Ijtimoiy xodimlar karantin paytida oilalar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini yaxshilamoqda

Koronavirus epidemiyasi ko'plab odamlarning ishl ish faoliyatidagi cheklovlarga sabab bo’ldiva bu aholi turmush darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mehnat muhojirlarining oilalari ham shular jumlasidandir.

UNICEF Uzbekistan
Ребенок на велосипеде во дворе дома.
UNICEF Uzbekistan/2020
14 Avgust 2020

Koronavirus epidemiyasi ko'plab odamlarning ish faoliyatidagi cheklovlarga sabab bo’ldi va bu aholi turmush darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mehnat muhojirlarining oilalari ham shular jumlasidandir.

Karantin cheklovlari joriy etilganidan so'ng moliyaviy mablag’siz qolgan ko'plab mehnat muhojirlarining o'z vatanlariga qaytishlari qiyin bo'ldi. Ularning moliyaviy yordamiga muhtoj ola a’zolari moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.

Karantin paytida mehnat muhojirlarining oilalari va qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan shaxslarning oilalari ham ijtimoiy, ham ruhiy  muammolarga duch kelishdi.  

O'z-o'zini yakkalash sharoitida mutaxassislar bolalar va ularning oilalari bilan telefon orqali ishlashni boshladilar. Ish samarali bo’lishi va himoyaga muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun 21 nafar ijtimoiy xodimga UNICEF uyali telefon va mobil Internet to'plamlarini taqdim etdi.

Ijtimoiy xodimlar oilalar bilan muloqot qilishar ekan, kattalar va bolalar ishga va maktabga bormaslik, shuningdek, muloqot cheklovlari va kundalik hayotning odatiy tarzi buzilgani tufayli ruhiy stressga duch kelayotganlarini payqadilar. Uzoq vaqt davomida yakkalanish, oziq-ovqat, dori-darmon va pul yetishmasligi kattalar va bolalarning ruhiy salomatligiga ta’sir qildi.

«Oilalarning birida qizning onasi o'z vataniga qaytib, doimiy ravishda mast holatda bo'lgan va farzandiga nisbatan muntazam ravishda ruhiy tazyiq o’tkazgan. Men bolaning vasiyiga qiz qanday muammolarni boshidan kechirayotganini tushuntirdim va unga ruhiy yordam ko'rsatishni maslahat berdim. Shuningdek, men nevropatolog ko’rigidan o’tib, uyda davolanish kursini o'tish muhimligini ta'kidladim, - deydi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining (RBIMM) ijtimoiy xodimi, Sevara Abdurahmonova, Farg'ona shahri.

Vasiylar va bolalar bilan telefon orqali suhbatlar orqali ijtimoiy xodimlar ularning ruhiy holatini yaxshilashga yordam berdilar. Mutaxassislar ushbu faoliyatni olib borishda ularga 2020 yil iyun oyida UNICEF tomonidan tashkil etilgan onlayn trening yordam berganini ta'kidladilar.

"Treningda biz muloqot paytida tafsilotlarga e'tibor berishni, oilaning holatini to'g'ri baholashni va harakatlar rejasini tuzishni o'rgandik", dedi Nigora Kazieva, Xorazm viloyati Yoshlar ittifoqining ijtimoiy xodimi.

Mijozlar bilan suhbatdan so'ng , oilalar o'zlarining qiyinchiliklari haqida  birdaniga ochilib gapirmasliklariga ijtimoiy xodimlar e’tibor berdilar. Bunga sabab shuki,ular atrofdagi odamlar tomonidan gap-so’z bo’lishi va tanqid qilinishdan qo'rqishadi. Bunday holatda ishonchli munosabatlarni o'rnatish va ijtimoiy xodim tomonidan axloqiy me'yorlarga qat'iy rioya qilish talab qilinadi. Shu sababli ijtimoiy xodimlar faol tinglash usullariga, kamsitmaydigan tilni ishlatishga va hamdardlik bildirishga alohida e'tibor berdilar.

“Ijtimoiy xodimlar faol tinglash ko'nikmalarini va og'zaki bo'lmagan muloqot qoidalariniqo’llaganlaridan  keyin oila a’zolari erkin ravishda suhbat quradi. Muammolarini diqqat bilan tinglaganimizda ular bizning qo'llab-quvvatlashimizni his qilishadi, niyatimizni tushunishadi va bizga ishona boshlashadi”, - deydi xorazmlik ijtimoiy xodim Shahnoza Matchanova.

Ijtimoiy xodimlarning tan olishicha, ilgari ular oilani o'z hayotiy holatini tahlil qilishga kam jalb qilishgan, ko'pincha ularga oila a'zolarining ehtiyojlarini batafsil baholay olish uchun vaqt ajratmasdan maslahat berishga o’tishgan. Trening davomida olingan bilimlarni qo'llagan holda, xodimlar bolalar va ularning oilalarining hikoyalarini faol ravishda tinglashni boshladilar. Bunday yondashuv ularga mustaqil ravishda qaror qabul qilish va ichlaridagini gapirishga imkon berdihamda ularning hissiy holatini ancha yaxshiladi.

"Endi bir xulosaga kelishdan avval mulohazaqila boshladim. Mijozlarni ko'proq tinglashga harakat qilar ekanman, ular do’stona munosabatimni his qilidilar,ko'proq ishonch bildirib, oiladagi zo'ravonlik kabi o’ta shaxsiy mavzular haqida gapira boshladilar ”, - deydi Muhayyo Abidova, Farg'ona shahridan RBIMM Ijtimoiy xodimi.

Xorazm viloyati yoshlar ittifoqi ijtimoiy xodimi Nigora Kaziyeva bolalar uchun nafaqa olish maqsadida murojaat qilishda mahalla qo'mitalari tomonidan oilalarning ehtiyojlariga e'tibor bermaslik muhim muammolardan biri bo’lganini aytdi. Ko'pgina oilalarga ularning arizalarini ko'rib chiqishda befarq munosabatda bo'lishgan, chunki ularning ko'rinishi “yaxshi bo’lmagan”. Ijtimoiy xodimlar stigma, ya’ni ajratish muammosini mahalla xodimlariga tushuntirishga muvaffaq bo'lishdi, bu esa ularni muhtoj oilalarga munosabatini qayta ko'rib chiqishga undadi.

Ijtimoiy xodimlarning fikriga ko'ra, yangi ko'nikmalarni qo'llashganidan so'ng, oilalar bilan muloqot yanada samarali bo'ldi. Oilalar xodimlarga hurmat va ishonch bilan qaray boshladilar.

Ijtimoiy xodimlar bilan intervyu Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'siriga uchragan bolalarni himoya qilish" loyihasi doirasida o'tkazilgan treningdan so'ng o’tkazildi.