Qaytish: Oybekning voqeasi

Bola onasi va buvisi bilan isitilmaydigan, hattoki karavoti ham boʻlmagan guvaladan qurilgan uyda yashagan. Pul hech narsaga yetmas edi. Buvisining vafotidan keyin onasi tez-tez ichadigan boʻlib qoldi.

UNICEF Uzbekistan
Социальные работни посещают дом Ойбека
UNICEF Uzbekistan/2021
27 Aprel 2021

(Shaxsiyatni himoya qilish uchun ism oʻzgartirildi)

Oybek hech qachon oʻz otasini tanimagan. Uning otasi bola hayotining birinchi yilida vafot etdi.

Bola onasi va buvisi bilan isitilmaydigan, hattoki karavoti ham boʻlmagan guvaladan qurilgan uyda yashagan. Pul hech narsaga yetmas edi. Buvisining vafotidan keyin onasi tez-tez ichadigan boʻlib qoldi.

"U bir kun ham spirtli ichimliksiz yashay olmas edi", dedi bola koʻz yoshlarini artib, va ​​davom etdi:

“Men 7 yoshga toʻlganimda, onam Rossiyaga ishlashga ketdi. Onam meni tashlab ketganidan juda qattiq xafa boʻldim. Men boʻshliq va yolgʻizlikni his qildim, lekin onam hattoki yegulikka ham hech narsa yoʻq boʻlganligi uchun shunday qilganini bilardim. Men togʻam va xolam bilan yashadim. Uyda men doimo koyisharlarni eshitardim, togʻam ichkilikka berilgan edi va hatto bir marta meni urdi ham. Men oʻzimni juda yomon his qildim".

Oybekning oilasini Yevropa Ittifoqi va UNICEF tomonidan moliyalashtirilgan "Janubi-Sharqiy, Janubiy va Markaziy Osiyoda migratsiya ta'sirida boʻlgan bolalarni himoya qilish" mintaqalararo loyihasi doirasida oʻqigan ijtimoiy xodimlar guruhi oʻz nazoratiga oldi.

Ular Oybekning onasiga alkogolizmdan xalos boʻlish uchun narkologik markazda uch oy davomida davolanishiga yordam berishdi. Oybek esa oilasini ta’minlash uchun ishlay boshladi.

“Onam uyga qaytdi. U davolanib chiqdi va endi ichmaydigan boʻldi. Ilgari buning uchun men undan uyalgan edim, endi u oʻzgarib ketdi, - deydi Oybek quvonch bilan. “Onam men uchun har kuni juda koʻp va astoydil ishlaydi. Mahalla, maktab va Yoshlar ittifoqi bizga kiyim-kechak berishadi, chunki onamning puli faqat ovqat uchun yetarli. Ammo kiyim men uchun muhim emas. Endi yolgʻiz emasligimdan baxtiyorman. Menda yana onam bor va men doʻstlarni orttirdim. "

Oybekka toʻgaraklarga bepul qatnashish imkoniyati yaratib berildi. Uning oʻz tengdoshlari bilan munosabatlari yaxshi. U yaxshi oʻqiydi. Psihologning sa’y-harakatlari bilan bolaning psihologik- emotsional holati sezilarli darajada yaxshilandi. Oybek hushchaqchak bolaga aylandi.

Oila bola uchun nafaqa olishni boshladi, Qizil Yarim Oy Jamiyati esa vitaminlar va dori-darmonlarni taqdim etdi. UNICEF va Yoshlar Ittifoqi maktab jihozlari va sport anjomlarini sovgʻa qildi, Sahovat va Koʻmak markazi muntazam ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib turdilar.

"Onam yana yonimda boʻlganidan juda xursandman!" - deydi Oybek.

“Men katta boʻlganimda me'mor boʻlaman va yerda doim baxtli yashashimiz uchun chiroyli uy quraman. Men orzularimga erishish uchun juda koʻp harakat qilaman va buning uchun koʻp rasm chizaman." Bola oʻzi chizgan uyining rasmini olib, xonasining devoriga osib qoʻydi.