1-7 avgust: Jahon ko’krak suti bilan oziqlantirish haftaligi 2020

COVID-19 va ko’krak suti bilan oziqlantirish to’g’risida ko’pincha beriladigan savollar

WHO
30 Iyul 2020
Butunjahon ko'krak suti bilan boqish haftaligiga bag'ishlangan plakat
UNICEF

COVID-19 ko'krak suti bilan oziqlantirish orqali yuqishi mumkinmi?

Ko'krak sutida COVID-19 virusi kuzatilgani yo’q. Hozirgi vaqtda ko'krak suti yoki emizish orqali COVID-19 infektsiyasi yuqishi holatlari aniqlanmagan. Ko'krak suti bilan oziqlantirishdan voz kechish uchun hech qanday sabab yo'q.
 

COVID-19 ko'p tarqagan joylarda yashovchi ayollar ko'krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi?

Ha. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ko’krak suti bilan oziqlantirish omon qolish darajasini yaxshilaydi, yangi tug'ilgan chaqaloqlar va go'daklarning salomatligi va rivojlanishida uzoq muddatli foyda keltiradi. Ko’krak suti bilan oziqlantirish onaning ham sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 
 

Avvalari kabi, tug'ruqdan so'ng ona va chaqaloq o'rtasida “teri teriga” kontaktini o’rnatish va ona COVID-19 bilan kasallanganiga shubha bo'lganida yoki bu tasdiqlanganida ham ko'krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish tavsiya etiladimi?

Ha. Tug’ruqdan so’ng “teri teriga” kontaktini qo’llash, xususan bola parvarishida kenguru usulidan foydalanish chaqaloqning tana haroratini normallashtiradi va yangi tug’ilgan go’daklarning omon qolishiga ko’mak beradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqni o’z onasi yoniga joylashtirish ko'krak suti bilan oziqlantirishni erta boshlash imkonini beradi va bu neonatal o'lim darajasining pasaytiradi. 

“Teri teriga” kontakti va ko'krak suti bilan oziqlantirishning ko'plab afzalliklari COVID-19 yuqishi va kasallik rivojlanishi ehtimolining xavfidan ancha yuqori turadi.
 

COVID-19ga shubha bo'lgan yoki koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan ayollar ko'krak suti bilan oziqlantirishlari mumkinmi?

Ha. COVID-19ga shubha bo'lgan yoki koronavirus infeлtsiyasi tasdiqlangan ayollar o’z istaklariga ko’ra ko'krak suti bilan oziqlantirishlari mumkin. Bunday holda ularga quyidagilar tavsiya qilinadi:

  • qo'llarni tez-tez sovun va suv bilan tez-tez yuvish yoki tarkibida spirt bo’lgan antiseptikdan foydalanish, ayniqsa bolaga tegishdan oldin;
  • bola bilan har qanday kontaktga kirishishdan avval, jumladan ko'krak suti bilan oziqlantirishdan oldin tibbiy yuz niqobini tutish;
  • aksa urganda yoki yo'talganda yuzni bir marta ishlatiladigan salfetka bilan yopish. Ishlatilgan salfetkani darhol chuqindi idishiga tashlash va qo'llarni qayta yuvish;
  • bolaning onasi qo’l tekkizgan yuzalarni muntazam ravishda yuvish va dezinfektsiya qilish.

Tibbiy niqoblarni nam bo'lgan zahpti o'zgartirish va chiqindi idishiga tashlash muhimdir. Yuz niqobining oldi qismiga tegish yoki uni qayta ishlatish mumkin emas.  
 

COVID-19ga shubha bo'lgan yoki koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan ayollar tibbiy yuz niqobisiz ko’krak suti bilan oziqlantirishlari mumkinmi?

Ha. Ko'krak suti bilan oziqlantirish yangi tug'ilgan chaqaloqlar va go'daklar o'limini kamaytirishda, shubhasiz, juda muhim bo'lib, ola salomatligi va bosh miyasi rivojlanishi uchun ko'plab ijobiy va uzoq muddatli samara beradi. 

COVID-19 alomatlari bo'lgan onalarga tibbiy niqob kiyish tavsiya etiladi, ammo buning imkoniyati bo'lmasa ham, ko'krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish kerak. Bunday holda, onalar qo'llarni yuvish, yuzalarni dezinfektsiyalash, aksirganda yoki yo'talganda og'iz va burunni bir martalik salfetka bilan yopish kabi infektsiyalarning oldini olishga qaratilgan boshqa qoidalarga amal qilishlari zarur. 

Tibbiy bo'lmagan yuz niqoblarning (masalan, matodan yoki boshqa materiallardan tayyorlangan niqoblar) samaradorligi yoki xavfsizligi hali o'rganilmagan. Hozirgi vaqtda ushbu niqoblardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berishning imkoni yo’q.
 

Menda COVID-19ga shubha bor yoki koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan, va o'zimni juda yomon his qilganim sababli ko'krak suti bilan oziqlantirish holim yo’q. Nima qilishim kerak?

Agar COVID-19 yoki boshqa asoratlar tufayli siz ko'krak suti bilan oziqlantirish uchun o'zingizni juda yomon his qilsangiz, bolangizni ona suti bilan ta'minlashning xavfsiz, qulay va maqbul usulini qo’llash uchun sizga yordam berishlari zarur. Buning uchun ko’krak sutini sog’is yoki donor ona sutidan foydalanish mumkin.  

Agar bularning iloji bo’lmasa, bolani ko'krak suti bilan oziqlantirayotgan boshqa bir ayolni jalb qilish yoki to'g'ri tayyorlash, gigiyena talablariga rioya etish va sotib olish imkoniyatlarii bo'lganda bolalar uchun mo'ljallangan sun'iy sut ozuqalarini berish imkonini ham ko'rib chiqishi mumkin.
 

Men COVID-19ga shubha bo'lgan yoki koronavirus infektsiyasidan davolanish davrida farzandimni ko'krak suti oziqlantira olmadim. Bolamni emizishni qachon qayta boshlashim mumkin?

Siz o'zingizni yaxshi his qilishingiz bilanoq ko'krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirishingiz mumkin. COVID-19ga shubha qilingan yoki koronavirus infektsiyasi bilan og'rigan onalar emizishdan vaqtinchalik voz kechishlari kerak bo'lgan aniq vaqt oralig'i mavjud emas. Hozirda ko'krak suti bilan boqishning COVID-19 klinik holatiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q. Tibbiyot mutaxassislari yoki ko'krak suti bilan oziqlantirish bo'yicha maslahatchilar sizga emizishni qayta boshlashingizda yordam berishlari lozim.
 

Menda COVID-19ga shubha bor yoki koronavirus infektsiyasiy tasdiqlangan. Farzandimni sun'iy sut bilan boqish xavfsizroq bo'lmaydimi?

Yo'q. Sharoit qanday bo’lishidan qat’iy nazar yangi tug'ilgan chaqaloqlarni va go'daklarni sun'iy sut bilan oziqlantirish har doim ma'lum bir xavf bilan bog'liq. Agar uyda yoki ona va bola yashaydigan joyda ma’lum qiyinchiliklar bilan bog’liq muammolar bo’lsa sun'iy sut bilan oziqlantirishning xavfi oshadi. Bola kasal bo'lganida tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, toza ichimlik suvidan foydalanishdagi muammolar yoki maqbul narxda chaqaloqlar uchun mo'ljallangan sut qorishmalarini muntazam yetkazib berishdagi qiyinchiliklar shular jumlasiga kiradi.

Ko'krak suti bilan oziqlantirishning ko'plab ijobiy samarasi COVID-19 bilan kasallanish va u bilan bog'liq kasallikning rivojlanish xavfidan sezilarli darajada yuqoridir.