O'zbekiston bolalar manfaatlariga qaratilgan tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va iqlimga chidamlilikni tizimini kuchaytiradi
ТOSHKENT, 2026 yil 14-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi ofatlarga tayyorgarlik tizimlarini mustahkamlash va butun mamlakat boʻylab bolalar, yoshlar va mahalliy jamoalar uchun iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyuvchi oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Memorandum ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni rejalashtirish va chidamlilikni oshirish tashabbuslari sohasida bolalar manfaatlariga yoʻnaltirilgan hamkorlikni rivojlantirish uchun tizimli platformani taqdim etadi. Ushbu hujjat butun mamlakat boʻylab bolalar va jamoalar uchun xavfsizroq muhit yaratish boʻyicha hamkor tashkilotlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.
“Ushbu memorandum Favqulodda vaziyatlar vazirligi va UNICEF oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilaydi”, dedi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov. “Bu bizning tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish tizimlarini mustahkamlash va butun Oʻzbekiston boʻylab bolalar xavfsizligi va farovonligini taʼminlashga boʻlgan sadoqatimizni aks ettiradi”.
Ushbu kelishuv milliy va mahalliy darajalarda institutsional salohiyatni mustahkamlash, bolalar va hamjamiyatlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik asoslari bo'yicha o'qitish dasturlarini kengaytirish, nogironligi bo’lgan bolalar uchun inklyuziv yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash, dalillarga asoslangan rejalashtirishni ilgari surish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish uchun innovatsion o'quv vositalarini ishlab chiqish bo'yicha hamkorlikni nazarda tutadi. Shuningdek, u O'zbekistonning 2015–2030 yillarga mo’ljallangan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Senday dasturi doirasidagi ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va UNICEF oʻzaro hamkorlikni davom ettirmoqda, jumladan, 1100 ga yaqin taʼlim muassasasini qamrab oluvchi butun mamlakat boʻylab maktab xavfsizligini kompleks baholashni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarga javob beradigan ijtimoiy himoya mexanizmlarini mustahkamlash va Oʻzbekiston boʻylab bolalarga yoʻnaltirilgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik tizimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish yondashuvlarini ilgari surmoqda.
"Bolalar va oilalarni tabiiy ofatlar va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq ortib borayotgan xavflardan himoya qilish uchun tayyorgarlik tizimlarini mustahkamlash juda muhimdir", dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio. "Ushbu hamkorlik orqali UNICEF har bir bolani himoya qilish uchun yanada kuchliroq va bardoshli tizimlarni yaratishda milliy hamkorlarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi."
OAV uchun kontaktlar:
Murodjon Ismoilov Favqulodda vaziyatlar va iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha maslahatchi Теlefon: + 99890 9256700 El. pochta: mismoilov@unicef.org
| Nargiza Egamberdiyeva Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi Теlefon: +99893 3803419 El. pochta: [email protected]
|
OAV uchun mas'ul xodimlar
UNICEF to'g'risida
UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.
UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.
UNICEF faoliyatini Twitter, Facebook va Instagram da kuzatib boring.