidi. Uning oilasi ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatashi, bunga ragʻbatlantirishi Diyoraga ushbu muhim amaliyotni davom ettirishda yanada qat’iy bo’lish imkonini berdi.
“Koʻkrak suti bilan oziqlantirish samarali kechishida atrofdagilarning koʻmagi katta ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy qo’llab-quvvatlash onaning o’ziga bo’lgan ishonchi ortishiga, o’zini kuchli his qilishiga yordam beradi”.
Diyoraning turmush o’rtog’I, onasi, buvisi, qaynonasi va boshqa oila aʻzolari unga mehr ila yordam berdilar. Ularning qoʻllab-quvvatlashi tufayli Diyora oʻzi uchun ham vaqt ajrata olar edi.
Diyoraning koʻkrak suti bilan boqish haqidagi hikoyasini tinglab, u singari qiyinchiliklarga duch kelayotgan boshqa onalarga maslahat berishini iltimos qildik.
Diyora tabassum qilar ekan, shunday dedi: "Men emizikli onalarga, ayniqsa bu amaliyotni endigina boshlayotganlarga, arzimagan narsalarni deb asabiylashmaslikni va xavotir olmaslikni maslahat beraman. Mukammallikka intilish va shubhalar ushbu ajoyib va har doim ham oson boʻlmaydigan jarayonning bir qismi bo’lib, bu normal holatdir".
Ko’plab qiyinchiliklardan o’tgan, koʻkrak suti bilan oziqlantirish haqidagi sanoqsiz mish-mishlar va yanglish fikrlarga duch kelgan Diyora boshqa onalarni ham taslim boʻlmaslikka undaydi. U mutaxassislardan yordam soʻrash muhimligini taʻkidlaydi hamda oilangiz va atrofdagilardan yordam soʻrashdan uyalmaslikni maslahat beradi. “Tibbiyot xodimlari va yaqinlarim farzandimni ko’krak suti bilan oziqlantirishimda muhim rol o’ynadi”, deydi u. “Ularning qoʻllab-quvvatlashi va yordami bebaho boʻldi va ishonchim komilki, har bir ona oʻz ittifoqchilarini topadi”.
Diyoraning ta'kidlashicha, ona suti bilan boqish vaqt va sabr-toqatni talab qiladigan muhim va uzluksiz jarayondir. U qiyinchiliklarga duch kelgan boshqa onalarga aytmoqchi bo'lgan asosiy fukr quyidagicha:
“Mehringiz va gʻamxoʻrligingiz siz farzandingizga bera oladigan eng yaxshi yordamdir”.