Ko‘krak suti bilan oziqlantirish haqida suhbat
UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat, monitoring va baholash dasturlari xodimi Nargiza Mamasadikovaning hikoyasi
Men juda baxtliman, chunki o‘z farzandimni ko‘krak suti bilan oziqlantirganman. Emizib boqish - hayotimdagi eng yorqin damlar! Baxtimga, sutim yetarli bo‘lgan, mening kichkintoyim va men oziqlantirishning har bir lahzasidan zavq olganmiz.
Homilador bo’lganimda men onalik va bolalikni muhofaza qilish loyihasida ishlayotgan edim. Unda ko‘krak suti bilan oziqlantirish komponenti bor edi. Men emizib boqish bola uchun naqadar foydali ekanligi to‘g‘risida bilardim, albatta, lekin ko‘pgina qiziqarli va kerakli ma’lumotlarni aynan o’sha loyшha ishtirokchilari bo’lgan o‘z kasbining professionallaridan bilib olganman.
Xususan, men ko‘krak suti bilan oziqlantirish bo‘yicha milliy kkordinator doktor Kamola Shavkatovna Salixovadan juda minnatdorman. Chaqaloqni 2 yil ko’krak suti bilan oziqlantirish tavsiya etilishini, birinchi 6 oy davomida uni faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish lozim ekanligini aynan ularndan o’rganganman. Keyinchalik men o’sha maslahatlarga amal qildim.
O‘z tajribamdan kelib chiqib, ishonch bilan aytishim mumkinki, chaqaloqlar umrining ilk olti oyi davomida qo‘shimcha suyuqlikka muhtoj bo‘lmaydilar, ularga ko‘krak sutining o‘zi yetarli bo‘ladi.
O‘z tajribamdan kelib chiqib, ishonch bilan aytishim mumkinki, chaqaloqlar umrining ilk olti oyi davomida qo‘shimcha suyuqlikka muhtoj bo‘lmaydilar, ularga ko‘krak sutining o‘zi yetarli bo‘ladi. Uning tarkibida kerakli miqdorda suv va vitaminlar mavjud bo‘lib, bolaning to‘laqonli ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini butunlay qoplaydi. Afsuski, ko‘pgina onalar buni bilmaydilar.
Ko‘krak suti bilan oziqlantirganim tufayli mening o‘g‘lim betob bo‘lmay, sog‘lom o’sdi. Ushbu ajoyib amaliyot men bilan bolam o‘rtasida uzviy ruxiy bog‘liqlik paydo bo‘lishiga ham xizmat qildi. O‘g‘lim o‘zini himoya ostida ekanligini his qilganiga aminman.
O‘z kichkintoyingiz sog‘lom, baxtiyor va quvnoq o‘sayotganini ko‘rish qanday ajoyib!