Parlament a’zolari O‘zbekiston bolalarining manfaatlari yo‘lida BMT bola huquqlari qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilmoqdalar

15 Noyabr 2022

ТОSHKENT, 2022 yil 16-noyabr – Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BHT) qabul qilingan kun hamda O‘zbekistonning ushbu konvensiyaga qo‘shilganining 30 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda BMT Bola huquqlari qo‘mitasining O‘zbekiston uchun tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Senat raisi Tanzila Nabayeva raisligida o‘tgan tadbirda senatorlar va Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, Bola huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili, Inson huquqlari milliy markazi, vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida qatnashgan UNICЕF mintaqaviy direktori tavsiyalarni amalga oshirishda ikki muhim jihat, ya’ni parlament nazorati va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi BHKning barcha tamoyillari va qoidalarini qonunchilikka kiritish va ularning tegishli organlar tomonidan amalda tadbiq etishni tavsiya qildi. Davra suhbati ishtirokchilari kamchiliklarni bartaraf etish va mamlakatda BHK ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun bola huquqlari sohasidagi qonunchilik tashabbuslari va ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qildilar.

Humat vakillari BMT Bola huquqlari qo‘mitasining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha joriy rejalar bilan o‘rtoqlashdilar. Bunda kamsitmaslik, bolaning eng yaxshi manfaatlari, yashash, omon qolish va rivojlanish huquqi, bolaning qarashlarini hurmat qilish singari umumiy tamoyillarga e’tibor qaratildi.

BMT Bola huquqlari qo‘mitasi O‘zbekiston hukumatiga Konvensiyaning barcha sohalari bo‘yicha keng qamrovli siyosat, strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqishni hamda ularni amalga oshirish uchun yetarli insoniy, texnik va moliyaviy resurslarni ajratishni tavsiya qildi.

Senatorlar hamda vazirlik va milliy idoralar vakillari mazkur tavsiyani amalga oshirish, jumladan, Harakat dasturini monitoring qilish va hisobot tayyorlash bo‘yicha o‘z fikr va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. Buning uchun fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ham mamlakatda bola huquqlarining amalga oshirilishi monitoringiga jalb qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun kontaktlar:

Xojiakbar To‘laganov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Axborot xizmati rahbari - Matbuot kotibi 

Telefon: +99878 238 26 31

***

Nargiza Egamberdiyeva,

UNICЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi

Telefon: +998 71 2339512

El. pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.