Oʻzbekiston bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha Milliy majburiyatini eʻlon qildi
Toshkent, 2025-yil 26-may – Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish yo‘lida global va milliy sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston bugun ushbu sohadagi “Bogota harakatlar chaqirig’i” global tashabbusiga Milliy Majburiyatini e’lon qildi.
Mazkur Majburiyat O‘zbekiston tomonidan so‘nggi ikki yil ichida bolalarni himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan qator muhim huquqiy va institutsional islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Eng muhim qadam – “Bolalarni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-may kuni kuchga kirganidir.
Shu bilan birga, Milliy Majburiyat yangi qonunni amaliyotga tatbiq etish uchun siyosiy iroda va aniq harakatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Ushbu jarayon turli sohalarni qamrab olgan strategiya va harakatlar rejasi asosida olib boriladi.
UNICEF Ijrochi direktori Ketrin Rassel shunday dedi: “O‘zbekistonning Bogota harakatlar chaqiruvi doirasidagi milliy majburiyati va yechimlarni izlovchi davlat bo‘lishga intilishi yetakchi bo’libgina qolmay, balki umumiy mas’uliyat, boshalar tajribasidan o’rganish va bolalar uchun haqiqiy natijalarga intilishdan dalolat beradi.” Bundan tashqari, u UNICEF 2025–2035 yillarga mo‘ljallangan Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya va harakatlar rejasini yakunlash va qabul qilishni kutayotganini aytdi, bu esa ushbu qonunni sektorlar va tizimlar bo‘yicha amaliy, barqaror harakatlar qilinishhi uchun asos yaratadi.
Oʻzbekiston Global Pathfinding Alliance (Zoʻravonlikka barham berish boʻyicha Yoʻl izlovchilar global ittifoqi) tashabbusiga qoʻshilish istagini bildirib, Markaziy Osiyo mamlakatlari elchilarini bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva o’z nutqida: “Barcha bolajonlarni yovuzliklardan asrash — biz erishishimiz lozim bo‘lgan eng oliy maqsad. Zulmga barham berish — faqatgina huquqiy emas, insoniy burchimizdir! Chunki bolalarning begonasi bo‘lmaydi. Bolalar azobining ham! Bugun bolajonlarimizning ovozini tinglay olish har qachongidan ham dolzarb. Biz barchani "mitti qalblarning katta og‘riqlari"ga quloq solish, ularga gapirishga imkon berishga chorlaymiz!” - deya qayd etdi.
Milliy Majburiyat YUNISEF ijrochi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Polvonzoda Olloyorov va agentlik direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan yuksak darajadagi tadbirda e’lon qilindi.
Tadbir doirasida shuningdek, bolalarni himoya qilish bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya va milliy harakatlar rejasining taqdimoti, bolalarning huquqlarini targ‘ib qiluvchi “Haqqim bor” nomli qisqa metrajli film namoyishi, “Bogota harakatlar chaqirig’i” doirasidagi Milliy Majburiyatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Ushbu tadbir bolalarni himoya qilish bo‘yicha mamlakatimizning qat’iy pozitsiyasini namoyon etish, amaliy yechimlarni ishlab chiqish va xalqaro tajriba almashinuvi uchun muhim maydon vazifasini o‘taydi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) va BMTning Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF hamkorligida tashkil etildi. Unda davlat idoralari rahbarlari, sud-huquq tizimi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, yoshlar hamda Markaziy Osiyodagi xorijiy davlatlar elchilari ishtirok etdilar.
Batafsil ma’lumot olish uchun kontaktlar:
Dilfuza Ruzmetova
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi rahbari – matbuot kotibi
O’zbekiston Prezidenti huzuridagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Теl: +99890 942 46 44
El.pochta: [email protected]
Nargiza Egamberdieva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi
Теl: +998 93 380 34 19
El. pochta: [email protected]
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.