UNICEF O'zbekiston Senati tomonidan bolalarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllariga chek qo'yish to'g'risidagi qonunning tasdiqlanishini olqishlaydi
2024 yil 15 avgust, Toshkent - Birlashgan millatlar tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNISEF) ushbu Qonunning bugungi kunda bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanishini mamnuniyat bilan qarshi oldi.
Hozirda Prezident imzosini kutayotgan qonunchilikda bolalarni barcha sharoitlarda zo‘ravonlik, huquqlarini suiste’mol qilish, g’amxo’rlik ko’rsatmaslik va ekspluatatsiyadan himoya qilish bo‘yicha profilaktika va javob chora-tadbirlar belgilangan. Qonunchilikda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid ko‘p tarmoqli xizmatlar ko‘rsatilgan.
Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, dunyo bo'ylab har yili 1 milliarddan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo'ravonlikka duchor bo'ladi. O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan MICS tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasi (62%) qattiq intizomiy ta’sir qilish usullarini boshidan kechirgan, shuningdek, 15-19 yoshli qizlarning 33 foizi erning xotinini kaltaklashini to’g’ri, deb hisoblaydi. Ushbu statistik ma'lumotlar bolalar uchun keng qamrovli huquqiy himoya shoshilinch zarurligini ta'kidlaydi.
“Biz Qonunning Senat tomonidan tasdiqlanishidan g’oyatda mamnunmiz. Bu O‘zbekiston bolalari uchun atoqli muhim qonun bo‘lib, ularning farovonligini ta’minlash va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish yo‘lida qilingan yuqori ahamiyatli qadamdir”, dedi UNICEF vakili Regina Kastillo xonim bu haqda. “UNICEF timsolida biz O‘zbekiston hukumati va xalqini ushbu Qonunning bajarilishida qo‘llab-quvvatlashni boshlashga tayyormiz”.
“Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida”gi Qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning aniq ta’rifi berilgan va jismoniy, psixologik va jinsiy zo‘ravonlik, g’amxo’rlik ko’rsatmaslik, ekspluatatsiya va ta’qib (shu jumladan, kiberta’qib) kabi zo‘ravonlikning turli shakllaridan himoya choralarini o’z ichiga olgan.
Bundan tashqari, u oila va maktab sharoitlarida zo'ravonlikka asoslangan tarbiya usullaridan foydalanmaslikni ilgari suradi. Shuningdek, Qonun zo'ravonlikka uchragan o'g'il va qiz bolalar uchun himoya buyruqlari chiqarilishiga ruxsat beradi va jinoiy sud jarayonlaridan jabrlangan bolalarni ikkinchi darajali jabrlanishdan qurbonlikdan himoya qilish uchun huquqiy kafolatlarni o'z ichiga oladi. Qonunda, shuningdek, bolalarga nisbatan zo'ravonlik haqidagi ma’lumotni, va agar bola xavf ostida qolsa yoki zo'ravonlikdan jabr tortsa qanday qilib yordam topishi haqida ma’lumotni keng tarqatish lozimligi ko’rsatilgan.
Bugun Senat tomonidan tasdiqlangan Qonun Adliya vazirligi va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi rahbarligida va soha vazirliklar ishtirokida o’tkazilgan keng ko'lamli ishchi guruh yig'ilishlarining yakuni bo’ldi. U xalqaro standartlarga mos keladi va bolalarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish sohasida boshqa mamlakatlarning ilgo’r tajribalarini o'z ichiga oladi.
“Qonun bajarilishi amalga oshganda, O‘zbekistonning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bilan bog‘liq ko‘plab Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan BRM 16.2 va ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etishga qaratilgan BRM 5.2.1 maqsadiga erishishda yuqori pog’onaga ko’tarilishi ehtimoli baland, - dedi Kastillo xonim.
UNICEF Qonun Prezident tomonidan imzolanib, kuchga kirishi bilan Qonunning ishlashini yo’lga qoyishda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishga tayyor.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun murojaat qiling:
Safinas Ahayeva
Bolalarni himoya qilish bo’yicha mutaxassis
UNICEF O’zbekiston
Tel.: +99893 550 52 82
E-mail: [email protected]
Nargiza Egamberdieva
Communication Officer
UNICEF O’zbekiston
Phone: +99893 380 34 19
E-mail: [email protected]
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.