UNICEF yangi global komikslar tanlovida yovuz qahramonni fosh qiladi

Tanlov yoshlarning maktablarda zo‘ravonlikka barham berishdagi kuchini namoyish qiladi

Maksim Fazlitdinov
UNICEF/2018

08 Noyabr 2018
UNICEF va Comics Uniting Nations (Xalqlarni birlashtiruvchi komikslar) dasturi bolalar va yoshlarni maktabda va uning atrofida zo‘ravonlikka barham berishda yordamlashish uchun yovuz qahramonni – Loqaydlikni – yengishga da’vat qiladi. 

 

Loqaydlik g‘ayritabiiy kuchga ega qahramon bo‘lib, o‘sha kuchidan maktab va uning atrofidagi zo‘ravonlikka qarshi gapirish va chora ko‘rishga qarshilik qilishda foydalanadi. U Nyu-York shahridagi komikslar tanlovi taqdimotida namoyish qilindi. Joriy haftada UNICEF bilan Comics Uniting Nations shirkatining superqahramon yaratish bo‘yicha komikslar tanlovi boshlanadi. 25 yashar va undan yosh bo‘lgan bolalar va youshlar o‘zlarini maktabda himoya qiladigan va Loqaydlikni yengadigan komiks superqahramonini yaratishga taklif etiladi.

Contest-comic-2018
UNICEF

− Gap bolalar xavfsizligi haqida ketganda Loqaydlikka joy bo‘lmasligi kerak, − dedi UNICEFning kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori Paloma Eskudero. – Biz ushbu ijodkorona tanlov yordamida o‘quvchilar, oilalar va hamjimiyatlarni Loqaydlikka qarshi gapirish va uni yengishga da’vat etamiz deb umid qilyapmiz.

Maktab va uning atrofida mushtlashuv, qo‘rqitish, jinsiy tegajog‘likdan tortib, kaltaklash va zo‘ravonlik bolalarga qaqshatqich zarar yetkashi va uzoq muddatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Loqaydlik superqahramoniga qarshi kurashni ko‘zlovchi komikslar tanlovi komikslar chizish orqali bolalar va yoshlarni maktablarda #ENDviolence (#Zo‘ravonlikkaBARHAMBERISH), ya’ni zo‘ravonlik holatlarini oshkor qilish va ularga qarshi kurashni rag‘batlantirishga qaratilgan.