Yosh ekochempionlar o'z yutuqlarini nishonlamoqdalar
TOSHKENT, 2026 yil 19 iyun — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va UNICEF Yosh ekologiya chempionlari milliy hamjamiyatining ikkinchi guruhining ajoyib yutuqlarini e'tirof etdi. Bu platforma ikki yildan beri oʻsmirlarga Oʻzbekistonda iqlim kun tartibini faol ilgari surishda yordam berib kelmoqda.
Tantanali tadbirda mamlakatning barcha viloyatlaridagi 14 ta maktab vakillari bo’lgan 15–18 yoshdagi 52 nafar o’quvchi, ularning 13 nafar murabbiylari va 14 nafar o'qituvchilari ishtirok etdilar. Ularning yutuqlari yoshlarning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlarini qanday o'zgartirayotganini, g'amxo'rlik va mas'uliyat madaniyatini rivojlantirayotganini hamda O'zbekiston, Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun yanada yashil kelajakka umid uyg'otayotganini ko'rsatadi.
Mazkur hamjamiyat barqaror rivojlanish madaniyatini targ'ib qilish va bolalar hamda yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo'yicha milliy va mintaqaviy strategiyalar tasdiqlangach, 2024 yil avgust oyida tashkil etildi. Shundan beri u dinamik milliy harakatga aylanib, yoshlarning nafaqat ishtirokchilar, balki O'zbekistonning iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha harakatlarni shakllantirishda yetakchilar ekanini isbotladi.
2025–2026 o'quv yilida mamlakat bo'ylab 14 ta maktabdan 52 nafar o'smir ekomaktablar o'rtasidagi ochiq tanlov orqali saralanib, hamjamiyatga qo'shildi. Yetakchilik, targ'ibot va iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha tayyorlovdan so'ng bu yosh yetakchilar xabardorlikni oshirish kampaniyalari va ekologik tadbirlarni tashkil etdilar. Bunda ularni birinchi guruhning 13 nafar mentori qo'llab-quvvatlab turdi. Ular Xalqaro tadbirlarda, jumladan Astanadagi Mintaqaviy ekologik sammitda, Istanbuldagi Xalqaro yoshlar forumida va Samarqanddagi Eco-Expo ko'rgazmasida O'zbekiston vakillari sifatida ishtirok etdilar.
Ularning faoliyati butun mamlakatni qamrab oldi. Ekofestivallarga 400 dan ortiq maktablardan 3 000 dan ziyod o'quvchi va 500 nafar o'qituvchini jalb qilindi. Qoraqalpog'istonda chempionlar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bo'yicha milliy qo'mita bilan hamkorlikda 'Klimaton'ni tashkil etdilar. U turli tumanlardagi yoshlarni birlashtirdi va iqlim o'zgarishining ta'sirlarini kamaytirish hamda unga moslashish bo'yicha innovatsion g'oyalar manbaiga aylandi.
O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yosh ekologiya chempionlari "Toza o'yinlar"ni tashkil etdilar va tarixda birinchi marta mamlakatning barcha hududlarida bir vaqtda o'n to'rtta tadbir o'tkazdilar. Buxoro va Navoiydan bo'lgan ikki chempion milliy "Yashil innovatsiyalar" tanlovida g'olib bo'lib, chiqindilarni saralash va daraxtlarni parvarish qilish loyihalari uchun boshlang'ich mablag'ni oldilar.
O'tgan akademik yil davomida 52 nafar ekochempionlar mamlakat bo'ylab jami 17 831 nafar bola va yoshlarni safarbar qilib, ularga trening o'tkazdilar, 1 909 dona daraxt ekdilar va qayta ishlash uchun 18 tonnadan ortiq chiqindi to'pladilar. Ushbu yutuqlar yoshlarning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari qanday o'zgartirayotganini, g'amxo'rlik va mas'uliyat madaniyatini rivojlantirayotganini hamda O'zbekiston, Markaziy Osiyo va butun sayyorada yanada yashil kelajakka umid uyg'otayotganini ko'rsatadi.
Iyul oyida hamkorlar O'zbekistonning barcha viloyatlaridagi ekologik maktablardan Yosh ekochempionlarning uchinchi gurihini shakllantirish uchun yzngi tanlovni e’lon qiladilar. Ushbu sa’y-haralatlar yoshlar boshchiligidagi tashabbusni davom ettirish, kengaytirish va milliy iqlim kun tartibini yanada shakllantirishga qaratilgan.
Batafsil ma’lumot uchum murojaat qiling:
Inna Volfson Yoshlar va o'smirlar rivojlanishi masalalari bo'yicha maslahatchi Telefon: +998 93 505 52 56 El.pochta: [email protected]
| Nargiza Egamberdiyeva Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi Telefon: +998 93 380 34 19 El. pochta: [email protected]
|
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.