Natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv va byudjetlashtirishni kuchaytirish – O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashning asosiy ustunlaridan biri

23 Iyul 2025
UNICEF
UNICEF

TOSHKENT, 2025-yil 22-iyul - joriy hafta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV) hamda UNICEF O‘zbekiston tomonidan mamlakatning ijtimoiy himoya sohasida natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv (RBM) va byudjetlashtirishni (PBB) kuchaytirishga qaratilgan ikki kunlik seminar tashkil etildi.

Ushbu tashabbus davlat boshqaruvi va byudjetlashtirish tizimida natijadorlikka asoslangan yondashuvni institutsionallashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning bir qismi hisoblanadi. U Davlat moliyaviy boshqaruvi (DMB) islohotlari strategiyasining amalga oshirilishiga bevosita hissa qo‘shadi va hukumatning davlat xarajatlarida oshkoralik, hisobdorlik va samaradorlikni kuchaytirish bo‘yicha qat’iy intilishini aks ettiradi. Ushbu islohotlar Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi hamda “O‘zbekiston – 2030” Taraqqiyot strategiyasi maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki hujjat inklyuziv, adolatli va dalillarga asoslangan siyosat yuritishni ustuvor deb belgilagan.

“Ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi puxta rejalashtirish va byudjetlashtirishga bog‘liq. Natijalarga yo‘naltirilgan boshqaruv va dasturga asoslangan byudjetlashtirish tamoyillarini ishimizga tatbiq etish orqali, biz har bir sarflangan mablag‘ odamlar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishamiz. Bu, ayniqsa, bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar uchun inklyuziv, shaffof va ehtiyojga mos yordam ko‘rsatish imkonini berad,” - dedi Sirojiddin Abdullaev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari.

2025-yil 22–23 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan seminarda IHMA va IMVning texnik xodimlari ishtirok etdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar Natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv (RBM) va Dasturga asoslangan byudjetlashtirish (PBB) vositalaridan foydalangan holda, IHMAning asosiy byudjet dasturini loyihalash va xarajatlarini hisoblab chiqishdi. Ushbu dasturlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: professional ijtimoiy xizmatlar; nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish; bolalarni himoya qilish; ijtimoiy zaif ayollarni qo‘llab-quvvatlash; keksalarni qo‘llab-quvvatlash; (6) kam ta’minlangan va boshqa ehtiyojmand qatlamlarga yordam ko‘rsatish; hamda ma’muriy va institutsional salohiyatni kuchaytirish.

Trening davomida muammolar va manfaatdor tomonlar tahlili, maqsadlar belgilash, mantiqiy asoslash va dastur xarajatlarini aniqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi - barchasi real siyosiy ustuvorliklarga moslashtirilgan holda.

“Ushbu seminar shunchaki o‘quv emas - bu O‘zbekistonning shaffof, samarali va hisobdor ijtimoiy himoya tizimiga yo‘l olgan yo‘nalishidagi muhim bosqichdir. U strategik maqsadlarni moliyaviy rejalar bilan bog’lash orqali amalga oshirish va ularni bolalar, oilalar hamda ijtimoiy zaif aholi hayotida real o‘zgarishlarga aylantirish imkonini beradi,” - dedi Jefri Idjumba, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi.

IHMA, IMV va UNICEF o‘rtasidagi ushbu hamkorlik 2024-yil 25-dekabrda qabul qilingan PQ-455-sonli Prezident qarori hamda 2024-yil 5-yanvardagi Vazirlar Mahkamasinining 4-sonli qarori bilan to‘liq uyg‘unlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatlar dasturga asoslangan byudjetlashtirishni bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek uning milliy huquqiy va metodologik asoslarini belgilaydi.

“Bu hamkorlik davlat moliya tizimiga dasturiy budjetlashtirish yondashuvini shakllantirish sari amaliy qadamdir,” - dedi Sherxon Sayfutdinov, IMV huzuridagi Dasturga asoslangan byudjetlashtirish va byudjet xarajatlari samaradorligini baholash boshqarmasi boshlig‘i. “IMV davlat mablag‘larini samarali va natijador yo‘nalishda ishlatishga sodiqdir.”

Keyingi bosqichda diqqat e’tibor seminar va maslahatlashuvlar natijalarini izchil va barqaror amaliyotga aylantirishga qaratiladi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi IHMA faoliyatiga RBM va PBB tamoyillarini institutsional darajada joriy etishdir. Vaqt o‘tishi bilan bu ijtimoiy himoya sohasidagi davlat xarajatlarining samaradorligi, shaffofligi va natijadorligini oshirib, resurslarning zaif qatlamlar ehtiyojlariga va milliy rivojlanish ustuvorliklariga mos taqsimlanishiga xizmat qiladi.

ОАВ вакиллари учун контактлар:

Dilfuzabegim Ruzmetova

Prezident huzuridagi IHMA

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Tel.: +99871 239-59-23

Email: [email protected]

Sherxon Sayfutdinov

Dasturga asoslangan byudjetlashtirish va byudjet xarajatlari samaradorligini baholash boshqarmasi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Tel.: +99871 203-50-50

Email: [email protected]

  

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi

UNICЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Теlefon: +99893 380 34 19

Email: [email protected]

 

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: [email protected]

UNICEF to'g'risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har yerda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagram da kuzatib boring.