Raqamli texnologiyalar yordamida o’qitish - O‘zbekiston ta’lim tizimida innovatsion yondashuv

Eduten - sun’iy intellektga asoslangan matematika bo‘yicha raqamli o‘quv platformasi

UNICEF
UNICEF
UNICEF
12 Iyun 2024

2023 yilda UNICEF Xelsinki shahrida joylashgan Ta’limda innovatsiyalar bo‘yicha UNICEF Global markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sun’iy intellektga asoslangan matematika bo‘yicha raqamli o‘quv platformasi – “Eduten”ni mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirishda qo‘llab-quvvatladi. 2017 yildan beri ushbu platforma 50 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.

12 haftalik pilot loyiha davomida Toshkent shahri va Toshkent viloyati maktablaridagi 527 ta o’quvchi uchun haftasiga bitta matematika darsi Eduten platformasidan foydalanishga almashtirildi. O‘qituvchilar “Eduten”dan o‘quvchilar uchun topshiriqlarni tanlash jarayonini muvofiqlashtirish uchun qo‘shimcha dars o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishdi. Platforma Milliy o‘quv dasturiga muvofiq muntazam o‘quv jarayoniga integratsiya qilindi. Bu platforma o‘qituvchilarga qo‘shimcha ish yuklash uchun emas, balki ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va to‘ldirish uchun qo‘llanilishga mo‘ljallangan.

Pilot loyihani baholash o‘quv natijalaridagi sezilarli ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. “Eduten”dan foydalangan o‘quvchilar platformadan foydalanmagan tengdoshlari bilan solishtirganda matematik ko‘nikmalarda +16.9% mutlaq yaxshilanishni ko‘rsatdilar.

O‘quvchilarga topshiriqlar o‘yin shaklida va interfaol tarzda berilgani yoqdi. Ushbu faol o‘qitish formati o‘quvchilarni jarayonga jalb qiladi va ularga materialni tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, “Eduten” pilot loyihasining 5-sinf o‘quvchilari topshiriqqa to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob berganliklari haqida darhol ma’lumot olishlari mumkin edi. Bu muammolarni hal qilishda yaxshi strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi va o‘quvchilarni o‘qishni davom ettirishga rag’batlantiradi.

“Matematikani organishga qiziqishim ortdi. Endi bu fanni chuqurroq tushunmoqchiman”, – deydi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 104-sonli pilot maktabining 5-sinf o‘quvchisi Farzona Shirinova.

O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, “Eduten” avtomatik ravishda talabalar ehtiyojlariga moslashgani sababli har bir o‘quvchinining o‘rganish yo‘li o‘ziga xos bo‘ladi. Platforma ilg’or o‘quvchilar uchun murakkabroq mashqlarni, qolganlar uchu esa osonroq mashqlarni taklif qiladi. Bu barcha o‘quvchilar uchun motivatsiyani oshiradi.

“Eduten” platformasidan o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashda ham foydalanish mumkin. Uning yordamida test natijalarini olish orqali o‘qituvchilar har bir o‘quvchinining muvaffaqiyati va qiyinchiliklarini tezda kuzatib borishlari mumkin, bu esa o‘qituvchilarga har bir o‘quvchiga alohida fikr-mulohaza va yordam berish imkoniyatini beradi.

‘Eduten’ taklif qiladigan o’yinga asoslangan individual yondashuv o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun foydalidir. Bunday yondashuv o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi va ularda mantiqiy fikrlash, masalani yechish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar dars rejalarini tuzishda yordam berish uchun muhim bo’lgan tahlil natijalarini oladilar. Ota-onalar ham farzandlarining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlamoqdalar. Ushbu pilot loyiha taʼlim transformatsiyasi va yanada yaxshi natijalarga erishish uchun raqamli texnologiyalarning ulkan salohiyatini namoyish etadi”, - deydi UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Taʼlim boʻlimi rahbari Alberto Biyankoli.


Batafsil: O‘ZBEKISTONDA TA‘LIM NATIJALARINI YAXSHILASH: EDUTEN BILAN SAYOHAT