Ko‘krak suti bilan oziqlantirish haqida suhbat

Muhandis-elektrik, Mariya Dosmuxamedovaning hikoyasi

Мать держит грудного ребенка в руках
UNICEF Uzbekistan

Mening katta qizim 16 yoshda. Qizim dunyoga kelganda shu zahotiyoq uni qornimga yotqizib qo‘yishdi, yana ikki daqiqadan keyin esa uni ilk bor ko‘kragimga qo‘ydim. Ma’lumki, ana shu oddiy harakatlar muvaffaqiyatli emizib boqishning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. 

Yaqinlarim orasida ko‘krak suti bilan boqish tajribasiga ega bo‘lgan ayollar bo‘lmagan. Men bu mavzuda kim bilan so‘zlashmay, ular uchun  «Talab bo‘yicha boqish» tushunchasi aqlga sig‘maydigan narsa bo‘lib ko‘ringan. «Nima uchun u doimo emadi?», «Unga sut yetishmayapti», «Barcha tishlaringiz to‘kilib ketadi», «Bola emgandan keyin uch soat uxlashi kerak» - kabi gaplarni uzoq muddat eshitib yurishimga to‘g‘ri kelgan edi.

Lekin men tirishqoq, aytganinmi qiladigan ayolman. Bir nimaga ishonadigan bo‘lsam, meni yo‘ldan urish oson bo‘lmaydi. Bu masalada Internet tarmog‘i men uchun yordamchi bo‘ldi. Barcha bolalar turli bo‘lishi, ko‘krakdagi sut miqdori doimo yetarli ekanligi, asosiy mezon sifatida chaqaloq qanchalik tez-tez va ko‘p sut emishi emas, vazn to‘plashi ko‘rsatkichi olinishini aynan ana shu global tarmoqdan bilib oldim.

O’tgan yili esa kenja qizalog‘im tug‘ildi. Shunda chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqishni yo‘lga qo‘yishga aynan katta qizim bilan orttirgan tajribam yordam berdi. Ikkinchi qizim muddatidan oldin tug‘ildi, shu bois uni tug‘ilgan zahotiyoq qornimga yotqizishga ham, so‘ng ko‘kragimga qo‘yishga ham imkon bo‘lmadi. Uni tug‘ruqdan keyin uch kundan keyingina ilk bor ko‘rdim, shundan xulosa chiqaravering!

Men og‘iz sutini sog’sh kerakligini, chaqaloq uchun ko‘krak sutidan yaxshiroq ozuqa yo‘qligini, men farzandimni ko‘krak sutim bilan boqishim mumkinligini bilardim. Shunday murakkab bosqichda shifokorlar menga katta yordam berdilar. Bolani emizib boqishimga, sutni har kuni sog’ish lozimligiga  ishontirdilar. Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ko‘krak suti muhim hayotiy ahamiyatga ega.   

Bu evolyutsiya tomonidan yaratilgan g‘oyatda ajoyib mexanizm bo‘lib, uning davomida ona organizmi bolaning ehtiyojlariga moslashib, istalgan vaqtda bolaning talabi bo‘yicha uni kerakli miqdordagi sut bilan ta’minlay oladi. 

Ikkinchi qizim tug‘ilganidan keyin oltinchi kundagina men uni ko‘kragimga qo‘ydim. Bu men uchun hayotimdagi eng baxtli damlardan biri bo‘ldi. Bizga omad kulib boqdi, chunki qizalog‘im ajoyib emish refleksiga ega bo‘lib, nima qilish kerakligini tezda angladi. Chaqaloq emishni boshlaganidan so‘ng birinchi tunda har soatda emib turdi, va shunda men yana – «Unga sut yetishmayapti» degan gaplarni eshitdim. Biroq orttirgan tajribamdan barchasi yo‘liga tushib ketishini, bolam emishga o‘rganish bosqichida ekanligini bilardim. Bu evolyutsiya tomonidan yaratilgan g‘oyatda ajoyib mexanizm bo‘lib, uning davomida ona organizmi bolaning ehtiyojlariga moslashib, istalgan vaqtda bolaning talabi bo‘yicha uni kerakli miqdordagi sut bilan ta’minlay oladi. 

Hozir men qizalog‘imni emizib boqishda davom etyapman. Uning vazni ortib boryapti, o’zi ham yaxshi rivojlanyapti. Katta qizimni men bir yil va o‘n bir oy davomida ko‘krak suti bilan boqqan edim. Kenjatoyimni ham kamida shunday muddat davomida emizib boqaman deb umid qilaman.

Ребенок, лежащий на простыне, пожевывая ухо своей плюшевой игрушки
UNICEF Uzbekistan