Qalbga yoʻl: Maftunaning hikoyasi

«Mening ismim Maftuna, men 14 yoshdaman. Men bir yoshligimda onam Rossiyaga ketgan edi. Uning ortidan otam ham meni tashlab ketdi. Oʻsha vaqtdan beri men bobomning uyida togʻam, kelin ayam va ularning farzandlari bilan yashayman."

UNICEF Uzbekistan
Мафтуна во дворе своего двора
UNICEF Uzbekistan/2021
09 Avgust 2021
(Shaxsni himoya qilish maqsadida ismlar oʻzgartirilgan)           

«Mening ismim Maftuna, men 14 yoshdaman. Men bir yoshligimda onam Rossiyaga ketgan edi. Uning ortidan otam ham meni tashlab ketdi. Oʻsha vaqtdan beri men bobomning uyida togʻam, kelin ayam va ularning farzandlari bilan yashayman. Menga juda qiyin edi. Bobomning uyida meni oʻzim xohlaganimdek qabul qilishmadi, shuning uchun yangi oilam aʻzolarining qalbiga yoʻl topish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻldi.   

Men mehr va oʻtiborga zor edim, ular esa aksincha meni faqat jazolashardi. Va men hech qachon bu oilaning aʻzosi boʻlolmasligimni angladim. COVID-19 buvimni bizdan tortib olguniga qadar faqat ular meni oʻz qizidek koʻrdilar. Men talpingan yurak abadiy urishdan toʻxtadi. Mening koʻnglim yanada vayron boʻldi.

Koʻp oʻtmay, pandemiya tufayli kelin ayam va togʻam ishdan ketishga majbur boʻlganligi sababli pulimiz tugadi. Ammo men hech qachon qoniqarli, toʻyib ovqatlanish nima ekanligini bilmaganman, shuning uchun bu oʻzgarish menga hech qanday taʻsir qilmadi.

Men oʻsib ulgʻayar ekanman, hali ham oʻzimni va menga tegishli boʻlgan uyimni topa olmadim, va shu sababli oʻzim uchun yetishmayotgan his-tuygʻularni va kechinmalarni topishga umid qilib, koʻpincha uydan qochib ketishga odatlanib qoldim.

Kunlardan birida men oʻqituvchiga bu dunyodan abadiy ketishni xohlayotganimni aytdim. Oʻqituvchi darhol meni ijtimoiy xodim bilan tanishtirdi, ijtimoiy xodim menga psixolog huzurida davolov kursidan oʻtishni tayinladi. Oʻqituvchi, ijtimoiy xodim va psixolog bir yil davomida men bilan yaqindan hamkorlik qilishdi. Ijtimoiy xodim kelin ayam va togʻamga menga mehr-oʻtibor va yordam berishning muhimligini tushuntirishdi. U togʻamga uyni kengaytirish uchun turtki berdi va togʻam yangi xonalarni qurishni boshladi. Kelin ayamning yuragi erib, togʻam singari meni tinglay va qoʻllab-quvvatlay boshladi.

“… Va nihoyat, men ichki xotirjamlikni topdim va uydan qochib ketmaydigan boʻldim. Ijtimoiy xodimning yordami tufayli yaqinlarimning qalbiga yoʻl topa oldim. Bu yoʻl endi men yoʻqotmaydigan yoʻl ... “

Социальный работник общается с Мафтуной
UNICEF Uzbekistan/2021

Maftuna - Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan “Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya taʻsirida boʻlgan bolalarni himoya qilish” loyihasi faoliyatidan bahramand boʻlgan qizlardan biridir.

Mahalla qoʻmitasi va hokimiyat, vasiylar ishsiz qolgan ushbu oila aʻzolariga har oyda moddiy yordam koʻrsatdilar. Loyiha doirasida ijtimoiy xodim Maftunaning togʻasiga uning barcha huquqlarini taʻminlash uchun rasmiy vasiylik olishga yordam koʻrsatdi. Loyiha ushbu oilaga oilaviy rishtalarini mustahkamlashga yordam berdi.

Maftuna sartarosh boʻlishni xohlaydi va oʻrta maktabni tugatgandan soʻng sartaroshlik oʻquv kurslariga kirmoqchi. Loyihaning ijtimoiy xodimi Maftunaga oʻzi va oila aʻzolari uchun kiyim tikishni oʻrganishni, shuningdek boʻsh vaqtlarida bundan daromad topishni maslahat berdi.