Baxt umidida - Xorazmlik ikki aka-uka haqida hikoya

“Men 6 yosh, ukam esa 4 yosh bo’lgan vaqtda onam va dadam Rossiyaga ishlashga ketishgan. Ota-onamiz bizni kichkina uyda bobom bilan birga qoldirib ketishdi. Biz uning nafaqasiga yashadik. Bobom bizga g'amxo'rlik qilardi, ammo keyin hamma narsa o'zgardi"

UNICEF Uzbekistan
Двое братьев из Хорезма с социальными работниками
UNICEF Uzbekistan/2021
19 Aprel 2021

“Men 6 yosh, ukam esa 4 yosh bo’lgan vaqtda onam va dadam Rossiyaga  ishlashga ketishgan. Ota-onamiz bizni kichkina uyda bobom bilan birga qoldirib ketishdi. Biz uning nafaqasiga yashadik. Bobom bizga g'amxo'rlik qilardi, ammo keyin hamma narsa o'zgardi.

Bobom tez-tez ichishni, janjal qilishni va bizni kaltaklashni boshladi. Mening ukam juda qo'rqqanida yugurib oldimga kelardi. Bizni himoya qiladigan hech kim yo'q edi va bundan biz o’zimizni juda yolg'iz his qilib, xafa bo'lar edik.

Ukamdan boshqa mening hech kimim yo'q. Men uni juda yaxshi ko’raman. Bizning singlimiz tug'ilgan, u uzoqda, onam va dadam bilan yashaydi ... u juda baxtli ...

Ota-onamiz ukam bilan meni ko’rgani yilga bir marta ko’rishga keladi va oyiga ikki marta qo'ng'iroq qilishadi. Ularning ovozlarini ham unuta boshladik.

Ba'zida ota-onamiz bizga bir oz pul yuborishadi. Bobom u pullarni  ichkilikka sarflaydi, shuning uchun bizning uyimizda oziq-ovqat, suv, gaz va hatto elektr ham yo'q. Biz sovuq xonada uxlaymiz va uy vazifasini sham yorug'ida qilamiz.

O'tgan yili bobom koronavirusdan vafot etdi va ota-onam qaytib kelishga majbur bo’ldi. Biroq ko’p o’tmay ular yana ishlashga ketishdi. Ukam ikkimoz amakim va xolam bilan qoldik.

Maktablar qayta ochilganida, men va ukam maktabga qaytdik. Biz a'lochimiz, faqat a’lo baholarga o’qiymiz va o'qituvchilar bizni yaxshi ko'rishadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarga borishni juda istaymiz, lekin transport harajatlari uchun pulimiz yo'q. Ovqat va kiyim-kechak uchun ham pulimiz yo'q.

Men har doim ukamni tinchlantirishga harakat qilaman, qachondir ota-onamiz qaytib keladi va bizni hech qachon tshlab ketmaydi deyman."


Ijtimoiy xodimlar uzoq vaqt davomida aka-ukalar bilan astoydil ishladilar. Bolalar ancha gaplashadigan bolib, do’stlar orttirishdi.

"Mahalla" mintaqaviy xayriya jamoat fondi oilaga kommunal to'lovlar bo’yicha qarzni to'lash, uyni ta'mirlash va elektr, gaz va kanalizatsiya tizimini o'rnatishda yordam berdi. Endi bolalar issiq va yorug' uyda yashaydilar. Bolalarga tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar berildi va ularning moddiy ahvoli yaxshilandi.