Vaksinalar saqlanadigan zamonaviy sovuqlik qurilmalari Buxoroda xizmat qilish uchun tayyor

UNICEF va Buxoro viloyati mahalliy hokimiyat organlari bolalar uchun sovuqlik zanjirining yangi obyektlarini taqdim etmoqda

12 Mart 2021
Открытие склада холодовой цепи
UNICEF Uzbekistan/2020

BUXORO, 2021 yil 12 mart – O'zbekiston bolalari omon qolishlarini ishonchli immunizatsiya tizimlari yordamida ta’minlashga qaratilgan faoliyatni qo’llab-quvvatlash maqsadida, bugun UNICEF  Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga sovuqlik  zanjirli qurilmalarini taqdim etdi. Maxsus sovutgichlar, haroratni nazorat qilish moslamalari, sovuqlik xonalari va vaksinalarni tashish uchun mo'ljallangan konteynerlar shular jumlasidandir.

Vaksinalar omborida 1 yoshgacha bo'lgan 41 500 bolani emlash uchun yetarli bo’lgan taxminan 9000 litr vaksinalar saqlanishi mumkin. Ushbu inshootda vaksinalarni Tselsiy bo’yicha plyus 2 dan 8 gacha bo’lgan haroratda saqlash uchun sovutgich xonalar o'rnatildi. Ushbu omborning umumiy hajmi vaksinarni tezda olib, ularni viloyatning barcha tumanlaridagi bolalarga o’z vaqtida yetkazib berishni ta'minlaydi.

«Biz qiyin paytlarni boshdan kechirmoqdamiz va COVID-19 pandemiyasi barcha insonlar emlanish imkoiyatiga ega bo’lishlari zarurligini yana bir bor ko’rsatdi. Bu g’oyani UNICEF ko’p yillar davomida ilgari surib kelmoqda.  Hozirgi vaziyatda esa bu masala yanada dolzarbdir. Shu nuqtai nazardan, Vaksinalar va immunizatsiya bo'yicha global alyans bilan birgalikdagi bugungi hissamiz muhim ahamiyat kasb etadi», - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Ishonchimiz komilki, ushbu zamonaviy vaksina ombori bolalar salomatligini yaxshilashga va immunizatsiya xizmatlarini takomillashtirishga, jumladan Buxoro viloyatida COVID-19 vaksinasini joriy etishga katta hissa qo'shadi", deya ta’kidladi u.

2017 yildan beri UNICEF butun O'zbekiston bo'ylab jami 21 ta vaksina ombori qurilishini qo'llab-quvvatladi. Hozirgi vaqtda hajmi 10 m3 dan 40 m3 gacha bo'lgan 17 ta vaksina omborlari yong'in va qo’riqlash signalizatsiyasi, yuk ortish-tushirish tizimlari, sovutgichlar, muzlatgichlar, haroratni nazorat qilish moslamalari, sovutgich xonalar va generatorlar kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. UNICEF xodimlar uchun himoya kiyimlarini ham taqdim etdi. Yana 4 ta ombor 2021 yilda foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, UNICEF xodimlar malakasini oshirish, sovuqlik zanjiri obektlaridan foydalanish hamda sovutgichli yuk mashinalarini, vaksinalar uchun konteynerlarni va sovuqlik kameralarni ishlatish  bo’yicha zarur qo'llanmalar ishlab chiqishda ham yordam bermoqda.

Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling: 

Umidjon Xudaykulov, Immunizatsiya dasturi bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 5509775

El.pochta: ukhudaykulov@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeve, Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi

Telefon: +998 93 380 34 19

El. pochta: negamberdieva@unicef.org  

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.